Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oydin Abdulhaqovna Norboyeva (1944-yil, 2-yanvar, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1964).

Oydin Norboyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Svetlana va familiyasi Norboyeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Oydin Norboyeva
Tugʻilgan sanasi 1944-yil 2-yanvar (1944-01-02) (82 yosh)
Tugʻilgan joyi Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Isroil bayrogʻi Isroil
Kasbi teatr aktrisasi
Teatr Hamza teatri "Ilhom" teatri
Mukofotlari O‘zbekiston SSR xalq artisti

Oydin Abdulhaqovna Norboyeva (1944-yil, 2-yanvar, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1964). 1964—90 yillar Hamza teatrida, 1990—94 yillar "Ilhom" teatrida aktrisa. "Qonli sarob" (S. Azimov) spektaklidagi Aqiqa uning sahnadagi ilk obrazi. Norboyeva ijodiga chuqur psixologik talqin, tiniq va ravon nutq, qahramonlarini romantik va yorqin boʻyoqlarda noziklik bilan ifodalash xos. Aso-sky rollari: Asal (Ch. Aytmatov, "Sarvqomat dilbarim"), Unsin, Nuri (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Kordeliya, Dezdemona (U. Shekspir, "Qirol Lir", "Otello"), Umida (Abdulla Qahhor, "Ayajonlarim"), Sayyora (Uygʻun, "Abu Rayhon Beruniy"), Gerda (Ye. Shvars, "Qor malikasi"), Anvara (Oʻ. Umarbekov, "Qiyomat qarz"), Kamola (R. Tagor, "Gang daryosining qizi"), Masha (L. Tolstoy, "Tirik murda"), Mariya Styuart (F. Shiller, "Mariya Styuart"), Antigona (Sofokl, "Antigona"), Shakuntala (Kalidasa, "Yoʻqolgan uzuk"), Milli (A. Fugort, "Bu yerda odamlar yashaydi"), Norboyeva "Oʻzbekfilm" va "Tojikfilm" ki-nolarida ham oʻziga xos obrazlar yarat-di (Surayyo, "Surayyo"; Nodiya, "26-otilmasin"; Zamira, "Fidoyi"; Xadicha, "Qalbingda quyosh"; Malohat, "Senga intilaman"; Taxmina, "Rustam haqida doston", "Rustam va Suhrob"; Xayri, "Yurak amri bilan" va boshqalar). Videofilmlarda ham suratga tushgan (Xadichabegim, "Bobur" va boshqalar).

Yuqori