- Vikipediyada ismi Akbar va familiyasi Toshqulov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Toshqulov Akbar Joʻraboyevich | |
|---|---|
| Mansab davri 2022-yil 16-noyabr | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ruslanbek Davletov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1971-yil 21-sentyabr Jizzax viloyati |
| Fuqaroligi | |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat yuridik universiteti |
| Mukofotlari | |
Toshqulov Akbar Joʻraboyevich (1971-yil 21-sentyabrda Jizzax viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri, huquqshunos, adliya katta maslahatchisi. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – oliy darajadagi huquqshunos.
Faoliyati
1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U oʻz mehnat faoliyatini 1994-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
1995-1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi bosh maslahatchisi.
1997-2000-yillarda boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2000-2002-yillarda Qonunchilik va huquqiy axborotni tasniflash boʻlimi boshligʻi.
2002-2003-yillarda – Xalq xoʻjaligida yuridik ishlar boʻlimi boshligʻi.
2003-2005-yillarda xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻlib faoliyat yuritgan.
2005-2017-yillarda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi farmoniga asosan Akbar Toshqulovga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan huquqshunos“ faxriy unvoni berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi qarori bilan Akbar Toshqulov Adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan.
Akbar Toshqulov boshchiligida 2019-yil 24-yanvar kuni Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston beshinchi siyosiy Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Akbar Toshqulov 2021-yil 9-dekabr kuni Adliya vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Yuridik universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov 2021-yilning iyunida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Akbar Toshqulov 2021-yil 10-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.
2022-yil 15-noyabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangach, uning oʻrniga 2022-yil 16-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi.
- 21-sentyabrda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yuristlar
- Oʻzbekiston Adliya vazirlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Oʻzbekiston huquqshunoslari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar

