![]() | ||||
| Toʻliq nomi | Arqadagʻ futbol klubi | |||
|---|---|---|---|---|
| Asos solingan | 1-aprel, 2023-yil | |||
| Stadioni | Arqadagʻ stadioni | |||
| Sigʻimi | 10,000 | |||
| Egasi | Arqadagʻ shahar hokimligi | |||
| Prezident | Arslonmurat Amanov | |||
| Murabbiy | Ravshan Muhadov | |||
| Liga | Ýokary Liga | |||
| Oʻrni | Ýokary Liga, 9 jamoa ichida 1-oʻrin (chempion) | |||
| ||||
Arqadagʻ futbol klubi (turkmancha: «Arkadag» futbol kluby; Arkadag, Arqadagʻ yoki Arkadagʻ nomlari bilan tanilgan) – Turkmanistonning Arqadagʻ shaharidagi professional futbol klubi. 2023-yilda Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan asos solingan klub Yuqori liga turnirida ishtirok etadi. Arqadagʻ jamoasi oʻzining dastlabki mavsumidanoq sovrinlani qoʻlga kiritishni boshlagan. Klub mahalliy miqyosda dastlabki ikki mavsumda ikki karra dubl sovrindori boʻlgan. Osiyo miqyosida esa jamoa ilk ishtirokidayoq AFC Chaqiruv Ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
Tarixi

„Arqadagʻ“ 2023-yilgi ichki mavsumga tayyorgarlik jarayonida tashkil etilgan. Mamlakatning koʻplab eng yaxshi futbolchilari klubga maxsus kengaytirilgan transfer oynasi davomida qoʻshilishgan. Turkmaniston oliy divizionida oʻzining tashkil etilishidanoq ishtirok etib kelayotgan jamoa, 2023-yilgi „Yokary Liga“ turnirida hokimiyat tomonidan alohida yordam berilgani uchun raqib muxlislar tomonidan tanqidga uchragan. Noyabr oyida sobiq mahalliy yulduz futbolchi Wladimir Bayramow „Arqadagʻ“ klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan va u bilan bir yillik shartnoma imzolangan. Shuningdek, shu oyda Axaltaka oti tasviri tushirilgan jamoa logotipi taqdim etilgan.
3-dekabr kuni „Arqadagʻ“ jamoasi Turkmaniston Oliy ligasida „Oltin Asir“ jamoasini 4:0 hisobida magʻlub etib, oʻzining birinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. Jamoa aʼzolari liganing barcha 24 ta oʻyinida gʻalaba qozonishga erishgan. Jamoa 83-17 gol farqi bilan jami 72 ochko toʻplagan. Ularning eng koʻp gol urgan oʻyinchisi 27 ta gol bilan Didar Durdiyev boʻldi. Shuningdek, klub 2024-25-yilgi AFC Chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqichiga yoʻllanma olgan. 2023-yil 24-dekabr kuni Vladimir Bayramov boshchiligidagi „Arqadagʻ“ „Arqadagʻ“ stadionida boʻlib oʻtgan Turkmaniston kubogi finalida „Ahal“ klubini 3:0 hisobida magʻlub etib, oʻzining ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritgan. Jamoaning 2023-yilgi mavsumda koʻrsatgan muvaffaqiyatli natijasi uchun ularga MAN rusumli avtobus sovgʻa qilingan.
2023-yil iyun oyida Arqadagʻ jamoasi AFC Chaqiruv Ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun litsenziyaga ega boʻlgan. 2024-yil 7-oktyabr kuni amaldagi chempion Arqadagʻ Nebitchi jamoasi ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozonib, Liga chempionligini muvaffaqiyatli saqlab qolgan. Klub xalqaro turnirda Quvaytning kuchli jamoalaridan biri Al-Arabi SC va Maldiv orollari hamda Qirgʻizistonning amaldagi chempionlari Maziya va Abdysh-Ata Kant bilan guruh oʻyinlar bahsida ishtirok etgan. Ularning birinchi oʻyini Quvayt shahridagi Al Quvayt sport klubi stadionida Maziya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. 2024-yil 29-oktyabr kuni FK Arqadagʻ Abdysh-Ata Kant klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, sensatsiya qayd etgan.
2024-yil 1-noyabr kuni klub „Al-Arabi“ jamoasiga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan va bu davrgacha rasmiy musobaqalarda ketma-ket 61 ta gʻalabaga erishgan (50 ta yuqori ligada, 9 ta Turkmaniston kubogida va 2 ta AFC Chaqiruv Ligasida). Bundan tashqari, klub 1915–1917-yillarda „Seltik“ tomonidan oʻrnatilgan 62 oʻyindan iborat magʻlubiyatsiz seriya boʻyicha jahon rekordini takrorlashga atigi bir oʻyin qolgan edi. Biroq, ushbu seriya liga boshqaruvi bilan bogʻliq xavotirlar tufayli Guinness rekordlar kitobiga kiritilmagan. Buning oʻrniga Ginnes „Al-Hilol“ning 2023–24-yillardagi 34 oʻyindagi gʻalabali seriyasini eʼtirof etadi.
2025-yil 10-may kuni Arqadagʻ finalda qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Svay Riengni 2:1 hisobida magʻlub etib, ilk marta AFC Chaqiruv Ligasida gʻolib chiqqan. Bu gʻoliblik natijasida klub 2025-26-yilgi ikkinchi chempionlar ligasi guruh bosqichiga dastlabki yoʻllanmani qoʻlga kiritgan birinchi jamoa boʻligan.
Klub ranglari
Ramz
Klub gerbi Kopetdogʻ togʻlari fonida keng tarqalgan Axalteke oti boʻlgan. Logotipda oq va koʻk ranglardan foydalanilgan.
Kkub libosi
Arqadagʻ klubining anʼanaviy uy libosi asosan yashil va oq ranglardan iborat. Toʻplamning ikkinchi toʻplami butunlay yashil va oq elementlardan iborat.
| Yashil | Oq |
| Davr | Brand | Homiy |
|---|---|---|
| 2023–hozirgacha | Jako | Arqadagʻ shahar maʼmuriyati |
Stadioni
Arqadagʻ klubining asosiy uy maydoni 10 000 sigʻimga ega Arqadagʻ stadioni hisoblanadi. Klub oʻzining dastlabki mavsumida Nusaý stadionidan Ýokary Liganing baʼzi oʻyinlarida uy maydoni sifaida foydalangan.
Joriy tarkib
- 2025-yil fevral
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Ijaraga berilgan futbolchilar
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
Natijalar
Mahalliy natijalar
| Mavsum | Liga | Turkmaniston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Oʻrin | Fubolchi(lar) | Gol | ||
| 2023 | Ýokary Liga | 24 | 24 | 0 | 0 | 83 | 17 | 72 | 1-oʻrin | Gʻolib | 27 | |
| 2024 | 30 | 30 | 0 | 0 | 147 | 20 | 90 | 1-oʻrin | Gʻolib | 31 | ||
Xalqaro natijalar
- 2025-yil 10-mayga oid
| Musobaqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG |
|---|---|---|---|---|---|---|
| AFC Chaqiruv Ligasi | 8 | 6 | 0 | 2 | 14 | 8 |
| AFC ikkinchi chempionlar ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| Umumiy | 8 | 6 | 0 | 2 | 14 | 8 |
| Mav | Musobaqa | Bosqich | Millat | Klub | Uy | Safar | Umumiy |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 2024–25 | AFC Chaqiruv Ligasi | B guruhi | Maziya | 2–1 | 1-oʻrin | ||
| Abdysh-Ata Kant | 2–0 | ||||||
| Al-Arabi | 2–3 | ||||||
| Chorak final | East Bengal | 2–1 | 1–0 | 3–1 | |||
| Yarim final | Al-Arabi | 0–2 | 3–0 | 3–2 | |||
| Final | Preah Khan Reach Svay Rieng | 2–1 (q.v) | |||||
| 2025–26 | AFC ikkinchi chempionlar ligasi | B guruhi | Al-Ahli | ||||
| Andijon | |||||||
| Al-Xaldiya | |||||||
Murabbiylar tarixi
| Ism | Millati | Yillar |
|---|---|---|
| Guwançmuhammet Öwekow | 2023 | |
| Begençmuhammet Kulyýew | 2023 | |
| Wladimir Baýramow | 2023–2025 | |
| Didar Hojiyev | 2024 (ACGL guruh bosqichi) | |
| Dovletmyrat Annayev | 2025 | |
| Akhmet Allaberdiyev | 2025 | |
| Wladimir Baýramow | 2025–hozirgacha | |
| Ravshan Muhadov | 2025 (OCHL guruh bosqichi) |
Eng yaxshi toʻpurarlar
| Mavsum | Birinchi | Ikkinchi | Uchinchi |
|---|---|---|---|
| 2023 | Didar Durdyýew (27) | Begmyrat Baýow (9) | Şanazar Tirkişow (7) |
| 2024 | Didar Durdyýew (31) | Altymyrat Annadurdyýew (24) | Begenç Akmämmedow (19) |
Yutuqlari
- Yuqori Liga
- Chempion (2): 2023, 2024
- Turkmaniston kubogi
- Chempion (2): 2023, 2024
- Turkmaniston Superkubogi
- Chempion (1): 2024
- Turkmaniston futbol federatsiyasi kubogi
- Chempion (1): 2025
- AFC Chaqiruv Ligasi
- Gʻoliblar (1): 2024-25
- Turkmaniston futbol klublari
- Alifbo boʻyicha futbol klublari
- 2023-yilda tashkil etilgan futbol klublari