Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Olloqulixon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1834—35). Madrasa qurilishi Ichan qalʼaning yaxlit ansambl boʻlib shakllanish tarixi bilan bogʻliq. Madrasa

Olloqulixon madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Madrasa
Olloqulixon madrasasi
Olloqulixon madrasasining bosh fasadi
Mamlakat Oʻzbekiston
HududXorazm viloyati
ShaharXiva
ManzilIchan qalʼa MFY, Zargarlar koʻchasi, 33-uy
Maktab yoʻnalishisunniy
MulkdorDavlat mulki. Xorazm viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turiKatta
Meʼmoriy uslubOʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisiOlloqulixon
HomiylarOlloqulixon
Binokorlik1834—1835-yillar
Asosiy sana:
1835-yil
Maqomidavlat himoyasida
Qurilish materialiPishiq g'isht

Olloqulixon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1834—35). Madrasa qurilishi Ichan qalʼaning yaxlit ansambl boʻlib shakllanish tarixi bilan bogʻliq. Madrasa Ichan qal’aning sharqiy qismida barpo etilgan. Oʻrta Osiyo meʼmorligida keng tarqalgan qoʻshmadrasa uslubida, Ollo-qulixon timi, Xoʻjamberdibiy madrasasi, Polvon darvoza bilan oʻzaro bogʻlangan. Olloqulixon madrasasi sunʼiy tepalik (balandligi 3 m) ustiga kurilgan, shu tufayli qoʻshni binolardan ancha baland koʻrinadi.

Tarixi

Olloqulixon madrasasi 1834—1835-yillarda Olloqulixon buyrugʻiga muvofiq, karvonsaroy yonida barpo etilgan. Xivada hukmronlik qilgan davrda Olloqulixon toshhovli, karvonsaroy, tim, Oqmasjid, Saidboy masjid kabi binolarni qurdirgan. Madrasa 99 hujra (baʼzi manbalarda 90 hujra) hamda 2 ta masjid (qishki va yozgi), maʼruza oʻqish xonasi, kirish qismidagi dahlizdan tashkil topgan. Har bir hujrada deraza va eshik mavjud, madrasa devorlari ganch yordamida suvalgan. Hujralarning ichki qismlari esa hech qanday bezak bilan pardozlanmagan. Yaʼni, madrasa va masjidning ichki tomonida maxsus bezaklar va yirik gumbazlar yoʻq. Devorlari tekis, tokchalari chuqur oʻyilgan. Hamma bezaklari binoning tashqi devorlarida joylashgan.

Olloqulixon madrasasi oʻz davrining katta eʼtiborga ega oʻquv markazlaridan edi. Madrasada turli millat vakillari tahsil olgan. Bu madrasaning mudarrrislari qozoq va turkmanlar ustozlar boʻlgani tufayli talabalarning koʻpi ham qozoq va turkmanlardan boʻlgan. Madrasada kutubxona mavjud edi. Xiva xoni Olloquli talabalarini kerakli adabiyotlar bilan taʼminlab turgan ushbu madrasa kutubxonasiga yaqin atrofdagi Tim va Karvonsaroydan keladigan daromadni ham qoʻshimcha vaqf mulki sifatida taqdim etgan. Manbalarda Olloqulixonning bu madrasa vaqfi uchun Xiva xonligi hududiga qarashli 8500 tanob (9 ming gektarga yaqin) yer ajratgani toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Madrasaning peshtoq qismiga P shaklida oʻqilishi murakkab suls xati uslubida Qur’onning Fath surasi bitilgan.

Olloqulixon madrasasida avval Xiva shahri kutubxonasi joylashgan edi va undan barcha madrasa talabalari foydalanishgan. Madrasa hozirda taʼmirlangan va u yerda hunarmandchilik markazi joylashgan.

Meʼmorchiligi

Madrasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (62,45x47,0 m), peshtogʻi gʻarbga qaragan. Bosh tarzini masjid miyonsaroy hamda darsxona, shuningdek, ikki qavatli hujralar egallagan. Eshik yuqorisidagi yozuvda binoning qurilgan sanasi saqlanib qolgan. Hovli (34,6x29,4 m) tomoni oʻziga xos, undagi ikki qavatli bir qator hujralar Polvon darvozaning kichik gumbazlari ustiga va qisman tim gumbazlari chekkasiga joylashgan. Mas-jid va darexona (4,8x4,8 m) tuzilishi bir xil. Usti yarim aylana shaklidagi pastak gumbaz bilan yopilgan. Devorlaridagi chuqur ravoqlar hisobiga xona keng koʻrinadi. Ayvon (5,5x5,5 m) Madrasa gʻarbida joylashgan, mehrobi ganchli muqarnasdan „iroqi“ uslubida bezatilgan. Hujralar (99 ta)ning har birida bittadan eshik, tobadoniga panjaralar oʻrnatilgan. Madrasada joylashgan qishki masjid va darsxonaning tepasi yarim aylana shaklga ega past gumbaz bilan yopilgan. Masjidning peshtoqiga halqasimon naqshlar tushirilgan.

Yuqori