Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Akbarxoʻja Rasulov 1986-yil 28-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U oilada 4 farzandning kenjasi. Oʻrta maktabni tamomlaganch 2003-yilda Mannon Uygʻu

Akbarxo‘ja Rasulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Akbar va familiyasi Rasulov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Akbarxo‘ja Rasulov
Tavalludi 1986-yil 28-sentyabr (1986-09-28) (39 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Boʻyi 1.74 m

Akbarxoʻja Rasulov (1986-yil 28-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbek teatr va kino aktyori.

Hayoti

Akbarxoʻja Rasulov 1986-yil 28-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U oilada 4 farzandning kenjasi. Oʻrta maktabni tamomlaganch 2003-yilda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) estrada aktyorligi fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga kiradi va 2007-yilda oʻqishni bitiradi. 2015-yilning 12-oktyabr oyida oila qurgan boʻlib, hozirgi kunda uning bir qiz va oʻgʻil farzandi bor. 2021-yilga kelib esa Turkiyada oʻz biznesini boshlagan.

Faoliyati

Akbarxoʻja Rasulov 1998-yilda „Kelajak tongi“ radiostudiyasida suhandon sifatida ishlagan. Oliy oʻquv yurtini bitirganidan soʻng Toshkent yoshlar teatrida, soʻng 2007–2009-yillarda Bahodir Yoʻldoshev asos solgan „Diydor“ teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan. Teatrdagi faoliyati davomida „Yulduzli tunlar“, „Vanya amaki – Astrov“ (ruscha: „Дядя Ваня — Астров “), „Ajoyib hikoya“ (ruscha: „Удивительная история“) kabi rollarni ijro etgan.

Uning kinofilmdagi ilk roli „Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi“ filmi boʻlib, undan epizodlarda koʻrinish bergan. Keyinchalik „Yoʻqolgan odam“, „Iblis devori“, „Poyma-poy“, „Kechikkan hayot“, „Sevginator 2“, „Hur qiz“, „Jasur“, „Afgʻon“, „Xiyonat“, „Jigarbandim“, „Taqdirlar“, „Scorpion“, „Ibrat“, „Mendirman Jaloliddin“ kabi filmlarda rol ijro qilgan. Bundan tashqari u Rossiya, Ukraina va Turkiya film va seriallarida ham rol ijro qilgan. Jumladan, Rossiyaning „Razvedchiki. Posledniy boy“ filmida Yulay obrazini, Ukrainaning „Sorokapyatka“ filmida Djalmetov obrazini, Turkiyaning "Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ (turkcha: „Kurulush Osman“) tarixiy serialida Chingizxonning yirik sarkardalaridan biri Subutoy obrazini gavdalantirgan.

Filmografiyasi

Suratga tushgan filmlar
Yil Nomi Obraz Izoh
2021 Mendirman Jaloliddin Oʻzloqshoh Serial
2020 Ibrat
"Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ (turkcha: „Kurulush Osman“) Subutoy Turkiya tarixiy seriali
2019 Avto sarguzashtlar Dublyajda ishtiro etgan
2018 Scorpion
Mednoe solnse
2017 Nazira Shokir, Nazirning katta oʻgʻli Bosh rol
Oh, Salima, Salima!
2016 Ustyurtga yoʻl Hujjatli film
Qizlarning jahli chiqdi
Virus
2015 Aka
Hayotda...
2014 Delo Batagami haydovchi
Katta hovli
2012 Xiyonat Bosh rol
Jasur Sardor, avtobusdagi yoʻlovchi
Taqdirlar Sarvar, bankning bosh direktori Bosh rol
Jigarbandim
Dunyo
2011 Hur qiz
Afgʻon Akbar, raisning oʻgʻli
2010 Sevginator 2: Qaynona operatsiyasi
Oxotniki za karavanami Saidov
Kechikkan hayot
2009 Sled salamandri Epizod
Poyma-poy Zafar, Shohruhning akasi
2008 Iblis devori Rahmatning katta oʻgʻli, ichki ishlar hodimi
Sorokapyatka Djalmetov Ukraina film
Razvedchiki. Posledniy boy Yulay, aygʻoqchi
2007 Panoh
Yoʻqolgan odam Karim, Davronning doʻsti
Zastava Epizod
2006 Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi Epizod, Rossiya va Oʻzbekiston filmi
2002 Cinedictum Bolakay
Yuqori