| Husan Amirqulov | |
|---|---|
| Tugʻilgan sanasi | 1940-yil 18-fevral |
| Tugʻilgan joyi | Boyterak qishlogʻi, Koson tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | teatr aktyori |
| Faoliyat yillari | 1963-yildan |
| Teatr | Qashqadaryo teatri |
| Mukofotlari | |
Husan Amirqulov (1940.18.2, Qashqadaryo viloyati, Boyterak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgach (1963), Surxondaryo (1963-66), Sirdaryo (1966-74), Jizzax (1974-79) teatrlarida ishlagan, 1979-yildan Qashqadaryo teatrida. Asosiy rollari: Gʻani („Aldangan qiz“), Murod („Parvona“), Ferdinand („Makr va muhabbat“), Alisher Navoiy („Alisher Navoiy“), Aldar koʻsa („Aldar koʻsa“), Moʻmin („Oltin devor“), Saʼdiyev („Oʻn uchinchi rais“), Abulfayzxon („Abulfayzxon“), Amir Temur („Amir Temur“) va boshqa Amirqulov yaratgan obrazlari oʻzining toʻlaqonliligi, ijroda davr nafasini mohirona yetkaza olishi, tarixiy asarlarda yaratgan oʻziga xos, boy sahna chizgilari bilan ajralib turadi. Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).
- 18-fevralda tugʻilganlar
- 1940-yilda tugʻilganlar
- Koson tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari
- Xalqaro Yassaviy mukofoti sohiblari
- Oʻzbekiston teatrlarining aktyor va aktrisalari