- Vikipediyada ismi Ravshan va familiyasi Muhadov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Röwşen Abdurahmanowiç Muhadow | ||
| Tavallud sanasi | 1961-yil 23-sentyabr | ||
| Tavallud joyi | Ashxobod, SSSR | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| ?-1988 | FK Köpetdag Aşgabat | 208 | (119) |
| 1989 | Paxtakor Toshkent | 35 | (8) |
| 1990 | CSKA Pamir Dushanbe | 0 | (0) |
| 1990-1992 | FK Köpetdag Aşgabat | 76 | (58) |
| 1992-1993 | Gençlerbirliği | 18 | (5) |
| 1994 | Yelimay | 24 | (15) |
| 1995-1996 | Yimpaş Yozgatspor | 8 | (1) |
| 1995-1996 | Nevşehirspor | 14 | (2) |
| 1997 | Yelimay | 14 | (1) |
| 1997-1998 | FK Köpetdag Aşgabat | ||
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992-1994 | Turkmaniston | 12 | (3) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1999-2000 | Nisa Aşgabat | ||
| 1999-2000 | Turkmaniston | ||
| 2003-2007 | Turkmenistan Olympic Team | ||
| 2010-201? | Ahal FK | ||
| 2012-2013 | Turkmenistan (youth) | ||
| 2012-2013 | Turkmenistan U-16 | ||
| 2016-201? | Turkmaniston | ||
| 2021 | Turkmaniston | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rovshen Abdurahmanovich Muhadov (turkmancha: Röwşen Abdurahmanowiç Muhadow; 1961-yil 23-sentyabr), turkman futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan. Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylardan biri. 1994-yil Qozogʻiston Respublikasi sport ustasi.
Shaxsiy hayot
Ravshan Muhadov 1961-yil 23-sentyabrda Ashxobodda (Turkmaniston SSR) tugʻilgan. Uning ukasi Charyyar ham turkmanistonlik taniqli futbolchi boʻlib, bir muddat Turkmaniston terma jamoasi shtab-kvartirasini boshqargan. Uning oʻgʻli Azat Turkmanistonning „Bolqon“ klubi va Turkmaniston terma jamoasida toʻp surgan.
Oʻyin faoliyati
Muhadov mahalliy „Kolxozchi“ (keyinchalik nomini Kopetdogʻga oʻzgartirgan) jamoasida ikkinchi ittifoq ligasida oʻynagan. U Ashxobod klubi safidagi ilk oʻyinini SSSR kubogida 1980-yili Lunchxutining „Guriya“ klubiga qarshi oʻtkazgan, tanaffusdan soʻng zaxiradan maydonga tushgan. U 1982-yilda SSSR ikkinchi ligasida chempionatidagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. U koʻp vaqtini Ashxobod klubida oʻynagan, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Sermahsulligi yuqori boʻlgan va 1988-yilgi mavsumda 34 oʻyinda 24 gol urgan.
Muvaffaqiyatli 1988-yilgi mavsumdan soʻng 1989-yilda Muhadov SSSR birinchi ligasidagi Toshkentning „Paxtakor“ klubidan taklif olgan. U Oʻzbekiston klubi safida 35 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. Mavsum yakunida „Paxtakor“ turnir jadvalining oʻrtalaridan joy oldi va oliy ligaga qayta olmadi.
1990-yillarning boshlarida, Muhadov va uning katta ukasi Çaryyar Dushanbening „Pomir“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Keyinchalik ukasidan farqli oʻlaroq, Tojikiston klubi tarkibida oʻynamagan va Kopetdogʻ klubiga qaytgan.
1990-yillar oʻrtalarida u „Kopetdogʻ“ga qaytib keldi va u bilan 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalangunga qadar Ikkinchi ligada muvaffaqiyatli oʻynagan. Kopetdag jamoasida faoliyatini davom ettirgab Muhadov yana eng yaxshi toʻpurariga aylandi va 1991-yilgi mavsumda 42 oʻyinda 35 ta gol urib, SSSR Bufer ligasining sharqiy zonasida eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Kopetdag esa ikkinchi oʻrinni egallagan. 1992-yilgi mavsumda klub bilan birgalikda Turkmaniston chempionatida start oldi. Biroq, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin barcha sobiq ittifoq respublikalari oʻzlarining milliy chempionatlarini oʻtkaza boshladilar. Kopetdogʻ 1992-yilda Turkmanistonning birinchi chempionligini qoʻlga kiritgan.
1992-yilning oktabr oyida Turkmaniston chempionligini qoʻlga kiritgach, Muhadov oʻzini Turkiya chempionatida sinab koʻrishga qaror qildi va mavsum davomida poytaxtning „Genchlerbirligi“ klubida oʻynagan.
1994-yilda Muhadov Qozogʻiston Premyer-ligasining, Semipalatinsk shahrining „Elimay“ klubidan taklif olgan. Qozog‘iston klubi tarkibida Muhadov 15 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻldi. Mavsum yakunida Qozogʻiston chempioni va Qozogʻiston sport ustasi boʻlgan.
1995-yil oʻrtalaridan boshlab u yana Turkiyada quyi liga klublarida oʻynagan. U yerda avvaliga „Impash Yozgatspor“, keyin „Nevshehirspor“ jamoasida oʻynagan. 1997-yilda u Elimayga qaytdi, biroq avvalgi koʻrsatkichlarini takrorlay olmadi. 14 uchrashuvda atigi 1 ta gol urgan. 1998-yilda Muhadov Kopetdogʻga qaytib keldi va u yerda oʻzining oldingi sport formasiga yaqinlashdi va yana Turkmaniston chempioni boʻlgan. 1998-1999-yilgi mavsumda Ashxobod klubi safida yana Turkmaniston chempioni boʻldi va shundan soʻng futbol maydonlarida oʻynashni tugatgan.
Xalqaro martaba
Muhadov Turkmaniston terma jamoasida oʻynagan. U Turkmaniston terma jamoasining birinchi oʻyinida Olmaotada Qozogʻistonga qarshi maydongga tushgan va 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan.
Milliy terma jamoa tarkibida Muhadov 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. 1992-yildan 2000-yilgacha terma jamoa safida jami 12 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.
Murabbiylik faoliyati
Muhadov murabbiylik faoliyatini, futbolchilik faoliyatini yakunlagan paytda boshlagan. Faoliyati yakunlaginidan soʻng „Nisa“ klubi va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan. Bu lavozimlarda u bir yildan kamroq vaqt ishlagan.
2003-2007-yillarda mamlakat olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Ayni paytda yoshlar terma jamoasida ham murabbiylik qilgan.
2010-yilda Muhadov bir muddat „Ahal“ klubini boshqargan. 2011-yil sentyabr oyida Muhadov Pro murabbiylik litsenziyasini oldi. Bu unga dunyoning istalgan mamlakatidagi terma jamoalar va klublarni boshqarish huquqini beradi.
2012-yildan 2013-yilgacha Muhadov mamlakat yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan va u bilan 2012-yilda Turkmaniston prezidenti kubogini qoʻlga kiritgan.
2016-yilda Turkmaniston U-16 terma jamoasi yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Muhadov Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoniga ega.
2021-yil 12-mart kuni Muhadov Turkmaniston milliy futbol terma jamoasiga murabbiy boʻlgan.
- 23-sentyabrda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- Ashxobodda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ashxobodlik kishilar
- Ashxobodlik futbolchilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Kopetdag futbol klubi futbolchilari
- Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Turkmaniston futbol murabbiylari
- Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Gençlerbirliği S.K. futbolchilari
- FC Yelimay futbolchilari
- Yozgatspor futbolchilari
- FC Nevshehirspor futbolchilari
- FC Nisa klubi futbolchilari
- FC Nisa Aşgabat murabbiylari
- FC Ahal klubi murabbiylari