Daryo shoxobchasi - 1) suv havzalarini (koʻllar yoki koʻl bilan daryo, onda-sonda daryoni koʻl bilan yoki ikki daryoni) oʻzaro tutashtiruvchi qisqa kanal (nahr). Shoxobcha, odatda, tabiiy oʻzanda vujudga keladi. Tutashtiruvchi shoxobcha Aydar koʻllari, Orinoko daryosi sistemasi (Janubiy Amerika)da mavjud; 2) daryoning orollar bilan bir necha tarmoqqa boʻlinishidagi mayda, ikkinchi darajali oʻzanlari.
Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkumlar::
- Geografik terminlar
- Gidrologiya