Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1959-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1959-1991-yillarda SMU montajchisi, kolxoz bosh muhandisi, Chortoq tuman qishloq xoʻjali

Botirali Hakimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Hakimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Botirali Juraboyevich Hakimov
Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1990  1991
Oʻtmishdoshi Madaminjon Obidshoyev
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1940-yil 10-mart (1940-03-10) (86 yosh)
Namangan viloyati Chortoq tumani
Siyosiy partiyasi KPSS

Botirali Juraboyevich Hakimov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi

1940-yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

1959-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1959-1991-yillarda SMU montajchisi, kolxoz bosh muhandisi, Chortoq tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi bosh muhandisi, instruktor, Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari, Yangiqoʻrgʻon tuman ijroiya qoʻmitasi raisi, Yangiqoʻrgʻon RK KPU 1-kotibi, Chortoq RK KPU 1-kotibi, Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston SSR Davlat qishloq xoʻjaligi qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasining 1-kotibi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11 va 12-chaqiriqlari deputati etib saylangan. KPSS XXVII va XXVIII qurultoylari delegati.

Oʻzbekistonda yashaydi.

Yuqori