- Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Qorayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1980-yil 8-aprel | ||
| Tavallud joyi | Qashqadaryo viloyati, Oʻz SSR, USSR | ||
| Boʻyi | 176 m (577 ft 5 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1999—2005 | Nasaf | 159 | (9) |
| 2006—2008 | Mashʼal | 54 | (1) |
| 2008—2015 | Nasaf | 187 | (1) |
| 2015—2017 | Shoʻrtan | 29 | (1) |
| 2017 | Mashʼal | 25 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007—2010 | Oʻzbekiston | 7 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Botir Qorayev (1980-yil 8-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2007-yilgi Osiyo kubogi ishtirokchisi. Hozir Nasaf klubining sport direktori va U21 jamoasida bosh murabbiy.
Futbolchilik faoliyati
Botir 1999-yilda Qarshining „Nasaf“ jamoasida oʻynab, Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. U Nasaf jamoasida yetti yil toʻp surgan va uch marta mamlakat chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.
2006-yilda qoʻshni Muborak shahrining „Mashʼal“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va bu jamoada ikki mavsum davomida toʻp surgan, 2007-yilda bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
2008-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „Nasaf“ jamoasiga qaytgan va klubning asosiy himoyachisi boʻlgan. Keyingi yillarda u yana toʻrt marta Nasaf jamoasi bilan Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan, bir marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi mavsumda esa Osiyodagi ikkinchi muhim klublar turniri hisoblangan OFK kubogida gʻolib chiqgan. Umumiy hisobda „Nasaf“ jamoasi tarkibida milliy chempionatlarda 300 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
2015-yilgi mavsum oldidan Nasaf bilan xayrlashgan Botir Gʻzuorning „Shoʻrtan“ jamoasi safiga borib qoʻshilgan. U Gʻuzorliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surdi. 2017-yilgi mavsum oldidan sobiq jamoasi Muborakning „Mashʼal“ Jamoasi katta qiziqish bildirdi va mavsumni Muborakliklar safida oʻtkazgan. Mavsum yakunida faoliyatini yakunlagan.
Milliy jamoadagi faoliyati
U 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida debyut qilgan. Botir murabbiy Rauf Inileyev tomonidan 2007-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etadigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan. Qorayev tunir ishtirokchilar safida boʻlganiga qaramay turnir davomida maydonga tushmagan. U xalqaro maydondagi debyutini 2007-yil 24-mart kuni Xitoy Taypeyi – Oʻzbekiston (0:1) oʻyinida oʻtkazgan. Milliy terma jamoadagi ilk golini 2007-yilning 27-mart kuni Xitoy – Oʻzbekiston oʻrtoqlik uchrashuvida (3:1) kiritgan.
Uch yillik tanaffusdan soʻng 2010-yilda terma jamoaga chaqirildi, 2010-yil 25 may kuni Armanistonga qarshi oʻyinda ishtirok etgan, bu oʻyin Qoraev uchun terma jamoadagi oxirgisi boʻldi. U terma jamoa libosida jami 7 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritgan.
Murabbiylik faoliyati
2017-yilgi mavsum soʻnggida Muborakliklar safida faoliyatiga yakun yasagan Botir Qoraev, aynan „Mashʼal“ jamoasi safida oʻz murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2018—2020-yilgi mavsumlar davomida bosh murabbiy yordachisi vazifasini bajargan. 2021-yilgi mavsum sobiq jamoasi Qarshining „Nasaf“ jamoasi sport direktori sifatida tayinlangan.
Yutuqlar
- AFC Kubogi sohibi: 2011-yil
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011-yil
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (8): 2000, 2001, 2005, 2007, 2009, 2010, 2013, 2014
- 8-aprelda tugʻilganlar
- 1980-yilda tugʻilganlar
- Qashqadaryoda tugʻilganlar
- Erkak futbol himoyachilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Yashayotgan insonlar