| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Didar Gurbangeldyýewiç Durdyýew | ||
| Tavallud sanasi | 1993-yil 16-iyul | ||
| Tavallud joyi | Bolqonobod, Bolqon viloyati Turkmaniston | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arkadag | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012 | Ahal | 31 | (14) |
| 2013–2014 | Altyn Asyr | 69 | (42) |
| 2015 | Hazyna | ||
| 2016 | Altyn Asyr | ||
| 2017 | Aşgabat | ||
| 2018–2019 | Ahal | 15 | (14) |
| 2020 | Mashʼal | 5 | (0) |
| 2021–2022 | Ahal | 43 | (46) |
| 2023 | Arkadag | 59 | (65) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2012–2019 | Turkmaniston | 22 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 7-avgust uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 7-avgust uchun) | |||
Didar Gurbangeldiyevich Durdyyev (turkmancha: Didar Gurbangeldiýewiç Durdyýew; 1993-yil 16-iyul, Bolqonobod) – Turkmanistonning professional futbolchisi, FC Ahal klubi va Turkmaniston milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Biografiya
U Ashxobodning Olimp futbol maktabida futboldan taʼlim olgan. Didar shuningdek, Turkmaniston davlat iqtisodiyot va boshqaruv institutida ham taʼlim olgan. Didar Durdyevning otasi Gurbangeldi ham turkmanistonlik sobiq futbolchi, milliy terma jamoada oʻynagan.
Klub faoliyati
U oʻz faoliyatini 2012-yilda „Ahal“ futbol klubida boshlagan. Dastlabki masvumining oʻzida Turkmaniston chempionatining uchinchi toʻpurari boʻlgan (14 gol).
2014-yilda „Oltin Asir“ jamoasi bilan Yoqar Ligada oltin medalni qoʻlga kiritgan va musoboqada ikkinchi toʻpurar boʻlgan (26 gol). 2015-yilning fevral oyida u „Oltin Asir“ jamoasi tarkibidagi soʻnggi oʻyinini OFK kubogida „Al-Saqr“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi.
2015-yilning mart oyidan „Xazyna“ klubi shartnoma imzoladi.
2020-yil yanvar oyida Durdyev Qozogʻiston birinchi divizioni „Aktobe“ klubida qishki sinov mashgʻulotlarida qatnashdi.
2020-yilning mart oyida u Oʻzbekistonning „Mashʼal Muborak“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yil 7-mart kuni Durdiyev Oʻzbekiston Superligasida „Bunyodkor“ ga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi. 2020-yil avgust oyida klubni tark etadi.
2021-yil mart oyida Durdyyev „Ahal“ klubiga qaytdi.
Durdyevning Turkmaniston Yokari ligasida masvum davomida 27 ta goli bialn 2022 yilgi chempionat toʻpurari sifatida yakunladi. Buning natijasida Durdyevning jamoasi „Ahal“ klubi tarixda birinchi marta Turkmaniston chempionligini qoʻlga kiritdi.
Milliy terma jamoa
2013-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogida Turkmaniston U 22 terma jamoasida oʻynagan.
Durdiyev 2012-yil OFK Chaqiruv kubogida kattalar terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi. 2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogida Laosga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozongan holda ikkita gol urdi.
Yutuqlar
Ahal FK
- Turkmaniston Yokari ligasi : 2022
- Turkmaniston kubogi : 2022
Mamlakat
- OFK Chaqiruv kubogi: Ikkinchi oʻrin (1): 2012
- 16-iyulda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Bolqonobodda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar