- Vikipediyada ismi Akbar va familiyasi Iskandarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Akbarsho Iskandarov | |
|---|---|
| Tojikiston Prezidenti v.b. | |
| Mansab davri 1992-yil 7-sentyabrdan – 1992-yil 20-noyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Akbar Mirzoyev Abdumalik Abdullajonov |
| Oʻtmishdoshi | Rahmon Nabiyev |
| Vorisi | Emomali Rahmon |
| Mansab davri 1991-yil 6-oktyabrdan | |
| Hukumat boshligʻi | Izzatullo Hayoyev |
| Mansab davri – 2-dekabr 1991-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Rahmon Nabiyev |
| Vorisi | Rahmon Nabiyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1951-yil 1-avgust Kevron |
Akbarsho Iskandarov (1-avgust 1951) – Tojikistonning 2 marta muvaqqat Prezidenti. Tojikistonning Qozogʻiston va Turkmanistondagi elchisi boʻlgan.
Biografiyasi
1951-yil 1-avgustda Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatining Qalayxum tumani (hozirgi Darvaz tumani) Kevron qishlogʻida tugʻilgan. 1966—1970-yillarda (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 1973-yilgacha) Dushanbe politexnika texnikumida oʻqigan, muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha diplom olgan. 1974-yilda Lenin nomidagi Tojikiston davlat universitetining iqtisod fakultetiga oʻqishga kirdi va 1979-yilda iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomladi. 1989-yilda Toshkent oliy partiya maktabini tugatdi.
1970-1980-yillarda Qalayxum tuman qishloq xoʻjaligi boshqarmasida katta yer tuzuvchi, katta iqtisodchi lavozimlarida ishlagan. 1980-1981-yillarda Qalayxum tuman xalq nazorati qoʻmitasi inspektori, 1982-yilgacha Markaziy statistika boshqarmasi inspektori lavozimlarida ishlagan. 1982-yildan – Tojikiston Kommunistik partiyasi Qalayxum tuman qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi instruktori. 1984-yildan Togʻli Badaxshon viloyat partiya qoʻmitasida instruktor boʻlib ishlagan.
1986-yilda Ishkashim tumani ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, tuman agrosanoat birlashmasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1987—1990 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Vanj tumani qoʻmitasi 1-kotibi. 1990-yil 29-martda Tojikiston Oliy Kengashining 12-chaqiriq deputati boʻldi. 1990-1993-yillarda Togʻli Badaxshon viloyat kengashi raisi. Shu bilan birga, 1990-1992-yillarda Tojikiston Oliy Kengashi raisining oʻrinbosari.
1991-yil noyabr va 1992-yil aprel-may oylarida Iskandarov Tojikiston Oliy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi, 1992-yil 11-avgustda esa respublika Oliy Kengashi raisi lavozimiga saylangan. Ayni paytda Iskandarov bu lavozimda Tojikistonning 2-prezidenti Rahmon Nabiyev oʻrniga Tojikiston prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlgan. 1992-yil 7-sentyabrda Iskandarov Tojikiston vaqtincha prezidenti lavozimini egalladi.
1993-yil martidan 2001-yilgacha Iskandarov Tojikistonning Turkmanistondagi muvaqqat ishlar vakili, soʻngra Favqulodda va muxtor elchisi boʻlib ishlagan. 2001-yildan Qozogʻistonda va Moʻgʻulistonda elchi boʻlgan. 2008-yildan buyon Iskandarov Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida alohida topshiriqlar boʻyicha elchi lavozimida ishlagan.
2000-yilda Akbarsho Iskandarovning xotiralar kitobi nashr etildi. Iskandarov oilali, besh farzandi bor.
- 1-avgustda tugʻilganlar
- 1951-yilda tugʻilganlar
- Kevronda tugʻilganlar
- Tojikiston Prezidentlari
- Tojikiston davlat rahbarlari
- Elchilar