- Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Qudratxoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri | |
| Mansab davri 2025-yil 25-fevraldan – 2026-yil 28-yanvargacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Abdulla Qoʻldoshev |
| Vorisi | Azizbek Ikromov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1975-yil 12-noyabr Toshkent |
| Fuqaroligi | |
| Xizmat yillari | 1997-yildan |
| Unvoni | General-mayor |
Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev (Ботир Баҳромович Қудратхўжаев) – oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi.
Biografiyasi
Taʼlim
1997-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
Mehnat faoliyati
1997-yilda Oʻzbekiston harbiy prokuraturasining kadrlar boʻlimida ish yurituvchi sifatida faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Fargʻona viloyati harbiy prokuraturasida tergovchi-kriminalist, Toshkent harbiy okrugi harbiy prokuraturasida katta tergovchi, keyinchalik Toshkent viloyati harbiy prokurori lavozimlarida xizmat qilgan. 2010—2012-yillarda Sharqiy harbiy okrug harbiy prokurori, 2012—2014-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.
2014—2016-yillarda Surxondaryo viloyati prokurori, 2016—2017-yillarda Toshkent shahrining prokurori, 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi yangi tashkil etilgan majburiy ijro byurosi direktori boʻlgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Xorazm viloyati prokurori boʻlgan. 2022-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari – Oʻzbekiston harbiy prokurori etib tayinlangan.
2025-yil 25-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan unga prezident farmoni bilan general-mayor harbiy unvoni berildi.
2026-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi etib tayinlandi.
- 12-noyabrda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston generallari
