Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Taylor Alison Swift (talaffuzi: Teylor Elison Svift; 1989-yil 13-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pennsilvaniyaning West R

Taylor Swift

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Taylor Swift
Swift 2023-yilda
Swift 2023-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Taylor Alison Swift
1989-yil 13-dekabr (1989-12-13) (36 yosh)
West Reading, Pennsilvaniya, AQSh
Janrlar
  • Pop
  • kantri
  • folk
  • rok
  • alternativ
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
  • prodyuser
  • rejissyor
  • aktrisa
Faoliyat yillari 2004 hozirgacha
Leybllar
  • Republic
  • Big Machine
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Turmush oʻrtogʻi Travis Kelce
Amplua
  • vokal
  • gitara
  • pianino
  • ukulele
  • banjo
Mukofotlari Toʻliq roʻyxat
Veb-sayt taylorswift.com
Imzosi

Taylor Alison Swift (talaffuzi: Teylor Elison Svift; 1989-yil 13-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pennsilvaniyaning West Reading shahrida tugʻilib, Wyomissing shahrida oʻsgan. Swift oʻn toʻrt yoshida kantri-qoʻshiqchi boʻlish uchun Tennesseening Nashville shahriga koʻchgan. U Big Machine Records mustaqil studiyasi bilan shartnoma imzolab, Sony/ATV Music yollagan eng yosh qoʻshiqnavisga aylangan. Swiftning 2006-yilda eponimik debyut albomi chiqishi uni yoʻlga tushgan kantri-yulduziga aylantirgan. Albomga kiritilgan „Our Song“ qoʻshigʻi Swiftni Hot Country Songs chartida birinchilikni olgan eng yosh qoʻshiqnavis va ijrochiga aylantirgan. 2008-yilda „Eng yaxshi yangi artist“ nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.

Swiftning ikkinchi albomi – Fearless 2008-yilda chiqarilgan. „Love Story“ va „You Belong with Me“ singllarining pop krossover muvaffaqiyati bilan koʻtarilgan Fearless 2009-yilda eng koʻp sotilgan albom boʻlgan va miqyosli turnelar bilan dastaklangan. Albom 52-Grammy taqdirlash marosimida toʻrtta mukofot olib, Swiftni Yil albomi mukofotiga loyiq koʻrilgan eng yosh ijodkorga aylantirgan. Swiftning uchinchi albomi boʻlmish Speak Now 2010-yilda eʼlon qilingan. Albom AQShda birinchi haftadayoq bir milliondan ortiq nusxada sotilib, Speak Now World Tour konsertlari bilan dastaklangan. Albomning uchinchi singli – „Mean“ ikkita Grammy mukofoti bilan taqdirlangan. Swiftning toʻrtinchi Red nomli toʻrtinchi albomi 2012-yilda omma eʼtiboriga taqdim etilgan. Albom AQShda birinchi haftada 1,2 million nusxada sotilib, Swiftni birinchi haftada eng koʻp albom sotgan ayol ijrochiga aylantirgan. Albomning „We Are Never Ever Getting Back Together“ va „I Knew You Were Trouble“ singllari umumjahon boʻylab hit boʻlgan.

Swift qoʻshiqlarida oʻzining oʻsmirlik va ulgʻaygan hayotidagi tajribalari haqida kuylaydi. Qoʻshiqnavis sifatida u Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan izzatlanadi. Swiftning boshqa yutuqlariga 12 ta Grammy, 40 ta Billboard Music Awards, 40 ta American Music Award va 23 ta MTV Video Music Award mukofotlari kiradi. U dunyo boʻylab 26 milliondan oshiq albom va 75 milliondan ortiq raqamli singl sotgan. Forbes jurnaliga binoan uning boyligi $1,1 milliardga baholanadi. Musiqa faoliyatidan tashqari, Swift Valentine's Day (2010) va The Lorax (2012) filmlarida ishtirok etgan. Filantrop sifatida Swift sanʼat taʼlimi, bolalar savodxonligi, tabiiy ofatlarda yordam, LGBT huquqlari va kasal bolalarga xayriyalarda qatnashadi.

Hayoti

Swiftning bolaligi oʻtgan uy.

Taylor Alison Swift 1989-yil 13-dekabrda AQShning Pennsilvaniya shtatidagi West Reading shahrida tavallud topgan. Otasi Scott Kingsley Swift birja brokeri sifatida „Merrill Lynch“ shirkatida ishlagan. Onasi Andrea Gardner Swift (qizlik familiyasi Finlay) marketing boʻyicha menejer boʻlgan. Ota-onasi unga qoʻshiqchi James Taylor sharafiga „Taylor“ deb ism qoʻyishgan. Taylorning Austin ismli ukasi ham bor. Taylor kelib chiqishiga koʻra shotland, olmon va italyan millatiga mansub ajdodlarga ega.

Yutuqlari

Swift „Reputation Stadium“ konsert safari davomida (2018).

Swift 12 karra Grammy, 1 karra Emmy, 40 karra American Music Award, 39 karra Billboard Music Award, 23 karra MTV Video Music Award, 12 karra Country Music Association Award, 8 karra Academy of Country Music Award hamda 2 karra Brit sovrindoridir. Shuningdek, 118 marta Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan. Qoʻshiqnavis oʻlaroq Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan eʼtirof etilgan. 2015-yilda Rolling Stone jurnali tuzgan „Tarixdagi 100 eng yaxshi qoʻshiqnavis“ roʻyxatidan oʻrin olgan. 2016-yilda BMI taqdirlash marosimida „Taylor Swift“ mukofoti sovrindori boʻlgan va oʻzining ismi bilan atalgan mukofot bilan taqdirlangan birinchi ayolga aylangan.

Diskografiyasi

  • Taylor Swift (2006)
  • Fearless (2008)
  • Speak Now (2010)
  • Red (2012)
  • 1989 (2014)
  • Reputation (2017)
  • Lover (2019)
  • Folklore (2020)
  • Evermore (2020)
  • Midnights (2022)
  • The Tortured Poets Department (2024)

Turnelari

Taylor Swift „Speak Now“ turnesida (Sidney, Avstraliya, 2012-yil 9-mart).
  • Fearless Tour (2009–2010)
  • Speak Now World Tour (2011–2012)
  • The Red Tour (2013–2014)
  • The 1989 World Tour (2015)
  • Reputation Stadium Tour (2018)
  • The Eras Tour (2023–2024)

Filmografiyasi

Filmlar

Yil Nom Rol
2009 Jonas Brothers: The 3D Concert Experience Oʻzi
Hannah Montana: The Movie
2010 Valentine's Day Felicia Miller
2012 The Lorax Audrey
2014 The Giver Rosemary
2015 The 1989 World Tour Live Oʻzi
2018 Taylor Swift: Reputation Stadium Tour
2019 Bluebird
Cats Bombalurina
2020 Miss Americana Oʻzi
Taylor Swift: City of Lover
Folklore: The Long Pond Studio Sessions
2021 All Too Well: The Short Film Oʻzi
2022 Amsterdam Liz Meekins
2023 Taylor Swift: The Eras Tour Oʻzi

Televideniye

Nom Yil Rol
Good Morning America 2006; 2008; 2012; 2014; 2019–2021 Oʻzi
Once Upon a Prom 2008
2008 MTV Video Music Awards 2008
CMT Crossroads 2008
The Ellen DeGeneres Show 2008–2012; 2014; 2019
CSI: Crime Scene Investigation 2009 Haley Jones
2009 MTV Movie Awards Maktab oʻquvchisi
Late Night with Jimmy Fallon Oʻzi
Saturday Night Live
Journey to Fearless 2010
Take Two with Phineas and Ferb 2011
2011 CMT Music Awards
Punk’d 2012
20/20
VH1 Storytellers
The Jonathan Ross Show
The GRAMMY Nominations Concert Live
60 Minutes 2012–2013
Alan Carr: Chatty Man 2012; 2014
New Girl 2013 Elaine
CBS This Morning 2013–2014 Oʻzi
The Voice 2013–2014; 2019
Saturday Night Live 2014; 2017; 2019; 2021; 2023
Late Night With Seth Meyers 2014; 2021
The View 2014
The Talk 2014
Jimmy Kimmel Live! 2014; 2020
Barbara Walters' 10 Most Fascinating People 2014
The Graham Norton Show 2013–2014; 2019; 2022
The Tonight Show Starring Jimmy Fallon 2014–2015; 2019; 2021–2022
Saturday Night Live 40th Anniversary Special 2015 Oʻzi/Alison
The Tonight Show Starring Jimmy Fallon 2017 Oʻzi
2019 NFL Draft 2019
CBS News Sunday Morning
Kids Say the Darndest Things
Strictly Come Dancing
The Today Show
The Late Late Show with James Corden
One World: Together at Home 2020
Dear Class of 2020
Selena + Chef
The Late Show with Stephen Colbert
Impact x Nightline 2022
2023
Dancing with the Stars
Yuqori