Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rudzutak Yan Ernestovich [1887.3 (15).8, Kurlyandiya guberniyasi Goldingensk uyezdi (hozirgi Latviya) — 1938.28.7, Moskva] — Turkistonda bolshevikcha rejimni mu

Yan Rudzutak

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rudzutak Yan Ernestovich [1887.3 (15).8, Kurlyandiya guberniyasi Goldingensk uyezdi (hozirgi Latviya) — 1938.28.7, Moskva] — Turkistonda bolshevikcha rejimni mustahkamlashda qatnashgan sovet siyosatchilaridan biri. RKP (b) MK Turkbyuro raisi (1921-yil mart— oktabr), RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi raisi (192223), RKP(b) MK kotibi (1923-yil aprel — 1924-yil may). G.K.Orjonikidze bilan birgalikda Turkbyuro oʻrnida Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) tuzilishining tashabbuskori. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) hukumati tarkibidan milliy rahbar xodimlarni chiqargan va Buxorodan surgun qiddirgan (1923-yil iyun). BXSR va XXSR ni sovetlashtirish jarayoniga rahbarlik qilgan. Keyinchalik SSSR temir yoʻllar xalq komissari (192430), SSSR XKS hamda SSSRMehnat va mudofaa kengashi raisining oʻrinbosari (1926—1937). Sovet rejimiga sadoqat bilan xizmat qilsa ham qamoqqa olingan (1937-yil 24-may) va otib tashlangan.

Yuqori