„Abulfayzxon“ dramasi (yoki „Abulfayzxon“ tragediyasi) — oʻzbek adibi Fitratning 1924-yilda chop etilgan dramasi. Drama oʻzbek adabiyoti tarixida yozilgan ilk tarixiy pyesa hisoblanadi. Ayni paytda asar Fitrat adabiy-badiiy ijodining choʻqqisi ekanligi taʼkidlab kelinadi.
![]() | |
| Muallif(lar) | Abdurauf Fitrat |
|---|---|
| Muharrir(lar) | Dilorom Boymirzayeva |
| Bezovchi(lar) | Xosiyat Hasanova |
| Mamlakat | |
| Til | oʻzbekcha |
| Janr(lar)i | drama |
| Nashr etilgan sanasi | 2019 |
| Nashriyot | Zukko kitobxon |
| Sahifalar soni | 53 |
| ISBN | 978–9943-5737-5-8 |
Mavzusi
Drama XVII asr Buxoro xonligidagi Ashtarxoniylar sulolasining soʻnggi vakili Abulfayzxon davri voqealariga bagʻishlangan. Asar davomida hokimiyatni egallash hamda uni qoʻlida saqlab qolish payida boʻlgan Abulfayzxonning toj-taxtga daʼvogarlik qilgan barchani oʻldirib yuborishi va shu orqali oʻz fojiasiga zamin yaratgani bilan bogʻliq voqealar ochib berilgan.
