Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1997-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2001-yilda Oʻzbekiston fanlar akademiyasi I.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq institutini tugatgan.

Botir Tursunov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Tursunov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Botir Tursunov – oʻzbekistonlik filolog va diplomat. Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.

Biografiyasi

1974-yilda Qirgʻiziston SSRning Oʻsh shahrida tugʻilgan.

1997-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2001-yilda Oʻzbekiston fanlar akademiyasi I.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq institutini tugatgan.

2001—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi.

2005—2007 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi.

2007—2010 – Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi birinchi kotibi.

2010—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi tashqi siyosiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi-tahlil markazi direktori oʻrinbosari.

2013—2014 – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining yetakchi maslahatchisi.

2014—2019 – Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.

2019—2022 – Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasining ShHT Kotibiyati huzuridagi doimiy vakili.

2022-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi konsultanti.

2022—2023 – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori oʻrinbosari.

2023—2025 – Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasining ShHT Kotibiyati huzuridagi doimiy vakili.

2025-yil 3-yanvarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Yuqori