Matvey Fedorovich Kazakov [1738, Moskva – 1812.26.10 (7.11), Ryazan] — rus meʼmori. XVIII asr rus meʼmorligida klassitsizm asoschilaridan biri. Kazakov ishlarida keng shahar qurilishining oqilona planli yechimi bilan meʼmoriy shaklning kjsakligi garmonik uygʻunlashgan. Jamoat binolari va turar joy turlarini, XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi Moskvaning katta shahar boʻshligʻi va koʻlamidagi qurilish xususiyatini ishlab chiqqan (Kremldagi senat, 1776–87; universitet binosi, 1786–93; Demidov, 1779–91 va Gubina, 1790-yillar uyqoʻrgʻonlari va boshqalar.) Moskva bosh planini tuzishda rahbarlik qilgan. Meʼmoriy maktab tashkil qilgan.
- 1738-yilda tugʻilganlar
- 1812-yilda vafot etganlar