Daryo sistemasi — muayyan daryo havzasida bir-biriga qoʻshilib boruvchi daryolar majmui. Asosiy daryo va uning 1-tartibli, 2-tartibli va hokazo irmoklardan tashkil topadi. 1-tartibli irmoklar bevosita asosiy daryoga quyiladi, 2-tartibli irmoklar 1-tartibli irmoklarga quyiladi. Yirik daryolarda 20 tagacha tartibli irmoqlar boʻladi. D.s. eng uzun va sersuv boʻlgan asosiy daryo nomi bilan ataladi. Masalan, Sirdaryo sistemasi, Volga sistemasi.
Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkum::
- Gidrologiya