Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hayranidil Kadın (usmonli turkcha: خیران دل قادین‎‎; 1846-yil 2-noyabrda tugʻilgan – 1898-yil 26-noyabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulaziz

Hayranidil Kadın

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hayranidil Kadın
Tugʻilishi 2 noyabr 1846
Vafoti 26-noyabr 1898-yil(1898-11-26)
(52 yoshda)
Feriye saroyi, Ortaköy, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
(hozirgi Istanbul, Turkiya)
Dafn etilgan joy
Sulton Mahmud II maqbarasi, Çemberlitaş, Fotih, Istanbul
Turmush oʻrtogʻi
Abdulaziz
(turm. 1865; vaf. 1876)
Farzandlari
Toʻliq nomi
turkcha: Hayranidil Kadın
usmonli turkcha: خیران دل قادین
Uy Usmoniylar (nikoh orqali)
Dini Islom, sunniylik

Hayranidil Kadın (usmonli turkcha: خیران دل قادین; 1846-yil 2-noyabrda tugʻilgan – 1898-yil 26-noyabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulazizning xotini, Usmonli imperiyasining oxirgi xalifasi Abdulmajid II ning onasi.

Hayoti

Hayranidil Kadın abxaz naslidan boʻlib, 1846-yil 2-noyabrda tugʻilgan. U Usmoniylar saroyidagi eng goʻzal ayol sifatida madh etilgan. Hayranidilning oʻtmishi va oilasi haqidagi maʼlumotlarning yoʻqligi uning past tabaqadan boʻlganligi, hatto kelib chiqishi qul boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Aslida, Usmoniylar imperiyasida qullik bekor qilinganiga qaramay, Abdulazizning onasi Pertevniyal Sulton oʻgʻlining harami uchun kavkazlik qullarni tanlashda davom etgan.

Hayranidil 1865-yil 21-sentyabrda Dolmabahçe saroyida Abdulazizga turmushga chiqqan. Dastlab unga „Uchinchi Kadın“, 1875-yilda esa „Ikkinchi Kadın“ unvoni berilgan. 1867-yil 25-fevralda uning ilk farzandi, qizi Nozima Sulton tugʻilgan. Oradan bir yil oʻtib, 1868-yil 29-mayda Beylerbeyi saroyida u ikkinchi farzandi, oʻgʻli Shahzoda Abdulmajidni (boʻlajak xalifa Abdulmajid II) dunyoga keltirgan.

Abdulaziz 1876-yil 30-mayda vazirlari tomonidan taxtdan agʻdarildi va uning oʻrniga jiyani Murod V imperiya sultoni boʻldi. Ertasi kuni Abdulaziz Feriye saroyiga koʻchirildi. Hayranidil va Abdulazizning boshqa ayollari Dolmabahçe saroyini tark etishni istashmagan. Shunda ularni majburan qoʻlga olib, Feriye saroyiga joʻnatishgan. Bu jarayonda ular boshdan-oyoq tintib chiqilgan va barcha qimmatbaho narsalarini tortib olingan. 1876-yil 4-iyunda Abdulaziz sirli tarzda vafot etdi. 1876-yilda yangi sulton Abdulhamid II Abdulazizning xotinlarini ozod qildi va Hayranidilga Ortaköy saroyida yashashga ruxsat berdi.

Vafoti

Hayranidil Kadın 1898-yil 26-noyabrda 52 yoshida Ortaköydagi Feriye saroyida vafot etgan va Istanbulning Divan Yolu koʻchasida joylashgan sulton Mahmud II maqbarasiga dafn qilingan.

Farzandlari

IsmiTugʻilgan yiliVafot etgan yiliIzohlar
Nozima Sulton 1867 25-fevral 1947-yil 9-noyabr bir marta turmushga chiqqan, farzandsiz
Abdulmajid II 1868-yil 29-may 1944-yil 23-avgust Usmoniylar imperiyasining oxirgi xalifasi

Yana qarang

  • Usmoniylar sulolasi
  • Usmoniylar sulolasi shajarasi
  • Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati
  • Kadın (unvon)

Adabiyotlar

  • Brookes, Douglas Scott. The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5. 
  • Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6. 
  • Uçan, Lâle (2019). Son Halife Abdülmecid Efendi'nin Hayatı - Şehzâlik, Veliahtlık ve halifelik Yılları (PDF) (PhD Thesis). Istanbul University Institute of Social Sciences.
  • Uluçay, Mustafa Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara: Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5. 
Yuqori