Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bugʻ mashinasi — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bugʻining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan Bugʻ mashinasi loy

Bugʻ mashinasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bugʻ mashinasi — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bugʻining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan Bugʻ mashinasi loyihasini I. I. Polzunov ishlab chiqqan (1763). Universal dvigatel sifatida 1774—84 yillarda J. Uatt yaratgan. XIX asr oxirigacha sanoat va transportda yagona dvigatel boʻlgan. Bugʻ mashinasini rivojlantirish ishi fabrika va zavodlar, elektr stansiyalari, parovoz, kema va lokomobillar uchun, qishloq xoʻjaligi va mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun statsionar Bugʻ mashinasi yaratishga olib keladi. Bugʻ mashinasining tortish harakteristikasi yaxshi, ortiqcha bosim va reverslashga moslashuvchan, puxta va oddiy tuzilgan. Quvvati 15 MVt gacha, f. i. k. 20—25% ga yetadi. Kamchiligi iqtisodiy samaradorligi pastligi va quvvati cheklanganligidir.

Yana qarang

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Yuqori