Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nasaf – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining futbol jamoasidir. 1986-yilda tashkil topgan. Klub „ajdarlar“ laqabi bilan ham mashhur. 1997-yildan boshlab Oʻzbe

Nasaf Qarshi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Nasaf
Toʻliq nomi Nasaf futbol klubi
Laqabi „Ajdarlar“
Asos solingan 1986 (40 yil avval) (1986)
Stadion Qarshi markaziy stadioni
Prezidenti Oʻzbekiston Shuhrat Aslanov
Bosh direktori Oʻzbekiston Alisher Yusupov
Murabbiyi Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
Sardori Javohir Siddiqov
Budjeti 8 million dollar
Vebsayt Rasmiy sayti
Musobaqasi Oʻzbekiston Superligasi
Mavsumi 3 – 2025 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Nasaf – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining futbol jamoasidir. 1986-yilda tashkil topgan. Klub „ajdarlar“ laqabi bilan ham mashhur. 1997-yildan boshlab Oʻzbekiston Superligasi qatnashchisi. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasida 1 marta va Oʻzbekiston kubogida 4 marta gʻolib boʻlgan.

Tarixi

Nomlanish tarixi

  • 1986—1991: Geolog
  • 1992: Paxtachi
  • 1993—1995: Nasaf
  • 1996: Dinamo-Nasaf
  • 1996—h.v.: Nasaf

Tarix

„Nasaf“ jamoasi 1986-yilda tashkil etilgan. Oʻzbekiston Oliy ligasida 1997-yildan beri ishtirok etadi.

1994-yilda Qashqadaryo viloyati tarixida ilk marotaba Muborakning „Mashʼal“ jamoasi birinchi ligada gʻoliblikni qoʻlga kiritib, kelgusi mavsumdan kuchlilar safida qatnasha boshladi. Ikki yil oliy ligada oʻz oʻrnini saqlab qoldi. Oʻsha tarkibda Asror Aliqulov, Anvar Berdiyev, Oleg Qahhorovlar harakat qilishgan. 1997-yili „Mashʼal“ oliy ligadagi oʻz oʻrnini „Nasaf“ jamoasiga boʻshatib bergan. Bungacha birinchi ligada Qarshi shahri sharafini „Dinamo-Nasaf“ (avvalgi nomlari „Geolog“, „Nasaf“) jamoasi himoya qilib kelgan. „Mashʼal“ esa birinchi ligada „Dinamo-Nasaf“ oʻrnini egalladi. Shu tariqa viloyatning ikki jamoasi oʻzaro rokirovkasidan soʻng 1997-yilgi mavsumdan boshlab „Nasaf“ klubining Oliy ligadagi ishtiroki boshlangan. Oʻsha yili qarshidagi „Mehnat“ stadioni qayta rekonstruksiya qilinib, „Nasaf“ markaziy stadioniga aylantirildi. qarshiliklar debyut mavsumni Viktor Borisov murabbiyligida kuchli oltilikda yakunlashga erishishdi.

1998-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yuqorilashda davom etdi. „Andijon“ jamoasidan qabul qilingan (0:6) magʻlubiyatdan keyin bosh murabbiy Viktor Borisov isteʼfoga chiqqan. Viktor Makarov bilan jamoa finishga beshinchi boʻlib yetib kelgan. Ammo oʻzining uchinchi mavsumini klub oʻz tarixidagi hozirgacha eng yomon natija – 11-oʻrin bilan yakunlagan. Tarkib 80 foizga yangilandi. Jamoaga qoʻqonlik mutaxassis Bahrom Hakimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Qarshida oʻtgan bellashuvlarda amaldagi chempion „Doʻstlik“ va „Neftchi“, „Navbahor“ „Paxtakor“ jamoalarini magʻlubiyatga uchratdi. Oʻsha yili jamoa chempionatda 85 ochko toʻplab, 20 jamoa orasida mavsumni uchinchi pogʻonada yakunladi. Bu ularning Oliy liga tarixidagi dastlabki medallari edi. 2001-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yana bronza medalini olidi.

2001—2002-yilgi Osiyo Chempionlar ligasida mamlakat sharafini himoya qildi. „Doʻstlik“ va „Neftchi“ jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa „Nasaf“ga yuklandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAA da tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga qarshilik koʻrsatishdi. Qitʼaning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar yetib kelishdi. Albatta mamlakatning uchinchi jamoasining qitʼa turnirida toʻrtinchi pogʻonani egallashi ham ancha yuqori natija hisoblanadi. Oʻzbekiston kubogida ham jamoa finalga qadar yetib keldi va „Paxtakor“ga magʻlub boʻldi (1:3).

2003—2004-yillarda jamoa sovrindorlar safiga kirolmay qolishi natijasida Bahrom Hakimovning „Nasaf“dagi besh yillik faoliyati nihoyasiga yetgan. 2005-yilda ukrainalik Oleg Morozov jamoani boshqaruviga oldi. Ammo mavsum oxiriga kelib jamoa uchinchi bor bronza medallarga sazovor boʻldi. 2006-yili Bahrom Hakimov yana „Nasaf“ga qaytdi va jamoa bilan toʻrtinchi marta bronzani qoʻlga kiritgan.

Oliy ligadagi 11-mavsumga kelib asosiy tarkibning oʻzagi bir necha yillardan beri saqlanib qolgan boʻlsa-da, baribir vaqt oʻz hukmini oʻtkaza boshladi. Natijada 2007-yili ikkinchi davrani Fomichyov qoʻl ostida oʻtkazgan qarshiliklar kuchli oltilikda yakunlashdi. 2008-yilgi mavsumda esa „Nasaf“ 9-oʻrin bilan cheklandi. Natijada yil oxiriga kelib klub rahbariyatida jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bahrom Davlatov jamoa rahbari va menejeri etib tayinlandi. Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi klub muassisi va bosh homiysi qilib belgilandi.

Persepolis va Nasaf uchrashuvi

2009-yilda Viktor Kumikov qoʻl ostida „Nasaf“ futbolchilari beshinchi bor bronza medal egasiga aylanishdi. 2010-yilda esa birinchi davrada jamoani Viktor Kumikov, ikkinchi davradan esa ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko boshqara boshladi. Natija esa yana – 3-oʻrin. Shuningdek, keyingi ikki yil ichida klub qoshida futbol akademiyasi ish boshladi. Unga Ukrainadan Sergey Petrovich Kucherenko taklif etildi. Jamoa qoshidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilari (1994–1995-yilda tugʻilganlar) oʻz tengqurlari orasida 2010-yili mamlakat chempioniga aylandi.

2011-yil jamoa tarixidagi eng esda qolarli mavsum sifatida yodda qoladigan boʻldi. Mavsum avvalida tarkibga bir qator tajribali va iqtidorli futbolchilarni jalb etgan qarshiliklar oldiga bir yoʻla uchta musobaqa – Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi, Oʻzbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qoʻyildi. Ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qoʻl ostida qarshilik futbolchilar 2011-yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi kubogini qoʻlga kiritishdi.

„Nasaf“ 2012-yilgi mavsumini yangi murabbiy qoʻl ostida boshladi. Jamoa Roʻziqul Berdiyev boshqaruviga oʻtdi. Roʻziqul Berdiyev mavsumning birinchi davrasi yakunlanmasdan turib, bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilinadi. Shu yili jamoa chempionatni 4-pogʻonada yakunladi. Oʻzbekiston Kubogi finalida esa Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga magʻlub boʻldi.

2013-yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan klub mavsum oxiriga kelib, peshqadamlar safidan joy oldi. Shu yili yana bronza sovrini sohibiga va oʻz tarixida toʻrtinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finalchisiga aylandi. Ammo finalda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga yutqazdi (2:1). Shu yilgi mavsum yakuni boʻyicha Roʻziqul Berdiyev eng yaxshi murabbiy nominatsiyasi boʻyicha yil laureatiga aylandi. Osiyo chempionlar ligasini pley-off bosqichida boshlaydigan boʻldi.

2014-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi omadsiz yakunlandi. Qatarning „Al-Jaish“ klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va asosiy eʼtiborini ichki chempionatga qaratdi. Natijada „Nasaf“ oʻz tarixida sakkizinchi marotaba bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

2015-yilgi futbol mavsumida „Nasaf“ oʻz tarixida beshinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finaliga chiqib, 17-oktyabr kuni Jizzax shahrida oʻtkazilgan final uchrashuvida Toshkentning „Bunyodkor“ klubini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Chempionat yakuni boʻyicha toʻqqizinchi marotaba bronza sovrindoriga aylandi.

2016-yilgi futbol mavsumi omadli boshlandi. „Nasaf“ klubi 2016-yil 17-fevral kuni Toshkent shahridagi „Bunyodkor“ stadionida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvida amaldagi mamlakat chempioni – „Paxtakor“ jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz tarixida birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi.

2017-yilgi mavsumda „Nasaf“ oʻz tarixida ikkinchi bor kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu orqali OCHL-2018 musobaqasini pley-off bosqichidan boshlaydigan boʻldi. Roʻziqul Berdiyev uchinchi marta OʻFF tomonidan „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ sifatida eʼtirof etildi.

2020-yilgi futbol mavsumida oʻz tarixida uchinchi bor kumush medalini oldi. Roʻziqul Berdiyev oʻz murabbiylik faoliyati davomida toʻrtinchi bor Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 2020-yilda oʻrinbosarlar jamoasi ham sovrinli oʻrinlardan joy oldi va chempionatning bronza medallari bilan taqdirlandi. „Nasaf“ U-18 jamoasi esa qatorasiga uchinchi marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda jamoa 10 yillik tanaffusdan soʻng yana Osiyo Kubogida ishtirok etdi. Jamoa OFK Kubogi finaligacha yetib bordi. Bahraynda boʻlib oʻtgan final uchrashuvida „Al-Muharraq“ jamoasiga magʻlub boʻldi. Joriy mavsumda 41 rasmiy uchrashuv oʻtkazgan jamoa sovrinsiz qolmadi. Samarqandda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kubogi finalida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda bir kishi kam boʻlib qolgan jamoa 1:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Oʻzbekiston Superligasi 2023-yilgi mavsumini Nasaf jamoasi 4-aprel kuni Qarshi markaziy stadionida „Andijon“ klubiga qarshi bahs bilan boshladi. Oʻyin andijonliklarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. Superliga 2-turini Qarshi jamoasi Toshkentning „Turon“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan va 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan.

Superliganing 3-tur uchrashuvida Nasaf Buxoro klubi mehmoni boʻlgan va kichik 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. 4-tur oʻyinida Qizilqum mehmoni boʻlgan qarshiliklar 1:1 hisobidagi oʻyin bilan tugadi. Beshinchi turda Nasaf futbolchilari Surxon jamoasi ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan. Superliganing oltinchi tur bahsida Bunyodkor mehmoni boʻlgan Nasaf jamoasi 1:1 hisobidagi durrang natijani qayd etishdi. Superliganing yettinchi tur bahsida Olimpik jamoasini qabul qilib 3:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba erishishgan. Toʻqqizinchi tur bahsida qarshliklar Navbahor futbol klubi bilan bahslashgan, oʻyin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Oʻninchi tur bahsida Metallurg jamoasini 2:1 hisboda magʻlubiyatga uchratishgan. Oʻn ikkinchi turda Soʻgʻdiyona mehmoni boʻlgan qarshiliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan. Superliganing oʻn uchinchi turida Toshkentning OKMK klubini qabul qilgan Nasaf jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻn toʻrtinchi tur bahsida nasaf jamoasi Andijon mehmoni boʻlishgan, oʻyin 0:0 hisobidagi durrang bilan yakunlangan. Superliganing oʻn beshinchi tur bahsida Qarshi jamoasi Turnon futbol klubiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Keyingi turni Qarshining Nasaf jamoasi oʻz uy stadionida Buxoro futbol klubiga qarshi oʻtkzilishi rejalashtirilgan.

Jamoa tarkibida eng koʻp maydonga chiqqan oʻyinchi – Roʻziqul Berdiyev (314 marotaba). Jamoaning eng yaxshi toʻpurari – Zafar Xolmurodov (181 ta gol). Bir mavsumda eng koʻp toʻp kiritgan futbolchi – Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000-yil). Eng yirik gʻalabasi – 7:0 („Metallurg Bekobod“, 2004-yil), 8:1 („Andijon“, 2004-yil). Eng yirik magʻlubiyati – 0:6 („Andijon“, 1998-yil).

Stadion

Qarshi shahridagi „Markaziy“ oʻyingohi 2006-yilda Qarshi shahri mezbonlik qilgan „Umid nihollari“ musobaqasi uchun qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2008-yilda „Nasaf“ futbol klub uy uchrashuvlarini aynan shu oʻyingohda qabul qilishni boshlagan.

„Markaziy“ oʻyingoh turli xil xalqaro musobaqalar OFK Kubogi, Osiyo Chempionlar ligasi, 21 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2011-yilda Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan OFK Kubogi finalida „Nasaf“ jamoasi Quvaytning „Quvayt SK“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib Oʻzbekistondagi klublar oʻrtasida birinchi boʻlib xalqaro musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

2006-yilda foydalanishga topshirilgan. 2011 va 2017-yillarda qaytda taʼmirlangan. Dastlab oʻyingoh 16 000 muxlisga moʻljallangan boʻlsa, hozirgi vaqtda 21 000 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Oʻyingohda 4 ta kiyim almashtirish xonasi, 12 ta yuqori martabali mehmonlar VVIP xonasi, 900 VIP oʻrindiqlari, 2 ta tibbiyot xonasi, 2 ta hakamlar xonalari mavjud.

Ichki oʻyinlar tarixi

Gʻaybullayev
Nasrullayev
Davronov
Siddiqov
Mozgovoy
Stanojević
Nurulloyev
Lima
2023-yilgi Oʻzbekiston Coca cola kubogi finalidagi Nasaf jamoasi tarkibi
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Toʻpurar Bosh murabbiy
Divizion Oʻrin Oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat UG OʻG O Nomi Liga
1997 1 6 34 15 8 11 68 57 53 Chorak final Oʻzbekiston Baxtiyor Davlatov 16 Oʻzbekiston Viktor Borisov
1998 1 5 30 12 9 9 43 31 45 Chorak final Oʻzbekiston Anvar Berdiyev

Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev

9 Oʻzbekiston Viktor Borisov
Oʻzbekiston Viktor Makarov
1999 1 11 30 10 5 15 42 54 35 Yarim final Oʻzbekiston Anvar Berdiyev 12 Oʻzbekiston Viktor Makarov
2000 1 3 38 26 7 5 92 52 85 Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 30 Oʻzbekiston Bahrom Hakimov
2001 1 3 34 22 5 7 82 47 71 Yarim final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 21 Oʻzbekiston Bahrom Hakimov
2002 1 4 30 18 4 8 59 38 58 Yarim final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov

Oʻzbekiston Otabek Qilichev

8 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov
2003 1 4 30 19 3 8 58 40 60 Ikkinchi oʻrin Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 16 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov
2004 1 4 26 17 3 6 66 31 54 1/8 final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 29 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov
2005 1 3 26 16 3 7 50 31 51 Chorak final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 24 Ukraina Oleg Morozov
2006 1 3 30 22 4 4 63 33 70 1/8 final Turkmaniston Vitaliy Alekperov 15 Oʻzbekiston Bahrom Hakimov
2007 1 6 30 13 5 12 43 43 44 Chorak final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 17 Qozogʻiston Vladimir Fomichyov
2008 1 9 30 10 5 15 28 36 35 1/8 final Oʻzbekiston Jasur Boboyev 7 Rossiya Viktor Kumikov
2009 1 3 30 16 7 7 48 27 55 Yarim final Oʻzbekiston Ilhom Shomurodov 10 Rossiya Viktor Kumikov
2010 1 3 26 13 7 6 30 20 46 1/8 final Oʻzbekiston Ilhom Shomurodov 6 Rossiya Viktor Kumikov
Ukraina Anatoliy Demyanenko
2011 1 2 26 15 8 3 43 15 53 Ikkinchi oʻrin Latviya Andrejs Perepļotkins 7 Ukraina Anatoliy Demyanenko
2012 1 4 26 14 7 5 37 20 49 Ikkinchi oʻrin Turkmaniston Artur Gevorkyan 9 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
Oʻzbekiston Usmon Toshev
2013 1 3 26 18 4 4 64 27 58 Ikkinchi oʻrin Turkmaniston Artur Gevorkyan 18 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2014 1 3 26 16 7 3 45 21 55 Yarim final Turkmaniston Artur Gevorkyan 18 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2015 1 3 30 19 5 6 46 20 62 Gʻolib Oʻzbekiston Ilhom Shomurodov 12 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2016 1 3 30 18 9 3 46 13 63 Ikkinchi oʻrin Serbiya Dragan Cheran 12 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2017 1 2 30 20 2 8 58 18 62 Yarim final Serbiya Dragan Cheran 19 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2018 1 7 32 12 11 9 39 38 34 1/8 final Oʻzbekiston Bobur Abduxoliqov 13 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2019 1 7 26 9 6 11 34 27 33 Yarim final Oʻzbekiston Xumoyun Murtozoyev 14 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2020 1 2 26 15 8 3 47 19 53 Yarim final Oʻzbekiston Bobur Abduxoliqov 17 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2021 1 4 26 13 6 7 42 24 45 Gʻolib Oʻzbekiston Husayin Norchayev 13 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2022 1 3 26 13 10 3 37 16 49 Gʻolib Oʻzbekiston Husayin Norchayev 9 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2023 1 2 26 13 9 4 31 16 48 Gʻolib Oʻzbekiston Husniddin Aliqulov 5 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2024 1 1 26 15 7 4 35 18 52 Guruh bosqichi Serbiya Zoran Marušić 9 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2025 1 3 30 16 11 3 51 23 59 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Husayin Norchayev 14 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev


Xalqaro maydondagi oʻyinlar

2018-yilgi Osiyo Chempionlar ligasida Persepolisga qarshi maydonga tushgan Nasaf futbolchilari
Xalqaro maydondagi barcha natijalar 2024-yil 21-fevral xolatiga koʻra toʻgʻri
Musobaqa D M UG QG
Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 9 5 2 2 17 14
OFK kubogi 26 19 3 4 70 20
Osiyo Chempionlar ligasi 43 13 12 18 46 55
Jami 78 37 17 24 133 89
Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uy Safar Natija
2001-02 Osiyo chempionlar kubogi Birihchi raund Turkmaniston FK Köpetdag Aşgabat 1-0 3-0 4-0
Second round Tojikiston Umed Dushanbe 4-1 3-2 7-3
Chorak final Kuvayt Al-Kuwait 1-1 Ikkinchi
Eron Esteghlal 1-1
Birlashgan Arab Amirliklari Al-Wahda 2-1
Yarim final Janubiy Koreya Suwon Samsung Bluewings 0-3
Uchinchi oʻrin uchun Eron Esteghlal 2-5
2010 OFK kubogi C guruhi Livan Al-Ahed 4-0 4-0 Ikkinchi
Suriya Al-Jaish 2-1 1-1
Kuvayt Kazma 1-2 0-0
Nimchorak final Suriya Al-Karamah 0-1
2011 OFK kubogi A guruhi Livan Al-Ansar 3-0 4-1 Birinchi
Yaman Al-Tilal 7-1 3-2
Hindiston Dempo 9-0 4-0
Nimchorak final Iordaniya Al-Faisaly 2-1
Chorak final Tailand Chonburi 0-1 1-0 1-1 (q.v)

(4-3 p)

Yarim final Iordaniya Al-Wehdat 1-0 1-1 2-1
Final Kuvayt Al-Kuwait 2-1
2012 Osiyo chempionlar ligasi A guruhi Birlashgan Arab Amirliklari Al-Jazira 2-4 1-4 Toʻrtinchi
Eron Esteghlal 0-2 0-0
Qatar Al-Rayyan 0-1 1-3
2014 Osiyo chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi Qatar El Jaish 1-5
2015 Osiyo chempionlar ligasi D guruhi Eron Tractor Sazi 2-1 2-1 Uchinchi
Saudiya Arabistoni Al-Ahli 0-0 1-2
Birlashgan Arab Amirliklari Al-Ahli 0-1 0-0
2016 Osiyo chempionlar ligasi D guruhi Saudiya Arabistoni Al-Ahli 2-1 1-2 Toʻrtinchi
Qatar El Jaish 0-0 0-1
Birlashgan Arab Amirliklari Al-Ain 1-1 0-2
2017 Osiyo chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi Bahrayn Al-Hidd 4-0
Play-off bosqichi Saudiya Arabistoni Al-Fateh 0-1
2018 Osiyo chempionlar ligasi Play-off bosqichi Iordaniya Al-Faisaly 5-1
C guruhi Eron Persepolis 0-0 0-3 Uchinchi
Birlashgan Arab Amirliklari Al-Wasl 1-0 2-1
Qatar Al-Sadd 1-0 0-4
2021 OFK kubogi F guruhi Qirgʻiziston Alay 4-0 Birinchi
Tojikiston Khujand 3-0
Turkmaniston Altyn Asyr 2-0
Markaziy Osiyo Zona finali Turkmaniston Ahal 3-2
Inter-zona play-off yarim finali Hindiston ATK Mohun Bagan 6-0
Inter-zona play-off finali Gonkong Lee Man 3-2 (q.v)
Final Bahrayn Al-Muharraq 0-3
2022-yil Osiyo chempionlar ligasi Play-off bosqichi Birlashgan Arab Amirliklari Baniyas 2-0
E guruhi Qatar Al-Sadd 3-1 1-1 Ikkinchi
Iordaniya Al-Wehdat 2-0 2-2
Saudiya Arabistoni Al-Faisaly 0-1 0-0
Nimchorak final Saudiya Arabistoni Al-Shabab
2023-yil Osiyo chempionlar ligasi
B guruhi Iordaniya Al-Faisaly 3-1 0-1 Birinchi
Qatar Al-Sadd 3-1 ?
Birlashgan Arab Amirliklari Sharjah 1-1 1-0
Nimchorak final Birlashgan Arab Amirliklari Al Ain 0-0 2-1 1-2

Yutuqlar

Texnik xodimlar

Murabbiylar shtabi

Lavozim Ism
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
Katta murabbiy Oʻzbekiston Shuhrat Toshpoʻlatov
Jismoniy tayyorgalik murabbiyi Oʻzbekiston Ilnur Sibagatulin
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Valeriy Karpenko
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Asliddin Hasanov
Tahlillchi Oʻzbekiston Davron Karimqulov
Massajchi Oʻzbekiston Andrey Bezborodov
Massajchi Oʻzbekiston Hamza Mavlonov
Bosh shifokor Oʻzbekiston Maʼruf Berdiyev
Asosiy jamoa maʼmuri Oʻzbekiston Alisher Turdiqulov
Tasvirchi Oʻzbekiston Anvar Tukayev

U21 jamoasi Murabbiylar shtabi

Lavozim Ism
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov
Katta murabbiy Oʻzbekiston Ikrem Repatov
Seleksioner Oʻzbekiston Hamza Karimov
Murabbiy Oʻzbekiston Kenja Toʻrayev
Tahlillchi Oʻzbekiston Davron Karimqulov
Shifokor Oʻzbekiston Sanjar Saidov
Shifokor Oʻzbekiston Dilshod Ashirov
Jamoa maʼmuri Oʻzbekiston Shavkat Umirov

Boshqaruv

Lavozim Ism
Prezident Shuhrat Aslanov
Bosh direktor Alisher Yusupov
Sport direktori Sergey Kucherenko
Texnik direktor Botir Qorayev

Futbolchilar

Birinchi jamoa tarkibi

2026-yil 10-mart holatiga koʻra

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK Oʻzbekiston UZB Abduvohid Nematov
2 DF Oʻzbekiston UZB Alibek Davronov
4 DF Oʻzbekiston UZB Akramjon Komilov
5 DF Oʻzbekiston UZB Gʻolib Gʻaybullayev
6 MF Oʻzbekiston UZB Sardorbek Bahromov
7 MF Albaniya ALB Adenis Shala
8 DF Oʻzbekiston UZB Zafarmurod Abdurahmatov
10 DF Oʻzbekiston UZB Bobur Abduholiqov
14 MF Oʻzbekiston UZB Sharof Muhiddinov
15 MF Oʻzbekiston UZB Oybek Rustamov
17 MF Oʻzbekiston UZB Murodbek Rahmatov
20 FW Nigeriya NGA Yusuf Otubanjo
R. Poz. Millati Futbolchi
21 GK Oʻzbekiston UZB Samandar Murodboyev
22 DF Oʻzbekiston UZB Diyor Abdunazarov
23 DF Oʻzbekiston UZB Dilshod Murtazayev
27 MF Oʻzbekiston UZB Yashnarbek Berdirahmonov
32 DF Oʻzbekiston UZB Quvonch Xushvaqtov
33 DF Oʻzbekiston UZB Bahodir Halilov
76 MF Oʻzbekiston UZB Zafar Saʼdullayev
80 FW Oʻzbekiston UZB Davronbek Usmonov
82 GK Oʻzbekiston UZB Asilbek Noʻmonov
92 DF Oʻzbekiston UZB Umar Eshmurodov
99 MF Nigeriya NGA Kingsley Sokari

U21 jamoasi tarkibi

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
3 DF Oʻzbekiston UZB Mashhurbek Abdusoliyev
13 MF Oʻzbekiston UZB Asadbek Asadov
16 MF Oʻzbekiston UZB Mirshodbek Suyonov
24 MF Oʻzbekiston UZB Javohir Iskandarov
25 MF Oʻzbekiston UZB Arabbiy Mirzaboyev
28 MF Oʻzbekiston UZB Ruslan Saidov
29 FW Oʻzbekiston UZB Amirzoda Abdukarimov
34 DF Oʻzbekiston UZB Asadbek Ramilov
35 GK Oʻzbekiston UZB Akbarali Sodiqov
39 MF Oʻzbekiston UZB Lazizbek Ergashev
40 DF Oʻzbekiston UZB Behruz Soatov
44 DF Oʻzbekiston UZB Shohjahon Hushvaqtov
45 DF Oʻzbekiston UZB Bekzod Boʻriyev
R. Poz. Millati Futbolchi
55 DF Oʻzbekiston UZB Husan Koʻpaysinov
57 MF Oʻzbekiston UZB Aminbek Yoqubov
60 DF Oʻzbekiston UZB Fazliddin Karomatov
61 GK Oʻzbekiston UZB Diyor Toʻlanboyev
66 MF Oʻzbekiston UZB Behruz Haydarov
71 MF Oʻzbekiston UZB Feruzjon Zokirov
73 MF Oʻzbekiston UZB Mansur Rejepov
78 FW Oʻzbekiston UZB Samandar Toirov
81 MF Oʻzbekiston UZB Abdulloh Odiljonov
83 MF Oʻzbekiston UZB Ozodbek Ochilov
90 DF Oʻzbekiston UZB Xizirdavlat Rayimqulov
91 DF Oʻzbekiston UZB Ozodbek Najmiddinov

U19 jamoasi tarkibi

Ijaraga berilgan futbolchilar

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
FW Oʻzbekiston UZB Azizjon Ahrorov (Xorazm jamoasiga 2026-yil 31-dekabrgacha)
R. Poz. Millati Futbolchi

Bosh murabbiylari tarixi

Ismi sharifi Faoliyati davri
Oʻzbekiston Viktor Borisov 1997—1998
Oʻzbekiston Viktor Makarov 1998—1999
Oʻzbekiston Bahodir Davlatov 2000—2004
Ukraina Oleg Morozov 2005
Oʻzbekiston Bahrom Hakimov 2006
Qozogʻiston Vladimir Fomichyov 2007
Rossiya Viktor Kumikov 2008—2010
Ukraina Anatoliy Demyanenko 2010—2012
Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev 2012
Oʻzbekiston Usmon Toshev 2012
Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev 2012—h.v.

Mashhur futbolchilar

  • Vladimir Dalganov
  • Talyat Shayxametov
  • Asror Aliqulov
  • Sergey Andreyev
  • Roʻziqul Berdiyev
  • Erkin Boydullayev
  • Shohrux Gadoyev
  • Murod Zuxurov
  • Islom Inomov
  • Botir Qorayev
  • Maqsud Karimov
  • Yaroslav Krushelnitskiy
  • Kamoliddin Murzoyev
  • Fozil Musayev
  • Shavkat Salomov
  • Kenja Toʻrayev
  • Lutfulla Toʻrayev
  • Artyom Filiposyan
  • Noʻmon Hasanov
  • Aleksandr Xvostunov
  • Vladimir Shishelov
  • Alisher Toʻychiyev
  • Shuhrat Mamajonov
  • Ramaz Jabnidze
  • Kaxa Gogoladze
  • Artur Gevorkyan
  • Oleg Bejenar
  • Gheorghe Boghiu
  • Sergey Krot
  • Dmitriy Kozachenko
  • Anatoliy Matkevich
  • Nikolay Pavlenko
  • Andrey Yakovlyev
  • Andrey Pereplyotkin
  • Ivan Bošković
  • Đorđe Ivelja
  • Bojan Mališić
  • Aleksandar Petrović

Yana qarang

  • Nasaf futbol klubi mavsumlari ro‘yxati
  • Oʻzbekiston futbol klublari Osiyo kuboklarida
Yuqori