- Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Maxmudov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Botir Maxmudov | |
|---|---|
| Mansab davri 1992-yil 11-fevral – 1993 yil 9-oktabr | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulhoshim Mutalov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Vorisi | Gʻulomqodir Hasanov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1941 |
| Maʼlumoti | Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti |
Botir Maxmudovich Maxmudov (1941-yilda tugʻilgan) — oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 11-fevraldan 1993-yil 9-oktyabrgacha Sirdaryo viloyati hokimi.
Biografiyasi
Botir Maxmudov 1941-yilda tugʻilgan. Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, oʻz ixtisosligi boʻyicha, keyin Sirdaryo viloyatidagi partiya ishlarida ishlagan. 1992-yil 11-fevralda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlandi.
1993-yil 9-oktyabrda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi paytida Botir Maxmudov hokim lavozimidan ozod qilindi.
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Sirdaryo viloyatining hokimlari
- Toshkent davlat transport universiteti bitiruvchilari
