| Muhammadali Abduqunduzov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1952-yil 14-iyul |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
| Kasbi | aktyor |
| Mukofotlari | |
Muhammadali Abduqunduzov (1952-yil 14-iyul, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Yaypan qishlogʻi) – Oʻzbekiston (1997) va Qoraqalpogʻiston (2000) Respublikalari xalq artisti. Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1974). 1974–85 yil M. Uygʻur nomidagi Surxondaryo viloyati teatrida aktyor, 1986-yildan Hamza teatrida, 1996–98 yillar Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari. 1998-yildan "Oʻzbekteatr" ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasining bosh direktori. Asosiy rollari: Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Paratov ("Sepsiz qiz"), Ikrom ("Ufq"), Shokir ("Koʻrmayin bosdim tikonni"), Samoviy kuch ("Toʻmaris"), Abdulla Qodiriy, Otabek ("Abdulla Qodiriyning oʻtgan kunlari"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), Akbar ("Zebunisso"), Naufal ("Muhabbat sultoni"), Umarxon ("Figʻon"), Choʻlpon ("Kunduzsiz kechalar") va boshqa Shuningdek koʻpgina videofilmlarda oʻynagan: Bobur ("Bobur"), Navoiy ("Layli va Majnun"), Sultonali ("Mehrobdan chayon"), Choʻlpon ("Kecha va kunduz") va boshqa Ayniqsa uning ijrosidagi ogʻir, vazmin, chuqur oʻyga botgan, oʻtkir nigohli Bobur roli aktyor ijodida alohida oʻrin tutadi.
Ijodiy faoliyati
Mannona uygʻur (Termiz) musiqiy drama teatridagi sahna asarlari:
- Ferdinand - F. Schiller „Makr va muhabbat“
- Davronbek - Uygʻun „Vatan ishki“
- Paratov - A. N. Ostrovskiy „Sepsiz qiz“
- Ikromjon - S. Ahmad „Ufq“ (1975-yilda eng yaxshi erkak roli nominatsiyasida bosh mukofot)
- Alibek - Ch.Aytmatov „Sarvqomat dilbarim“
- Andrey - A. Gelman „Barcha bilan yakkama-yakka“
Rejissyorlik ishlari:
- Qoraqum fojiasi
- Oʻn skkiz yoshligim
- Uyqusiz tunlar
Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatridagi (Toshkent) sahna asarlari:
- Muallif – Ch.Aytmatov „Asrga tatigullik kun“
- Humoyun, Bobur - P. Qodirov „Yulduzli tunlar“
- Ermakov - V. Dozortsev „Sunggi Qobul“
- Abdulla Qodiriy va Otabek - A. Qodiriy „Oʻtkan kunlar“
- Oʻzbek - K. Gozzi „Baxtli gadolar“
- Husayn Boyqaro - Uygʻun, I. Sulton „Alisher Navoiy“
- Jumanov - U. Hoshimov „Qatagʻon“
- Gubernator - Shekspir „Koreolan“
- Klavdiy - Shekspirning „Gamlet“
- Choʻlpon - U. Azim „Kunduzsiz kechalar“ (1997-yildan hozirgi kungacha sahnada)
- Makedonskiy Aleksandr - „Spitamen“
- Maurisio - A. Kasona „Daraxtlar tik turib jon beradi“
- Prokuror - U. Azim „Ogox boʻling, odamlar“
Televizion filmlar:
- Zahiriddin Muhammad Bobur - „Bobur“ videofilmi (Turkiya va Pokiston telekanallarida namoyish etilgan)
- Alisher Navoiy - „Layli va Majnun“ videofilmi
- Choʻlpon - „Kecha va kunduz“ videofilmi (Turkiya va Pokiston telekanallarida namoyish etilgan)
- Amir Umarxon - „Uvaysiy“ videofilmi
- Tarixchi olim – „Adolat qomusi“ badiiy filmi (Oʻzbekiston konstitutsiyasiga bagʻishlangan)
- Taqdimotchi - „Asrlarga teng oʻn yil“ badiiy filmi - xronologiya (Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligiga bagʻishlangan)
Kinodagi obrazlar:
- bosh qahramonning otasi - „Naxotki, sentyabr“ (2005)
- bosh qahramonning otasi - „Fared“ (2008)
- tadbirkor (ikkinchi rol) - „Tavba“ (2009)
- Komil aka - „Jigarbandim“ (2011)
Dublyaj:
- „Narshahiy“
- „Baxoviddin Naqshband“
- „Imom Termiziy“
- „Al-Fargʻoniy“
Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romanidan ishlangan shu nomdagi 10 qismli videofilmdagi Bobur roli aktyorga katta shuhrat keltirdi.
2005-yildan beri u filmlarda, „Naxotki sen“ va „Fared“ (bosh qahramonning otasi) filmlarida rol oʻynagan, aktyor boy tadbirkor rolini oʻynagan, uni tarixiy obrazlarda koʻrishga odatlangan tomoshabinlarga bu qiziq tuyuyldi. Ammo tomoshabinlar bu rollarni ijobiy qabul qilishdi.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2023 | Abdulla Oripov | Shotursin Mirvaliyev | |
Mukofotlar va unvonlar
- 1983-yil - Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist
- 1997-yil - Oʻzbekiston xalq artisti
- 1997-yil - Bobur nomidagi xalqaro mukofot laureati
- 1998-yil - „Ostona“ medali
- 1999-yil - Qoraqalpog‘iston xalq artisti
- 2021-yil - „Mehnat shuxrati“ ordeni
Shaxsiy hayoti
Turmush oʻrtogʻi — 1952-yilda tugʻilgan Abduqunduzova Valentina Nikolayevna, (Shuhrat medali sovrindori). Ularning ikki oʻgʻli bor: Abduqunduzov Jaxongir Muxamadalievich va Abduqunduzov Sardorbek Muxamadalievich
- 14-iyulda tugʻilganlar
- 1952-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Ostona medali sohiblari
- Aktyorlar haqidagi chala maqolalar
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari
- Qoraqalpogʻiston xalq artistlari
