Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Zabihillo Oʻrinboyev (30-mart 1995-yilda tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Navbahor klubi hujumchisi.

Zabihillo Oʻrinboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zabihillo Oʻrinboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zabihillo Baxtiyorovich Oʻrinboyev
Tavallud sanasi 1995-yil 30-mart (1995-03-30) (31 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Raqami 9
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2016 Bunyodkor 51 (4)
2017 Olmaliq 11 (1)
2017 Paxtakor 2 (0)
2018—2019 Metallurg 24 (2)
2019 Tokushima Vortis 7 (0)
2020—2021 Navbahor 45 (4)
2022—2024 Metallurg 61 (13)
2025— Navbahor 27 (8)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Oʻzbekiston U-17 30 (14)
2014—2016 Oʻzbekiston U-20 17 (6)
2017—2018 Oʻzbekiston U-23 28 (15)
2018— Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 6-iyul uchun)

Zabihillo Oʻrinboyev (30-mart 1995-yilda tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Navbahor klubi hujumchisi.

Futbolchilik faoliyati

Zabihillo Oʻrinboyev Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2013-yilda aynan shu klubda boshlagan. Bugungi kunga qadar „Bunyodkor“ safida 10 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2011-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi yigʻiniga chaqirilgan va oʻsha yili terma jamoa bilan 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, Oʻzbekiston terma jamoasi chorak finalga qadar yetib kelgan. Oʻrinboyev yoshlar terma jamoasi safida jami 30ta oʻyin oʻtkazib, 14ta gol urgan.

2013-yilda Oʻrinboev allaqachon Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va oʻsha yili u terma jamoa bilan 2013-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan va Oʻzbekiston terma jamoasi ham chorak finalga chiqqan.

Klublar

2014-2016 yillarda „Bunyodkor“ klubida oʻynagan, 2016-yilda chempionat ikkinchi, qatorasiga ikki marta (2014 va 2015-yillar) Oʻzbekiston kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2017-yil Olmaliqning „AGMK“ va Toshkentning „Paxtakor“ klublarida harakat qildi.

Shundan soʻng u 2018—2019-yillarda „Metallurg Bekobod“da oʻynagan, keyin 2019-yilda Yaponiya J-ligasi vakili „Tokusima Bortis“ ga oʻtgan, ammo 2020-yilda birorta ham oʻyin oʻtkazmay Namanganning „Navbahor“ klubiga oʻtdi.

Terma jamoadagi faoliyati

Milliy terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2018-yili oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 2ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.

Statistika

Oʻzbekiston terma jamoasi
YillarIshtGol
201820
Jami20

Yutuqlari

  • Oʻzbekiston chempioni: 2013-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2013-yil
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2014-yil
  • Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2014-yil
  • Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempioni : 2018-yil
Yuqori