| Artuklu bekligi Artukoğulları Beyliği | ||||
| ||||
|---|---|---|---|---|
![]() 1200-yillarda Onadoʻli. | ||||
| Poytaxti | Mardin Harput Hasankeyf | |||
| Til(lar)i | Turk tili | |||
| Dini | Islom | |||
| Boshqaruv shakli | Mutlaq monarxiya | |||
| Sulola | Artukoğulları | |||
| Bek | ||||
| - 1098—1104(ilk) | Sökmen Bey | |||
| - 1407—1409 (soʻngi) | Şihabeddin Ahmet | |||
| Tarix | ||||
| - 1102 | Beklikka asos solindi. | |||
| - 1102-1231 | Hasankeyf Artuklu bekligi | |||
| - 1185-1224 | Harput Artuklu bekligi | |||
| - 1104-1409 | Mardin Artuklu bekligi | |||
| - 1409 | Beklik Qora qoʻyunlilar davlati tomonidan bosib olindi. | |||
Artuklu bekligi yoki Artuklular — Mardin, Harput va Hasankeyf hududlarida 1102-1409-yillar orasida hukm surgan ogʻuz turkman bekligi.
Artuklular 1102-yilda janubiy va sharqiy Onadoʻlida tashkil etilgan turk bekligi. Beklik oʻz nomini asoschisi Sökmen Beyning otasi Artuk Beydan olgan. 1086-yili Quddusni egallagan Artuk bey oʻsha yili shu yerda vafot etgan. Keyinchalik Artuklular uchta qismga boʻlinib: Hasankeyf, Mardin va Harputdan boshqarilgan.
Hasankeyfdagi Artuklu bekligiga Artuk Beyning oʻgʻli Sökmen Bey asos solgan boʻlib, markazi dastlab Hasankeyf, soʻngra Diyorbakir boʻlgan. Ushbu beklik 1231-yilda Ayyubiylar davlati tomonidan bosib olingan.
Mardindagi Artuklu bekligining asoschisi İlgazi Beydir. Vaqti-vaqti bilan moʻgʻullar va Koʻniya sultonligiga vassal boʻlgan. 1409-yilda Qora qoʻyunlilar davlati tomonidan bosib olingan.
Harput Artuklu bekligining asoschisi Mardin Artuklularidan Melik İmameddin Ebubekirdir. Ushbu beklik 1224-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Alouddin kayqubod tarafidan bosib olingan.
Artuklulardan qolgan tarixiy obidalardan biri Malabadi koʻprigi boʻlib, u hozirgacha saqlanib qolingan. Malabadi koʻprigi 1147-yilda qurilgan.
Tarix
1071-yilda Manzikert jangida Vizantiya imperiyasi magʻlubiyatga uchragandan soʻng, koʻplab turkman qabilalari Vizantiya hududidan tortib olingan yerlar Onadoʻliga koʻchib oʻrnasha boshlaganlar. Alp-Arslon sarkardalari Vizantiya yerlarini bosib olib, mustaqil yoki yarim mustaqil bebliklarni tuzdilar.
Aynan oʻsha vaqtda Onadoʻliga Oʻrta Osiyodan koʻchib borgan oʻgʻuzlarning koʻplab qabilalari singari, duger qabilasi ham joylashdi. Ushbu qabila boshligʻi Artuk Bey boʻlib, Alp-Arslonga xizmat qilgan va Manzikert jangida Vizantiya qoʻshinini yengishda katta hissa qoʻshgan. Qabila qayerdan kelganligini aniq aniqlashning iloji yoʻq, ammo Artukning ajdodlari Qoraqum gʻarbidagi Shexrimon degan shaharda yashagan degan tahminlar mavjud.
Sökmen Bey va İlgazi Bey saljuqiylarga Onadoʻlida yangi hududlarni egallashda yordam berishgan va Hasankeyf, Mardin va Diyorbakirga joylashganlar. Mardin beki Sökmen Bey 1104-yilda Harran jangida xristianlarni magʻlub etdi. İlgazi Bey Mardinda Sökmen Beyning oʻrnini egalladi va 1118-yilda qozi İbnü'l-Aşşabning istagi bilan Halapni egalladi. 1119-yilda Ager Sanguinis jangida xristian davlati Antakya knyazligi İlgazi Bey tarafidan magʻlub etildi.
1121-yilda İlgazi Bey 15,000-20,000 atrofida askarlari bilan Gruziya ustiga hujum boshladi, ammo bu jum muvafaqqiyatsiz yakunlandi. İlgazi Bey 1122-yilda vafot etdi. Keyin beklik taxtiga jiyani Belek Gazi oʻtirdi. Belek Gazi vafotidan soʻng Artuklu bekligi Mardin, Harput va Hasankeyf hududlariga boʻlib, boshqarildi.
Harput bekligi 1224-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Alouddin kayqubod tarafidan bosib olindi. Hasankeyf bekligi 1231-yilda Ayyubiylar davlati tomonidan ishgʻol etildi. Mardin bekligi esa yillar davomida Ayyubiylar davlati, Koʻniya sultonligi, Hulokuiylar davlati, Temuriylar imperiyasiga vassal boʻlib, oʻz mustaqilligini maʼlum darajada saqlab qoldi. 1409-yilga kelib beklik Qora qoʻyunlilar davlati tomonidan butunlay tugatildi.
Artuklu bekligi beklari



Hasankeyf beklari
- Müineddevle Sökmen Bey (1098-1104)
- İbrahim (1104-1109)
- Rükneddin Davud (1109-1144)
- Ebulharis Fahreddin Karaaslan (1144-1167)
- Nureddin Muhammed (1167-1185)
- Mesud Kutbeddin (1185-1200)
- Salih Nasreddin Mahmud (1200-1222)
- Mesud Rükneddin Mevdud (1222-1231)
Harput beklari
- İmadeddin Ebubekir (1185-1203)
- Nizameddin Ebubekir (1203-1223)
- Nizameddin İbrahim (1223-1224)
- Şemsüddevle Süleyman (1224)
- İzzeddin Ahmed (1224-1234)
Mardin beklari
- Necmeddin İlgazi (1104-1122)
- Hüsameddin Timurtaş (1122-1154)
- Necmeddin Alpı (1154-1176)
- Kutbeddin İlgazi (1176-1184)
- Hüsameddin Yavlak Yörükaslan (1184-1201)
- Mansur Nasreddin Artuk Arslan (1201-1239)
- Said Necmeddin Gazi (1239-1260)
- Muzaffer Ebulfeth Fahreddin Karaaslan (1260-1292)
- Semseddin Davud (1292-1294)
- Mansur Necmeddin Gazi (1294-1312)
- Adil İmadeddin Ali Alpı (1312)
- Salih Şemseddin (1312-1363)
- Mansur Ahmed (1363-1367)
- Salih Mahmud (1367)
- Muzaffer Davud (1367-1376)
- Zahir Mecdeddin İsa (1376-1407)
- Salih Şihabeddin Ahmed (1407-1409)
Halep beklari
- İlgazi Bey (1117-1121)
- Eburebi Bedriddevle Süleyman (1121-1123)
- Belek Gazi (1123-1124)
- Timurtaş (1124)* İzzeddin Ahmed (1224-1234)
Rasmlar
Elazığda Artuklularga oid maqbara.
Istanbul Turk va Islom sanʼati muzeyida Artuklularga oid meʼmoriy asar.
Istanbul Turk va Islom sanʼati muzeyida Artuklularga oid meʼmoriy asar.
Adabiyotlar
- Bar Hebraeus. Chronography, London, 1932.
- Bosworth C. E.. New Islamic Dynasties. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2014. ISBN 978-0-7486-9648-2.
- Лэн-Пуль С.. Мусульманские династии. Хронол. и генеал. табл. с ист. введ.. М.: Вост. лит, 2004. ISBN 5020184462.
- Запорожец В. М.. Сельджуки. М.: Воениздат, 2011.
- Alptekin C. Belek b. Behrâm(turk.) // Islam Ansiklopedisi. — 1992. — C. 5. — S. 402—403.
- Alptekin C. Artuklar(turk.) // Islam Ansiklopedisi. — 1991. — C. 3. — S. 415—418.
- Altun A. Artuklar (Artuklu Sanatı)(turk.) // Islam Ansiklopedisi. — 1991. — C. 3. — S. 418—419.
- Sevim A. Sökmen b. Artuk(turk.) // Islam Ansiklopedisi. — 2009. — C. 37. — S. 392—394.
- Sevim A. İlgazi, Necmeddin(turk.) // Islam Ansiklopedisi. — 2000. — C. 22. — S. 89—90.
- Sevim A. Artuk b. Eksük(turk.) // Islam Ansiklopedisi. — 1991. — C. 3. — S. 414—415.
- Sevim A.. Ünlü Selçuklu komutanları : Afşin, Atsız, Artuk, ve Aksungur. An.: Türk Tarih Kurumu Basımevi, 1990. ISBN 978-975-16-0248-0. (Wayback Machine saytida 2022-02-07 sanasida )
- Atçeken Z., Yaşar B.. Malazgirt'ten Vatana Anadolu Selçuklu Devleti Tarihi. Eğitim Yayınevi, 2016. ISBN 978-975-8890-15-6.
- El-Azhari T.K. The Policy of Balak the Artukids against Muslims and Crusaders. A Turkmen Identity dilemma in the Middle East1090-1124(ingl.) // International Journal of Humanities and Social Science. — Andoza:N. Y.: Globeedu Group, 2014. — Vol. 4, no. 4. — P. 286—293. — ISSN 2321–9203.
- Cahen Cl.. Artukids, E.J. Brill's first encyclopaedia of Islam, 1913–1936. Leiden: E.J. Brill, 1986 — 662—667-bet.
- Cahen Cl.. Balak, E.J. Brill's first encyclopaedia of Islam, 1913–1936. Leiden: E.J. Brill, 1986 — 983-bet.
- Cahen Cl.. La Syrie du nord à l'époque des croisades et la principauté franque d'Antioche. P. Geuthner, 1940.
- Cahen C. Le Diyar Bakr au temps des premiers Urtukides(frans.) // Journal Asiatique. — s. Missing parameter/s! (Andoza:P.): Peeters Publishing, 1935. — Vol. CCXXVII. — P. 219—276. — ISSN 0021-762X.
- Hillenbrand C. The Career of Najm al-Dīn İl-Ghāzī(ingl.) // Der Islam. — Andoza:B.: Walter de Gruyter, 1981. — Vol. 58. — Iss. 2. — P. 250—292. — ISSN 1613-0928.
- Hillenbrand C. The Establishment of Artuqid Power in Diyār Bakr in the Twelfth Century(ingl.) // Studia Islamica. — Leiden: E.J. Brill, 1981. — Iss. 54. — P. 129–153. — ISSN 0585-5292. — DOI:10.2307/1595383.
- Strange Guy Le. Palestine Under the Moslems: A description of Syria and the Holy Land from A. D. 650 to 1500. Boston: Houghton, Mifflin and Company, 1890.
- Sussheim K.. Ilghazi, E.J. Brill's first encyclopaedia of Islam, 1913–1936. Leiden: E.J. Brill, 1987 — 1118—1119-bet.
- Väth Gerhard. Die Geschichte der artuqidischen Fürstentümer in Syrien und der Ǧazīra'l-Furātīya (496—812/1002—1409). B.: Schwarz, 1987. (Wayback Machine saytida 2020-06-23 sanasida )
- 1102-yilda paydo boʻlganlar
- 1409-yilda yoʻq boʻlganlar
- Pages using p. template with missing parameter
- Onadoʻli bekliklari
