| Akbar | |
|---|---|
| (arabcha: اكبر) | |
| Jins | erkak |
| Etimologik maʼnosi | eng katta |
| Kelib chiqishi | arabcha |
| Yozuv tizimi | Lotin alifbosi, Kirill alifbosiva arab yozuvi |
| Ota ismi | Akbar oʻgʻli, Akbarovich Akbar qizi, Akbarovna |
| Yasama shakllari | Akbarjon, Akbarbek, Akbarali |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar | arabcha: اكبر |
| Bogʻliq maqolalar: | „Akbar"dan boshlanuvchilar „Akbar"dan boshlab barcha maqolalar |
Akbar (arabcha: اكبر – eng katta) – kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Hukmdorlar
- Akbar Jaloliddin Muhammad – Boburiylar sulolasidan hukmdor (1556 – 1605). Hindistondagi boburiylar saltanati hukmdori (1556-yildan).
- Akbar Shoh II – Boburiylar sulolasidan hukmdor (1806 – 1837).
Davlat arboblari
- Akbar Ahmedov – qoʻqonlik davlat va jamoat arbobi;
- Akbar Islomov – qoʻqonlik davlat va jamoat arbobi;
- Akbar Mirzoyev – tojikistonlik davlat arbobi;
- Akbar Toshqulov – oʻzbekistonlik davlat arbobi, huquqshunos;
- Akbarsho Iskandarov – tojikistonlik davlat arbobi;
Fan arboblari
- Akbar Asqarov – terapevt, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956);
- Akbar Hakimov – oʻzbekistonlik sanʼatshunos;
- Akbar Maxsumov – sovet va tojik olimi, jamoat va davlat arbobi;
- Akbar Otaxoʻjayev – oʻzbek-sovet eksperimental fizik.
Sanʼatkorlar
- Akbar Atamuhamedov – oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, aktyor, radio va teleboshlovchi;
- Akbar Azimov – yogʻoch oʻymakori, naqqosh;
- Akbar Haydarov – xonanda va sozanda;
- Akbar Moʻminov – raqqos, baletmeysterrej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi;
- Akbar Rahimov – kulol, Toshkent kulollik maktabining namoyandasi;
- Akbarali Ochilov – oʻzbek radiorejissyori va qoʻshiqchisi;
- Akbarxo‘ja Rasulov – oʻzbekistonlik kino va teatr aktyori.
Sportchilar
- Akbar Abdirasulov – oʻzbekistonlik futbolchi;
- Akbar Ismatullayev – oʻzbekistonlik futbolchi;
- Akbar Joʻrayev – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi;
- Akbar Oʻktamov – oʻzbekistonlik futbolchi;
- Akbar Qoʻziyev – oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempionati sovrindori;
- Akbar Toʻrayev – oʻzbekistonlik futbolchi.
Yozuvchilar
- Akbar Ganji – eronlik jurnalist, yozuvchi;
- Akbar Yerevanly – ozarbayjon yozuvchisi, adabiyotshunos olimi, pedagog, dotsent.
Familiyalar
- Akbarov
- Akbarova
Turkumlar::
- Kelib chiqishi arabcha boʻlgan ismlar
- Alifbo boʻyicha ismlar
- Oʻzbekcha erkaklar ismlari
- Arabcha erkaklar ismlari
