![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1980-yil 2-avgust | ||
| Tavallud joyi | Ashxobod, Turkmaniston SSR, SSSR | ||
| Boʻyi | 1.81 m (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arkadagʻ (murabbiy) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1998 | FK Köpetdag Aşgabat | ||
| 1999 | Jenis Astana | 21 | (6) |
| 2000 | Access Petropavlovsk | 24 | (7) |
| 2001 | Kristall Smolensk | 15 | (1) |
| 2002 | Metallurg Krasnoyarsk | 20 | (1) |
| 2003—2007 | Rubin Kazan | 83 | (15) |
| 2003 | → Terek Grozniy (Ijara) | 20 | (8) |
| 2008 | Ximki | 15 | (0) |
| 2009 | → Tobol (Ijara) | 22 | (20) |
| 2011 | Qayrat | 12 | (1) |
| 2012 | Ahal | ||
| 2013 | Nebitçi FT | ||
| Milliy terma jamoa | |||
| 2000—2013 | Turkmaniston | 35 | (16) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2023—h. v. | Arkadagʻ | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Wladimir Karajayevich Baýramow (talaffuzi: Vladimir Bayramov)(1980-yil 2-avgustda tugʻilgan) – sobiq futbolchi, oxirgi marta Nebitchi FT va Turkmaniston terma jamoasida markaziy hujumchi sifatida oʻynagan. Wladimir Rossiya fuqaroligiga ham ega.
Biografiyasi
Vladimir Ashxobodda tugʻilgan. U 8 yoshida Kazankov Sergey Viktorovich qoʻl ostida futbol oʻynay boshlagan. Ashxobod shahridagi 39-sonli oʻrta maktab bitiruvchisi hisoblanadi.
Turkmaniston sport va turizm institutida murabbiylik fakultetida tahsil olgan. 2001-yilda u bankir rafiqasi Jemma bilan turmush qurgan. Ukasi Nazar Baýramow ham professional futbolchi.
Faoliyati
Professional futbolchilik faoliyati 17 yoshida boshlangan, 1997—1999 yillarda Ashxobodning Köpetdag jamoasida oʻynagan.
Keyin u Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan. 1999—2000-yilgi mavsumda „Jenis Astana“ va „Access Petropavlovsk“ jamoalarida oʻynagan.
2001-yilgi mavsumning ikkinchi yarmi Rossiyaning Kristall Smolensk klubida oʻtkazgan. 2002-yilda Krasnoyarskning „Metallurg“ klubi bilan bir yillik ijara shartnomasi imzolagan.
Yangi mavsumni Qozonning „Rubin“ klubida boshlagan. Ammo u Qozonning „Rubin“ jamoasining asosiy tarkibida oʻz oʻrnini topa olmagan. Qozon klubidagi birinchi mavsumida asosan ligada past oʻrindagi jamoalar bilan oʻyinlarda maydonga tushgan bir nechta gollar urgan. Premyer-ligadagi debyut mavsumida jami 1 oʻyin oʻtkazgan.
2003-yilning yozida u 2003-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Terek jamoasiga qoʻshilgan. Terekning "Baltika Kaliningrad" bilan oʻyinida Bayramow ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan holda Tereklilar safida debyut qilgan. Bayramow klub uchun Rossiya chempionatida 20 ta rasmiy oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. „Terek“ tarkibida 2003/2004-yillarda Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan.
2007-yil dekabr oyida Bayramow Moskva viloyatining "Ximki " klubi bilan uzoq muddatli (3 yillik) shartnoma imzolagan. Bayramow klub safida Rossiya chempionatida 15 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan va birorta ham gol ura olmagan.
2009-yilning qishida „Tobol“ Vladimir Bayramowning ijara asosida klubga oʻtganini rasman eʼlon qilgan. 2009-yilda Bayramow bir mavsumda 20 ta gol urib, Qozogʻistonning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2009-yil dekabr oyida u erkin agentga aylangan va „Ximki“ni tark etgan.
2011-yilda "Qayrat"ga oʻtgan. 2011-yil iyul oyida u ijara asosida „Ximki“ safiga qoʻshilgan.
2012-yildan Turkmanistonning "Ahal" klubi bilan shartnoma imzolagan.
2013-yildan beri „Bolkan“ klubida oʻynamoqda. 2013-yilda „Bolkan“ klubi bilan Malayziyada 2013-yilda boʻlib oʻtgan OFK Prezidenti kubogida gʻolib chiqgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Köpetdag Aşgabat | 1998—1999 | Ýokary Liga | - | |||||||||
| Zhenis Astana | 1999 | Qozogʻiston Premyer Ligasi | 21 | 6 | - | 21 | 6 | |||||
| Access-Golden Grain | 2000 | Qozogʻiston Premyer Ligasi | 24 | 7 | - | 24 | 7 | |||||
| Nisa Aşgabat | 2001 | Ýokary Liga | - | |||||||||
| Kristall Smolensk | 2001 | Rossiya Birinchi Divizoni | 15 | 1 | - | 15 | 1 | |||||
| Metallurg Krasnoyarsk | 2002 | Rossiya Birinchi Divizioni | 20 | 1 | - | 20 | 1 | |||||
| Rubin Kazan | 2003 | Rossiya Premyer-ligasi | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 1 | 0 | |||
| 2004 | 13 | 3 | 2 | 0 | 1 | 0 | - | 16 | 3 | |||
| 2005 | 21 | 6 | 2 | 1 | - | 23 | 7 | |||||
| 2006 | 25 | 2 | 6 | 0 | - | 31 | 2 | |||||
| 2007 | 23 | 4 | 1 | 0 | - | 24 | 4 | |||||
| Jami | 83 | 15 | 11 | 1 | 1 | 0 | - | - | 95 | 16 | ||
| Terek Grozny (Ijara) | 2003 | Rossiya Birinchi Divizioni | 20 | 8 | 1 | 0 | - | 21 | 8 | |||
| Khimki | 2008 | Rossiya Premyer-ligasi | 15 | 0 | 1 | 0 | - | 16 | 0 | |||
| 2009 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | |||||
| Jami | 15 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | - | 16 | 0 | ||
| Tobol (Ijara) | 2009 | Qozogʻiston Premyer-ligasi | 22 | 20 | - | 22 | 20 | |||||
| Qayrat | 2011 | Qozogʻiston Premyer-ligasi | 12 | 1 | 2 | 1 | - | 14 | 2 | |||
| Ahal | 2012 | Ýokary Liga | - | |||||||||
| Nebitçi | 2013 | Ýokary Liga | - | |||||||||
| Karyerada jami | 232 | 59 | 15 | 2 | 1 | 0 | - | - | 248 | 61 | ||
Xalqaro
| Turkmaniston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2000 | 3 | 5 |
| 2001 | 6 | 2 |
| 2002 | 0 | 0 |
| 2003 | 6 | 1 |
| 2004 | 9 | 4 |
| 2005 | 0 | 0 |
| 2006 | 0 | 0 |
| 2007 | 3 | 1 |
| 2008 | 5 | 0 |
| 2009 | 0 | 0 |
| 2010 | 0 | 0 |
| 2011 | 0 | 0 |
| 2012 | 1 | 1 |
| 2013 | 2 | 2 |
| Jami | 35 | 16 |
- 2-avgustda tugʻilganlar
- 1980-yilda tugʻilganlar
- Ashxobodda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ashxobodlik futbolchilar
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Kopetdag futbol klubi futbolchilari
- FC Rubin Qozon futbolchilari
- FC Jenis klubi futbolchilari
- FC Kiziljar futbolchilari
- Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari
- FC Ahmat Grozniy futbolchilari
- FC Ahal futbolchilari
- FC Khimki futbolchilari
- FC Tobol jamoasi futbolchilari
- Qayrat klubi futbolchilari
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2002 futbolchilari
- FC Kristall Smolensk futbolchilari
- FC Yenisey Krasnoyarsk futbolchilari
- Turkmaniston futbol murabbiylari
- FK Talib Sports futbolchilari
- FK Nebitchi futbolchilari
- FC Dagdan futbolchilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
