| Botir | |
|---|---|
| (moʻgʻulcha: baatar) | |
| Jins | Erkak |
| Etimologik maʼnosi | qoʻrqmas, jasur, bahodir |
| Ota ismi | Botir oʻgʻli, Botirovich Botir qizi, Botirovna |
| Yasama shakllari | Botirbek, Botirjon, Botirali |
| Bogʻliq maqolalar: | „Botir“dan boshlanuvchilar „Botir“dan boshlab barcha maqolalar |
Botir (moʻgʻulcha: baatar — qoʻrqmas, jasur, bahodir) — kelib chiqishi moʻgʻulcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Davlat, jamoat va siyosat arboblari
- Botir Asadov — oʻzbek iqtisodchisi, diplomati, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi;
- Botir Boboyev — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, polkovnik;
- Botir Maxmudov — oʻzbek davlat arbobi;
- Botir Parpiyev — oʻzbek davlat arbobi, general-leytenant;
- Botir Qudratxoʻjayev — oʻzbekistonlik harbiy va davlat arbobi;
- Botir Tursunov — oʻzbekistonlik davlat arbobi;
- Botir Xoʻjayev — oʻzbekistonlik davlat arbobi;
- Botir Yusupov — oʻzbek davlat arbobi, diplomat;
- Botir Zaripov — oʻzbekistonlik moliyachi va davlat arbobi;
- Botir Zohidov — oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi;
- Botir Zokirov — oʻzbek davlat arbobi;
- Botirali Hakimov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi;
- Botirbek Toʻrazoda — oʻzbekistonlik deputat;
- Botirjon Mardayev — oʻzbek siyosatchisi;
Fan arboblari, olimlar
- Botir Mirzaxmedov — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor;
- Botir Qobilov — o‘zbekistonlik iqtisodchi, fan doktori, professor;
- Botir Usmonov — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, texnika fanlari doktori, professor;
- Botirbek Hasanov — oʻzbekistonlik olim, navoiyshunos, filologiya fanlari doktori, professor;
Sanʼatkorlar
- Botir Qodirov — oʻzbekistonlik xonanda;
- Botir Rasulov — oʻzbekistonlik dirijyor, sozanda;
- Botir Umidjonov — oʻzbekistonlik xor dirijyori, kompozitor;
- Botir Zokirov — oʻzbekistonlik xonanda, aktyor, rassom;
Sportchilar
- Botir Ahmedov — rossiyalik professional bokschi;
- Botir Nosirov — oʻzbekistonlik futbolchi va futbol murabbiyi;
- Botir Qorayev — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi;
- Botir Usmonov — ogir atletikachi, xalqaro toifadagi sport ustasi (2001), „Oʻzbekiston iftixori“ (2001);
- Botirali Ergashev — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Botirjon Mahmudov — o‘zbekistonlik bokschi;
Boshqalar
- Botir Rahimov — oʻzbekistonlik tadbirkor;
- Botir Temirov — oʻzbekistonlik ilyur sanoat xodimi, mexanik muhandis;
- Botirali Shodiyev — oʻzbek oʻqituvchisi.
Yana qarang
- Botirov
- Botirova
Turkumlar::
- Alifbo boʻyicha ismlar
- Oʻzbekcha erkaklar ismlari
- Moʻgʻulcha erkaklar ismlari
