Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

One Direction (qisqa nomi 1D) – 2010-yilda Londonda tashkil etilgan ingliz-irland musiqiy guruhi. Niall Horan, Liam Payne, Harry Styles, Louis Tomlinson va 2015

One Direction

Vikipediya, erkin ensiklopediya
One Direction

One Direction guruhi 2012-yilgi Logies Awardning taqdirlash marosimida
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Faoliyat yillari 2010-2016
Janr Pop, pop-rok, dance, elektronika
Leybl Syco, Columbia
Tarkib Niall Horan
Liam Payne
Harry Styles
Louis Tomlinson
Sobiq aʼzolar Zayn Malik
Vebsayt onedirectionmusic.com

One Direction (qisqa nomi 1D) – 2010-yilda Londonda tashkil etilgan ingliz-irland musiqiy guruhi. Niall Horan, Liam Payne, Harry Styles, Louis Tomlinson va 2015-yilga qadar esa Zayn Malik guruhning aʼzolari boʻlishgan. Ular 2016-yilda nomaʼlum muddatga tanaffusga chiqishganini eʼlon qilishadi.


Tarixi

2010-2011-yillar: The X Factor

One Direction guruhi 2011-yilgi The X Factor Live turida

Niall Horan, Zayn Malik, Liam Payne, Harry Styles va Luis Tomlinson 2010-yilgi The X Factor shousining yakkalik bahslarda ishtirok etishadi. Ammo ushbu ishtirok unchalik ham muvaffaqiyatli oʻtmaganidan soʻng Nikol Scherzinger va mehmon hakam Simon Cowell ularga guruh tuzish taklifini beradi. 2022-yilda chiqarilgan videorolikda guruh muvaffaqiyatida Nicole Scherzinger asosiy rol oʻynagani taʼkidlab oʻtiladi. Videoda Horan guruhning birinchi aʼzosi sifatida tanlanganligi, soʻngra Harry, Tomlinson, Payne va Zayn birma-bir guruhga taklif qilinganligi maʼlum boʻladi. Guruh aʼzolari oʻzaro tanishib mashgʻulotlar oʻtkazishi uchun ikki hafta vaqt ketadi. Harry guruhga One Direction deya nom berishni taklif qiladi va bu nom barcha aʼzolarga maqul keladi. Guruh dastlabki bosqichda Torn qoʻshigʻining akustik versiyasini kuyladi. Dastlabki toʻrt hafta ichidayoq guruh Buyuk Britaniya boʻylab katta mashhurlikka erishishdi.

Finalgacha yetib borgan One Direction shouni uchinchi oʻrin bilan yakunlashdi. Koʻp oʻtmay Cowell taklifi bilan guruh Syco Records studiyasi bilan 2 million funt sterlinglik shartnoma imzoladi. Ular 2011-yilning yanvar oyida RedOne bilan hmkorlikda Los-Anjeles shahrida debyut albomi ustida ishlashni boshlashdi. One Direction haqidagi dastlabki kitob 2011-yilning fevral oyida HarperCollins nashri tomonidan „One Direction: Forever Young (Our Official X Factor Story)“ nomi ostida chop etiladi va keyinchalik The Sunday Timesining bestsellerlari roʻyxatiga kiritiladi. Shu oyda yigitlar va The X Factor shousining boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda The X Factor Live Tourida ishtirok etdilar. Tur davomida guruhning konsertlariga Buyuk Britaniyalik 500 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Tur yakunlangach ular yana albom ustida ishlashni davom etdilar. Albom yozish ishlari Stokholm, London va Los-Anjeles kabi shaharlarda Carl Falk, Savan Kotecha, Steve Mac va Rami Yacoub kabi prodyuserlar bilan hamkorlikda boʻlib oʻtdi.

2011-2012-yillar: Up All Night

One Direction Up All Night albomi taqdimotida, 2012-yil yanvar

2011-yil sentabr oyida Buyuk Britaniya va Irlandiyada chiqarilgan One Directionning debyut singli What Makes You Beautiful tijoriy va xalqaro muvaffaqiyatga erishdi. U UK Singles Chartda birinchi oʻrinni egalladi va Sony Music tarixida chiqarilishidan avval eng koʻp buyurtma qilingan qoʻshiqqa aylandi. Keyingi singllari Gotta Be You va One Thing ham UK Singles chartida kuchli oʻntalikdan joy oldi. 2011-yil noyabr oyida guruh Shimoliy Amerikadagi Columbia Records studiyasi bila shartnoma imzoladilar. Shu oyda ular Buyuk Britaniya va Irlandiyada oʻzlarining debyut studiya albomi Up All Nightni chiqardilar. Keyinchalik bu Britaniya boʻylab eng tez sotilgan debyut albomga aylandi. 2011-yil dekabr oyida ular Up All Night Tour nomli Buyuk Britaniyadagi birinchi kontsert gastrollarini tashkillashtirishdi.

Guruh aʼzolari

  • Niall Horan (2010-2016)
  • Liam Payne (2010-2016)
  • Harry Styles (2010-2016)
  • Luis Tomlinson (2010-2016)

Sobiq aʼzosi

  • Zayn Malik (2010-2015)

Yutuqlari

2020-yilga kelib guruhning dunyo boʻylab disk sotuvlari soni 70 milliondan oshdi. Bu orqali ular barcha davrlarning eng koʻp sotiladigan yigitlardan iborat guruhlardan biriga aylandi. 2013-yilgi Forbes nashrining maʼlumotlariga koʻra ular taxminan 75 million dollar daromad koʻrgan holda va 30 yoshgacha boʻlgan eng yuqori daromadli insonlar reyitngida ikkinchi oʻrinda qayd etishgan.

Guruh yetti marotaba Brit Award, yetti marotaba American Music Awards, olti marotaba Billboard Music Awards, besh marotaba Touring Awards va toʻrt marotaba MTV Video Music Awards sovrinlarini qoʻlga kiritgan. One Direction Teen Choice Awardsda 31 marta nomzod sifatida koʻrsatilib ulardan 28 tasida gʻalaba qozongan holda bu boradagi rekord muallifi boʻlgan. 2013-yilda guruh eng yuqori sotuvlar koʻrsatkichini qayd etgan holda International Federation of the Phonographic Industry (IFPI) tomonidan „Global Recording Artists of the Year“ nomiga loyiq koʻrildi. 2014-yilda Billboard jurnali esa ularni Artist of the Year deya eʼtirof etadi.

Yuqori