| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Zohid Abdullayev | ||
| Tavallud sanasi | 1984-yil 25-may | ||
| Tavallud joyi | BekobodOʻzbekiston SSR SSSR | ||
| Boʻyi | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlgan | ||
| Raqami | 15 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000—2007 | Metallurg | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007—2012 | Metallurg | 125 | (41) |
| 2013 | Nasaf | 23 | (5) |
| 2014 | Neftchi | 4 | (0) |
| 2014—2022 | Metallurg | 167 | (49) |
| Total | 319 | (95) | |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Zohid Abdullayev (1984-yil 25-mayda tugʻilgam, millati oʻzbek) Oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan. Bekobodning „Metallurg“ klubining eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi. Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi.
Futbolchilik faoliyati
Zohid Bekobod futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kattalar jamoasidagi faoliyatini ancha kech 23 yoshida boshlagan 2007-yil „Metallurg“ jamoasidagi tajribali mutaxasislar, Vagif Rustamov va Yakov Karpovlar uni asosiy jamoaga oldilar. Bekobod kluboda dastlabki mavsumida asosan zaxiradan maydongga tushgan boʻlsada, 21 oʻyinda 7 gol muallifiga aylanib jamoaning toʻpurarlaridan biriga aylandi. Keyinggi mavsumlarda asosiy takib aʼzosiga aylangan hujumchi, eng koʻp ishtirok etgan va doimiy eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida qoldi. Uning yorqin oʻyinlari oliy liganing bir qator klublari qiziqishiga ham sabab boʻlgan edi.
2013-yilgi mavsumda Bekobod klubidagi 6 yillik faoliyatidan soʻng Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir mavsum davomida ajdarlar safida top surgan xolda oʻrta darajadagi oʻyin namoyish etdi. 2014-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi. ammo mavsum startida juda kam oʻyin amoliyatiga ega boʻlganligi sabali jamoani tark etdi va yozgi transfer oynasi vaqtida sobiq klubi „Metallurg“ jamoasi tarkibiga oʻtdi.
Keyinggi yillarda Zogid yana avvalgi darajasiga qaytib oʻz muxlislarini quvontirgan. 2016-yilgi mavsumda Oliy liga baxslarida 18 ta gol bilan toʻpurarlar roʻyxatida Temurxoʻja Abduxoliqovdan soʻng ikkinchi boʻldi. Yillar davomida gollari sonini oshirib borishi natijasida, 2019-yil „Gennadiy Krasnitskiy“ nomli Oʻzbekistondagi ramziy toʻpurarlar klubiga kirdi. 2022-yilgi mavsumda faoliyatini yakunlashini elon qildi. Bugungi kunda „Metallurg“ tarkibida Oliy liga baxslarida eng koʻp uchrashuv oʻtkazgan va eng koʻp gol urgan futbolchi sanaladi.
Yutuqlari
- Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2013
- Oʻzbekiston Superligasida Uchinchi oʻrin: 2013
- Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi: 110 gol
- 25-mayda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Bekobodda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Bekobod kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Oʻzbekistondagi futbolchilar haqidagi maqolalar
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- SSSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar