| Tesha Moʻminov | |
|---|---|
| Tavalludi | Tesha Husainovich Moʻminov 1949-yil 25-noyabr Buxoro, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Teatr va kino aktyori |
| Mukofotlari | |
Tesha Moʻminov (1949-yil 25-noyabr, Buxoro) — oʻzbekistonlik teatr va kino aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1992).
Hayoti
Tesha Husainovich Moʻminov 1949-yil 25-noyabrda Buxoroda tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). 1968-yildan hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori. 1993–1996-yillar Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari.
Faoliyati
"Ajal minorasi" (A. Dyuma)dagi Orsiniy M.ning sahnada yaratgan ilk yirik obrazidir. Teatr sahnasida Devona (M. Karim, "Oy tutilgan tunda"), Gʻofir (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Yoʻlchi (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Koriolon (U. Shekspir, "Koriolon"), Qor odam (T.Yunus, "Qor odam"), Shayton (S.Imomov, "Shayton va farishta"), Shoh Maʼmun (H.Rasul, "Piri Koinot"), Shpigelberg, Grimm (F. Shiller, "Karoqchilar"), Piri zindoniy (M. Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek"), Turdivoy (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy"), Sohibqiron (A.Oripov, "Sohibqiron Amir Temur"), Joʻra Azim ("Bir qadam yoʻl") kabi rollari bilan tanildi.
Ulkan ehtiros, purviqor harakatlar, baland va serjilo nutq Tesha Moʻminov ijrochilik sanʼatining yetakchi xususiyatlaridan. Tesha Moʻminov kinoda (Komil, "Kelinlar qoʻzgʻaloni" da; Nurmuhammad, Qushbegi "Oʻtgan kunlar"da; rais, "Yolgʻiz yodgorim"da va boshqalar), video va televizion filmlarda (Yoʻlchi, "Qutlugʻ qon"da; Saltabadil, "Qirolning dilxushi"da; Sherzod Samandarov, "Nur borki, soya bor"da va boshqalar) ham koʻplab obrazlar yaratgan. Bir qancha film dublyajida qatnashgan.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2023 | Abdulla Oripov | ||
| Kelinlar qoʻzgʻaloni | Komil | ||
| Oʻtgan kunlar | Nurmuhammad, Qushbegi | ||
| Yolgʻiz yodgorim | rais |
Mukofotlari
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989)
- Oʻzbekiston xalq artisti (1992).
- 25-noyabrda tugʻilganlar
- 1949-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Buxoroda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar