Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Candaroğulları bekligi (turkcha: Candaroğulları Beyliği) — 1291—1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligi. Koʻniya sultonligining zaiflashis

Candaroğulları bekligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Candaroğulları bekligi
turkcha: Candaroğulları Beyliği


1291 — 1461



Katalan Atlasiga koʻra beklikning bayrogʻi

Beklekning eng porloq davridagi chegaralari
Poytaxti Eflani (1291-1309)
Kastamonu (1309-1398)
Sinop (1398-1461)
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Saltuklular
Bek
 - 1291—?(ilk) Şemsettin Yaman Candar
 - 1461—1461 (soʻngi) Kızıl Ahmed Bey
Tarix
 - 1291 Şemsettin Yaman Candar beklikka asos soldi
 - 1461 Usmonlilar imperiyasi tarafidan bosib olindi

Candaroğulları bekligi (turkcha: Candaroğulları Beyliği) — 1291—1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligi. Koʻniya sultonligining zaiflashishidan foydalangan Şemsettin Yaman Candar Kastamonu va ushbu hududga tutash yerlarni oʻz hokimiyati ostiga olib, 1291-yilda Candaroğulları bekligiga asos soldi.

Candaroğulları bekligi tarixda kuchli flot tuza olgani bilan oʻz oʻrniga ega. Usmonlilar imperiyasi beklikni oʻziga qoʻshib olgandan soʻng, oʻz flotini yanada kuchli holatga keltirdi. Kastamonuning Kure tumanidagi mis konlari beklik Usmonli imperiyasiga qoʻshilishidan oldin ham, qoʻshilganidan keyin ham Usmonli imperiyasining toʻp ishlab chiqarish markazlaridan biri boʻlgan.

Tarixi

XIV asrda Candaroğulları bekligi hududi

Beklikka Hulokuiylar davlati xoni Geyhatu tarafidan Eflani Şemseddin Yaman Candarga iqto sifatida berilishi natijasida 1291-yilda asos solingan.

Yaman Candardan keyin taxtga kelgan Süleyman Paşa Sinop va Kastamonuni fath etib, bekligi hududini yanada kengaytirdi.

Usmonlilar sultoni Boyazid I Yildirim Onadoʻlidagi birlikka erishish yoʻlida Candaroğullarıning hududlarini katta qismini egallab oldi. Beklik faqat Sinop hududlarida oʻz mustaqilligini saqlab qoldi.

1402-yilda roʻy bergan Anqara jangidan soʻng, Amir Temur hokimiyatini tan oldi va Temuriylar imperiyasiga tobe boʻldi. Bu sodiqlikning qarshiligida Amir Temur Candaroğullarıning eski hududlari İsfendiyar Beyga beradi. Bu orqali beklik Kastamonu ustidan yana nazorat oʻrnatadi.

Kemâleddin İsmâil Bey taxtga oʻtirganida Kızıl Ahmed Bey isyon etdi va beklikning tanazzuliga yoʻl ochdi. 1461-yilda Mehmed II Fotih Trabzon yurishini boshlashdan oldin, Candaroğulları bekligi hududini butunlay Usmonlilar imperiyasi tarkibiga qoʻshib oldi. Shu tariqa beklik tugatildi.

XV asr oʻrtalarida Sinop, Candaroğulları va Qora dengizning eng mustahkam qalʼalaridan biri boʻlib, mish-mishlarga koʻra, shaharda 400 ta toʻp boʻlgan; qal’ada 10 ming soqchi va 2 ming toʻpchi saqlangan. Shahar portida Candaroğullarıga tegishli 900 tonnalik kema mavjud boʻlib, oʻsha davrda Usmonlilar imperiyasi hali bu hajmdagi kemaga ega boʻlmagan edi va Kemâleddin İsmâil Beyga oid boʻlgan bu kema keyinchalik Usmonlilarning kemalariga oʻrnak vazifasini bajargan va shu nusxadagi kemalar yasalgan.

Beklikning Kastamonu-Sinop hududlari Usmonlilar imperiyasi tomonidan tugatilganiga qaramasda, Çankırı shahrida İsfendiyar Beyning oʻgʻli Kasim oʻlimiga qadar (1464) ushbu hududda hukmronlik qilgan. Bu hudud 1417-yilda Mehmed I tarafidan unga berilgan.

Candaroğulları hukmdorlari

Tartib Bek Hukmdorlik yili Izohlar
1Şemseddin Yaman Candar1291-1309Ilk hukmdor. 1291-92-yillar orasida taxtga chiqqan.
2Süleyman Paşa1309— 1340Ibn Battuta Süleyman Paşa davrida beklik hududiga sayohat uyushtirgan. Süleyman Paşa beklikka Kastamonu, Sinop va Safranboluni qoʻshib, beklik hududini kengaytirgan. Ammo ushbu davrda beklik hali hamon Hulokuiylar davlati taʼsirida boʻlgan.
3İbrahim Bey I1340-1345U 1339, 1340 yoki 1341-yillarda taxtga oʻtirgan deb taxmin qilinadi. U otasiga qarshi isyon koʻtarib, taxtga oʻtirgan.
4 (?)Yakup Bey1345-1346Uning bek boʻlgan-boʻlmagani, agar bek boʻlgan boʻlsa, qancha vaqt hukmronlik qilgani aniq emas.
5 Emir Adil Bey 1346-1361 Genuya va Venetsiya koloniyalari birinchi marta shu davrda koʻrilgan.
6Kötürüm Bâyezid1361-1385Taxtga oʻtirishini xohlagan oʻgʻli Iskandar ikkinchi oʻgʻli Sulaymon tomonidan oʻldirilganida, Kötürüm Bayezid Sulaymonning ikki farzandi, bir qiz va bir oʻgʻlini yaʼni, oʻz nabiralarini oʻldirdi.
7Süleyman Paşa II1385-1392Ukasi Iskandarni oʻldirgandan soʻng, Murat Hüdavendigar homiyligida taxtga oʻtirdi va Kosovodagi Birinchi jangda askar yuborib, Usmonlilarga yordam berdi.
8İsfendiyar Bey1385-1440Usmonlilar imperiyasi va Amir Temur bilan qilgan munosabatlari orqali yodda qolgan. Bu vaqtda Candaroğulları nomi oʻrniga İsfendiyaroğullarıdan ham foydalanilgan
9İbrahim Bey II1440-14433 yillik bekligi davrida muhim biror-bir voqea sodir boʻlmagan.
10İsmâil Bey1443-1461Uning hukmronligi davrida Candaroğulları bekligi ilm-fan markaziga aylangan.
11Kızıl Ahmed Bey1461-1461Beklikning eng oxirgi beki.
Beklikning Çankırı hududi beklari
Kasım Bey 1417-1464 İsfendiyar Beyin oʻgʻli Kasım Bey Mehmed Çelebi taqdim etgan hududda 1464-yil vafotiga qadar hukmdorlik qilgan.

Candaroğulları shajarasi

Candaroğulları oilasi shajarasi
Alp Arslon
 
 
Şemseddin Yaman Candar
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yakup BeySüleyman Paşa
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Emir Adil BeyIbrahimAlıCoban
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mahmud BeyKötürüm Bâyezid
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qiziİsfendiyar BeyIskandarSüleyman Paşa II
 
 
 
 
 
 
 
 
Kara Yahya
 
 
Ture HatunQizi
eri — Murod I
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Xizirİbrahim Bey II
xotini — Seljuk Hatun,
Mehmed Ining qizi 
MurodKasim
xotini — Mehmed Ining qizi (1425
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kaya BeyIskandar (Mirza Bey)
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
(Xadija Halima Hatun) eri — Murod II (1425)YusufIsmail
xotini — Murod II ning qizi
Kızıl Ahmed Bey
 
 
 
 
 
 
Hasan
1451-yil oʻlgan
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Abduljalil BeyYahya BeyHasan BeyMirza Mehmed pasha
xotini — Fatma Sultan
дочь Boyazid II ning qizi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Musa pashaMustafa PaşaŞemsi Ahmed Paşa

Adabiyotlar

Yuqori