Zayn Malik | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | Zayn Malik 1993-yil 12-yanvar Bradford, Angliya |
| Janrlar |
|
| Kasbi | Qoʻshiqchi |
| Faoliyat yillari | 2010-hozirgacha |
| Guruhlari | One Direction (2010-2015-yillar) |
| Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
| Turmush oʻrtogʻi | Gigi Hadid |
| Bolalari | 1 |
| Veb-sayt | inzayn.com |
Zain Javadd Malik (/ˈmælɪk/ MAL-ik; 1993-yil 12-yanvarda tugʻilgan) – Zayn Malik yoki oddiygina Zayn nomlari bilan tanilgan britaniyalik qoʻshiqchi. U 2010-yilda Britaniyadagi The X Factor televizion shousida yakkaxon ishtirokchi sifatida qatnashadi va muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Keyinchalik hakamlar tavsiyasiga koʻra beshta yigitdan iborat One Direction guruhini tuzishadi va oʻsha davrlarning disklari sotuvlari boʻyicha eng muvaffaqiyatli guruhlaridan biriga aylanishadi. U 2015-yilning mart oyida guruhni tark etdi va RCA Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi.
Zaynning R&B uslubida yaratilgan dastlabki solo albomi „Mind of Mine“ va uning „Pillowtalk“ nomli singli koʻplab chartlarda yuqori natijalar qayd etadi. Jumladan AQSh va Buyuk Britaniya chartlarida albom ham trek ham bir vaqtning oʻzida birinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik chiqarilgan „I Don't Wanna Live Forever“ hamda Sia va Taylor Swift bilan birgalikda aytgan „Dusk Till Dawn“ treki ham xalqaro maydonda koʻplab muvaffaqiyatlarga erishgan. Uning ikkinchi studiya albomi „Icarus Falls“ 2018-yilda chiqarilgan boʻlsa hozircha soʻnggi boʻlib turgan „Nobody Is Listening“ albomi 2021-yilda taqdim etilgan.
Malik American Music Awards va MTV Video Music Awards kabi bir qator mukofotlar sohibi boʻlgan. U Billboard Music Award mukofotida „New Artist of the Year“ nomitatsiyasida ikki marotaba gʻolib boʻlgan tarixdagi yagon inson. U bu sovrinni 2013-yilda One Direction guruhi va 2017-yilda solo ravishda qoʻlga kiritgan.
Yoshlik yillari
Zain Javadd Malik 1993-yilning 12-yanvarida Angliyanining Bradford shahrida tugʻilgan. Otasi Yaser Malik pokistonlik musulmon immigrant, onasi Trisha Malik esa ingliz va irland irqiga mansub boʻlgan va turmush qurganidan soʻng islom dinini qabul qilgan. Oilada toʻrt nafar farzand boʻlib Malikning Doniya ismli opasi va Waliyha hamda Safaa ismli singillari boʻlgan.
Malik Bradfordning East Bouling shaharchasida ishchilar oilasida oʻsgan. U Bradforddagi Lower Fields boshlangʻich maktabi va Tong oʻrta maktabida (hozirgi Tong Leadership Academy) oʻqigan. Oʻsmirlik vaqtlarida musiqa kurslariga bora boshlagan va maktabning turli dasturlarida koʻrinish bergan. U asosan otasi bilan birgalikda R&B, hip hop, va reggae janridagi qoʻshiqlarni eshitardi. Maktabdaligi vaqtida koʻplab replar yozar va uni sahnalarda ijro etardi. U birinchi marta Jay Sean uning maktabiga tashrif buyurgan vaqtida kuylagan. U 15 yoshidan 17 yoshigacha boks sport turi bilan ham shugʻullanadi. Musiqiy karyerasini boshlashidan avval Zayn ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishni orzu qilardi.
Karyerasi
2010-2015-yillar: The X Factor va One Direction

2010-yilda 17 yoshli Malik Manchesterda The X Factor shousining yettinchi mavsumida ishtirok etadi. Saralash kuni ertalab Malik asabiy holatda boʻladi va ishtirok etishni xohlamaydi, lekin onasi oxir-oqibat uni tanlovga borishga koʻndirdi. U dastlabki bosqichda Marioning „Let Me Love You“ qoʻshigʻini kuyladi va keyingi bosqichga yoʻl oldi. Finaldan avvalgi bosqichda ishtirokini yakunlagan boʻlishiga qaramasdan, keyinchalik hakamlar Nicole Scherzinger va Simon Cowell taklifi bilan Harry Styles, Niall Horan, Liam Payne, Louis Tomlinson va Zayn birlashtirilib yangi One Direction nomi ostida guruh tuziladi. Guruh tez orada Buyuk Britaniya boʻylab mashhurlikka erishdi. The X Factor shousining guruhlar yoʻnalishini uchinchi oʻrinda yakunlagan holda hakam Cowell taklifga koʻra Syco Records studiyasi bilan 2 million funt sterlinglik shartnoma imzoladi. Keyinchalik Shimoliy Amerikada Columbia Records bilan ham kelishuvga erishdilar.
One Direction haqidagi dastlabki kitob 2011-yilning fevral oyida HarperCollins nashri tomonidan „One Direction: Forever Young (Our Official X Factor Story)“ nomi ostida chop etiladi va keyinchalik „The Sunday Times“ning bestsellerlari roʻyxatiga kiritiladi. Shu oyda yigitlar va The X Factor shousining boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda The X Factor Live Tourida ishtirok etdilar. Tur davomida guruhning konsertlariga Buyuk Britaniyalik 500 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Guruhning Up All Night nomli debyut studiya albomi 2011-yil noyabr oyida Buyuk Britaniya va Irlandiyada chiqarilgan. 2012-yil mart oyida xalqaro miqyosda taqdim etilgan albom koʻplab tijoriy muvaffaqiyatlarga erishdi, shu jumladan debyut albomi bilan AQSh chartlarida birnchi oʻrinni egallagan dastlabki britan guruhiga aylanishgan. Albom 16 mamlakat chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. Guruhning debyut singli „What Makes You Beautiful“ Britaniya chartlarida birinchi, AQShda esa toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Keyinchalik trek Amerikada toʻrt, Avstraliyada esa olti karrali sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. Albomdan joy olgan „Gotta Be You“ va „One Thing“ singllari ham UK Singles chartning kuchli oʻntaligidan joy oldi. Albom chiqarilishi bilan guruh Buyuk Britaniya uchun belgilangan tur sanalarini eʼlon qildi. Talab yuqoriligi sabab gastrollar AQSh va Avstraliyada ham oʻtkazilishi belgilandi. Tur haqidagi Up All Night: The Live Tour nomli video albom 2012-yilning may oyida taqdim etildi. Xuddi shu oyda One Directionning Amerikadagi dastlabki litsenziyalangan kitobi „Dare to Dream: Life as One Direction“ ham namoyish qilindi. Biroz vaqt oʻtgach esa u „The New York Times“ nashrining bestsellerlari qatoridan joy oldi.
Shaxsiy hayoti
Malik ingliz va urdu tillarida gaplasha oladi. Undan tashqari arab tilida ham oʻqishni oʻrgangan.
Malik One Direction aʼzosi boʻlganida ovqatlanishidagi taribning yoʻqligi, ortiqcha ish yuklamasi va bosim ostida boʻlganini ochiqchasiga maʼlum qiladi. U bundan tashqari solo holatda ishlashidan oldin unda kuchli xavotir va oʻziga boʻlgan ishonchsizlik boʻlgani haqida ham aytib oʻtadi.
Uning hozirda Manhattan shtatining SoHo shahrida uyi mavjud. Undan avval esa Los-Anjeles va London shahrlarida uylari boʻlgan va ularni 2018-yilda sotib yuborgan.
U bir necha musulmonlarga qarshi qaratilgan harakatlarning nishoniga ham aylanadi. Keyinchalik 2018-yilda British Voguega bergan intevyusida u boshqa islom diniga eʼtiqod qilmasligini maʼlum qilgan.
Ishqiy munosabatlar
Malik 2011-yil dekabrda Little Mix guruhining aʼzosi Perrie Edwards bilan munosabat qurishadi. 2011-yil avgust oyida turmush qurgan juftlik 2015-yil avgust oyida ajrashishadi.
Diskgrafiyasi
- Mind of Mine (2016)
- Icarus Falls (2018)
- Nobody Is Listening (2021)
- Room Under the Stairs (2024)
- 12-yanvarda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- One Direction
- One Direction guruhi aʼzolari
- Angliyada tugʻilganlar
- Bradford shahrida tugʻilganlar
- Alternativ R&B musiqachilari
- Pop-qoʻshiqchilar