| Muhammad Rafiqov | |
|---|---|
| Tavalludi | 26-oktyabr 1940-yil Buxoro, Oʻzbekiston |
| Vafoti | 11-avgust 2021-yil (80 yoshda) Buxoro, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Faoliyat yillari | 1967-2021 |
| Mukofotlari | |
Rafiqov Muhammad Muhiddinovich (1940.26.10, Buxoro) — aktyor, rejissyor Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1966). 1966—67 yillar Hamza teatrida, 1967—83 yillar Buxoro teatrida aktyor (1981—83 yillar direktor), 1983-yildan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining bosh rejissyori.Hamlet (U. Shekspir, "Hamlet"), Temirxon ("Nerkes"), Xlestakov ("Revizor"), Yoʻldosh ("Qopqon"), Ibn Sino ("Ibn Sino"), Shoh Bahrom ("Dilorom"), Nodir ("Oltin devor"), Karimov ("Komissiya") kabi rollari bilan tanilgan. U bir qancha filmlar (Hojir, "Rustam va Suqrob"; Vali, "Siyovush haqida qissa"; Akrom, "Laylak keldi, yoz boʻldi"; Usmonbek qoʻrboshi, "Afsonaga aylangan qiz" va boshqalar) va telefilmlar Shayboniyxon, "Bobur"; Akbarali mingboshi, "Kecha va kunduz"; Imom Buxoriy, "Imom alBuxoriy"; Amir Temur, "Sohibqiron"; Abdurahmon tabib, "Shaytanat"; Ibn Sino, "Hakim va ajal")da ham esda qolarli obrazlar yaratgan. R. inson ichki dunyosini, kechinmalarini hayotiy talqin etishi bilan ajralib turadi.
- 26-oktyabrda tugʻilganlar
- 1940-yilda tugʻilganlar
- Buxoroda tugʻilganlar
- 11-avgustda vafot etganlar
- 2021-yilda vafot etganlar
- Buxoroda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar