- Vikipediyada ismi Murod boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Murod I Xudovandigor (1326—1389) — Usmonlilar imperiyasining 3-sultoni (1362-1389).
| Murod I | |
![]() | |
![]() | |
| | |
| Hukmronligining boshlanishi: | Mart 1362 |
|---|---|
| Hukmronligining tugashi: | 14 Iyun 1389 |
| Oʻtmishdosh: | Oʻrxon I |
| Voris: | Boyazid I Yildirim |
| Tugʻilgan sanasi: | 29-iyun 1326-yil |
| Tugʻilgan joyi: | Amasiya, Usmonlilar imperiyasi |
| Vafot sanasi: | 12-avgust 1389-yil (63 yoshda) |
| Vafot joyi: | Prishtina, Kosovo |
Usmonlilar sulolasiga mansub Turkiya sultoni (1362—1389). Sulton Oʻrxon Gʻoziyning oʻgʻli. Taxt tepasiga kelgan Murod I birodarlari Ibrohim va Xalillarni qatl etgach, Kichik Osiyoning sharqiy va janubiy xududlarini oʻz tasarrufiga kiritadi. Tez orada mamlakatning ilgari qoʻldan chiqqan gʻarbiy yerlarini qaytarib oladi. 1362-yil bolgarlarning Filippopol (Plovdiv) shahrini zabt etadi. Oradan 2 yil oʻtgach, bolgar shohi Shishman usmoniylar sultoniga xiroj toʻlovchiga aylanadi. Murod I 1370-yillarda poytaxtni Edirne (Adrianopol)ga koʻchiradi. Murod I 1376-yil Vizantiya tasarrufiga oʻtgan Gallipoli yarim orolini qaytarib oladi; 1370—1380-yillarda Bolkrndagi barcha yerlarni bosib oladi. 1389-yilning iyunida Murod I ulkan armiyasi bilan serb yerlariga kiradi. Kosovo maydonida knyaz Lazar boshlik, serb kuchlari bilan toʻqnashadi (1389-yil 15-iyun). M.I qaror-gohiga Lazar armiyasi haqida maʼlumot bermoqchi boʻlgan serb-krchoq Miloshni olib kelishadi, u tusatdan Murod I ning yuragiga xanjar sanchadi. Biroq, Murod I ning qoʻshini jangda gʻalaba qozonadi. Asirga olingan Lazar jon berayotgan Murod I koʻz oʻngida qatl qilinadi. Murod I ning toʻngʻich farzandi Boyazid I Yildirim sultonlik shohsupasiga oʻtiradi.

