| Bobooxun Salimov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 1910 – 1918 | |
| Mansab davri 1910 – 1918 | |
| Mansab davri 1917 – 1917 | |
| Avvalgisi | lavozim tashkil etildi |
| Keyingisi | lavozim bekor qilindi |
| Mansab davri 1920 – 1920-yillar oxiri | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1874 Gurlen, Xiva xonligi |
| Vafoti | 10.05.1929 |
| Siyosiy partiyasi | Yosh Xivaliklar |
| Dini | Islom |
Bobooxun Salimov (shuningdek Bobo-oxun) (1874-1929) — Xiva xonligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat arbobi.
1874-yilda Gurlen qishlogʻida Salimohunlar oilasida tugʻilgan. Tugʻilganda uning ismini Muhammad Karim qoʻyishgan, keyin esa hurmat-ehtirom uchun unga Bobo oxun laqabini berishgan. Boshlangʻich taʼlimni olgach, Xivadagi Olloqulixon madrasasida oʻqishni davom ettirdi. Arab, fors bilan rus tillarini oʻrgangan. Madrasada mudarris boʻlib dars bergan.
1910-1918-yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon davrida Bobooxun Salimov mamlakatning Qozi-kalon (oliy qozi) va shayx ul-islomi lavozimlarida ishlagan.
1917-yilda Xiva majlisi raisi boʻldi.
1918-1920-yillarda Toʻrtkoʻlda yashab, „Yosh xivaliklar“ partiyasiga aʼzo boʻldi. 1920-yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasini tashkil etishda qatnashib, adliya vaziri etib tayinlanadi. 1924-yilda Xorazm ruhoniylarining birinchi qurultoyini chaqirish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. U mamlakatning erkin demokratik rivojlanishi tarafdori edi.
1920-yilda Xorazm Xalq Respublikasi tashkil qilishda qatnashib, shu yili Rossiya davlati bilan shartnoma tuzish uchun Xorazm davlati tamonidan delegatsiya rahbari boʻlib joʻnatiladi.
Mullo Bekchan bilan birgalikda maktab oʻquvchilari uchun alifbe, oʻqish kitoblari yozgan
1920-yillar oxirida Sovet hukumati tomonidan ziyolilarga nisbatan taʼqib qilinishi natijasida u davlat ishlaridan chetlashtirildi. 1929-yili 10 -mayda davlat xodimlari tamonidan uyiga bostirib borib otib tashlanadi, oila a'zolariga ham hujum qilinadi. Bobo oxun Salimov Qaroqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanidagi Jumurtogʻ etagidagi Salomat bobo qabristoniga dafn qilingan..
Adabiyotlar
- Oʻzbekiston tarixi, Toshkent, 1993.
- Xorazm Tarixi, Toshkent, 1976.
- Oʻzbekiston tarixi
- 1929-yilda vafot etganlar
- 10-mayda vafot etganlar
- Kishilar
- 1874-yilda tugʻilganlar

