Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bobur — 1990-yilgi Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romaniga asoslangan, rejissyor Maqsud Yunusov tomonidan suratga olingan oʻzbek tarixiy seriali.

Bobur (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bobur
Rejissyor(lar) Maqsud Yunusov
Ssenariy
muallif(lar)i
Maqsud Yunusov
Qaysi asarga
asoslangan
Yulduzli tunlar
Rollarda Muhammadali Abduqunduzov
Muhammad Rafiqov
Tolibjon Karimov
Tursunoy Mamedova
Saidkomil Umarov
Zuhra Ashurova
Tesha Moʻminov
Rixsivoy Avazov
Farziddin Fayozov
Fayzulla Ahmedov
Madina Muxtorova
Mahfuza Bobotillayeva
Oydin Norboyeva
Bastakor(lar) Oʻlmas Rasulov
Operator(lar) Oʻzbekiston jumhuriyati televideniye va radioeshittirish davlat qoʻmitasi
Montajyor(lar) Asqar Xoliqov
Premyera
sanasi
  • 1990-yil (1990)
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbekcha

Bobur — 1990-yilgi Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romaniga asoslangan, rejissyor Maqsud Yunusov tomonidan suratga olingan oʻzbek tarixiy seriali.

Tarixi

Rejissyor Maqsud Yunusov Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romaniga asoslanib, romandagi davriy ketma-ketlikning buzilishi, muhim faktologik voqealar tushib qolmasligi, dialog va monologlariga keskin oʻzgartirish kiritmagan holda inssenirovka qilib ssenariy yozadi. Maqsud Yunusov filmning epizodlaridan birini suratga olib, yozuvchi Pirimqul Qodirovga ko‘rsatadi. Pirimqul Qodirov esa rejissyorning mehnatini qadrlab, qimmatli maslahatlarini ayamasdan unga yordam beradi.

Maqsud Yunusov filmda suratga tushish uchun Oʻzbekistonning barcha shahar va viloyatlaridan aktyorlar qidirgan. U nafaqat bosh rollarni, balki filmdagi har bir rolga teatr aktyorlarini taklif qilib, suratga olish ishlarini boshlagan. Serialni suratga olish ishlari 1984-yilda boshlangan boʻlib, lekin jaroyon baʼzi sabablarga koʻra bir muddat toʻxtab qoladi. 1990-yilda hali Oʻzbekiston mustaqillikka erishmagan chogʻida serial namoyish etiladi. Serial 10 qismdan iborat boʻlib, har bir qismi tahminan 1 soat-u 20 daqiqa atrofida davom etadi.

Rollarda

  • Muhammadali Abduqunduzov — Bobur rolida;
    • Umid Mirzaqoriyev — Boburning bolaligi (12 yosh);
    • Doniyor Sodiqov — Boburning yoshligi (15-17 yosh);
  • Muhammad RafiqovMuhammad Shayboniyxon rolida;
  • Tolibjon Karimov — Qosimbek rolida;
  • Tursunoy Mamedova — Qutlugʻ Nigorxonim, Umarshayx Mirzoning rafiqasi rolida;
  • Saimkomil Umarov — Fazliddin (meʼmor) roʻlida;
  • Toʻlqin Mirkomilov — Umarshayx, Boburning otasi rolida;
  • Hasan Yunusov — Ali Doʻstbek rolida;
  • Zuhra Ashurova — Xonzoda begim, Boburning opasi rolida;
    • Sayyora Yunusova — Xonzoda begim rolida (10 yillik ayriliqdan soʻng);
  • Tesha Moʻminov — Sherimbek rolida;
  • Rixsivoy Avazov — Ahmad Tanbal rolida;
  • Gʻaybulla Hojiyev — Uzun Hasan rolida;
  • Farziddin Fayozov — Yoqubbek rolida;
  • Fayzulla Ahmedov — Darvetgov rolida;
  • Ravshan Joʻrayev — Tohir rolida;
  • Madina Muxtorova — Robiya rolida;
  • Turdibek Sodiqov — Mamat rolida;
  • Shuhrat Roʻzioxunov — Malol rolida;
  • Sobir Rahimjonov — Xoshim Ota rolida;
  • Muqaddas Shojalilova — Fotima Sulton rolida;
  • Shoira Sodiqova — Chatnagir rolida;
  • Turgʻun Xontoʻrayev — Eshik ogʻa rolida;
  • Temir Xontoʻrayev — Jahongir rolida;
  • Musharraf Toʻxtayeva — Qorakoʻz begim rolida;
  • Abdusamad Mahmudov — Noʻyon Koʻkaldosh rolida;
  • Fotih Jalolov — chopar rolida;
  • Ergash Rahimov — Asadali rolida;
  • Mahfuza Bobotillayeva — Zuhrabegim, Sulton Ali Mirzoning onasi rolida;
  • Oydin Norboyeva — Xadicha begim, Husayn Boyqaroning rafiqasi (beva) rolida;
  • Tohir Saidov — Abduvohid rolida;
  • Bahodir Murodov — Zikir rolida;
  • ? — Mohim begim, Boburning rafiqasi rolida.

Bundan tashqari filmdagi ommaviy sahnalarda Samarqand viloyat teatrlari, Toshkent davlat sanʼat oliygohi talabalari va Tayyorsozlar madaniyat saroyining drama toʻgaragi aʼzolari ishtirok etishgan.

Film musiqasi

Filmda qoʻshiqlarni Rifatilla Qosimov va Maʼmurjon Toʻxtasinovlar ijro etishgan hamda bastakor Oʻlmas Rasulov musiqalaridan foydalanilgan. Maʼmurjon Toʻxtasinovning Bobur gʻazaliga bastalangan „Yaxshilik“ qoʻshigʻi va boshqa qoʻshilar filmning avvalida kadr ortida qoʻyilgan. Raqslarni Yulduz Ismatova sahnalashtirgan boʻlib, S.Seitova, Z.Safarova kabi raqqosalar ijro etishgan.

Yuqori