Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Louis William Tomlinson – (/ˈluːi ˈtɒmlɪnsən/; 24-dekabr, 1991-yil) ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavis va prodyuser. U One Direction guruhining aʼzosi sifatida m

Louis Tomlinson

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Louis Tomlinson

Tomlinson 2019-yilda
Tavalludi 1991-yil 24-dekabr (1991-12-24) (34 yosh)
Doncaster, South Yorkshire, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
Faoliyat yillari 2010–hozirgi kugacha
Bolalari 1
Onasi Johannah Deakin

Musiqiy faoliyati

Cholgʻular Vocals
Guruhlari
Veb-sayt louis-tomlinson.com
Imzosi

Louis William Tomlinson – (/ˈluːi ˈtɒmlɪnsən/; 24-dekabr, 1991-yil) ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavis va prodyuser. U One Direction guruhining aʼzosi sifatida mashhurlikka erishgan. Tomlinson 2010-yilda Britaniya shousi „The X Factor“da ishtirok etgan.

2016-yilda guruh faoliyatini toʻxtatganidan soʻng Tomlinson shu yilning dekabr oyida Steve Aoki bilan birga „Just Hold On“ nomli debyut singlini chiqargan. Qoʻshiq UK Singles Chartda ikkinchi oʻrinni egalladi va Buyuk Britaniyada platina sertifikatni qoʻlga kiritdi. 2017-yilda u amerikalik qoʻshiqchi Bebe Rexha bilan „Miss You“ va „Back to You“ qoʻshiqlarini namoyish qiladi. 2017-yilda u Debrett nashri tomonidan aholi orasida eng koʻp taʼsirga ega odamlari roʻyxatida qayd etilgan. Louis 2018-yilda The X Factor shousining oʻn beshinchi mavsumida yigitlarga oid kategoriyalarni baholash uchun hakam va mentor sifatida faoliyat olib bordi.

2019-yilda Tomlinson „Two of Us“, „Kill My Mind“, „We Made It“, „Donʼt Let It Break Your Heart“ va „Walls“ singllarini chiqargan. Uning solo albomi Walls 2020-yil yanvar oyida chiqarilgan boʻlib, u Buyuk Britaniya chartlarida toʻrtinch va AQSh Billboard 200da 9-oʻrinni egallagan. Tomlinsonning ikkinchi studiya albomi Faith in the Future 2022-yil noyabr oyida chiqarilga.

Yoshlik yillari

Lui Troy Austin 1991-yil 24-dekabrda Janubiy Yorkshirening Doncaster shahrida tugʻilgan. Otasi uni hali chaqaloqlik vaqtidayoq tashlab ketadi. Soʻng onasi Mark Tomlinson bilan turmush quradi va Louis ham 18 yoshligida oʻz familiyasini oʻgay otasinikiga oʻzgartiradi. U toʻrtta singlisi bilan birga ulgʻayadi: Charlotte, Félicité (2000-2019) va egizaklar Phoebe va Daisy.

Tomlinson dastlab Doncasterdagi The Hayfield School va keyinchalik Hall Cross School (hozirgi Hall Cross Academy)da oʻqigan. Hall Cross Schoolda Loius bir necha musiqiy dasturlarda koʻrinish bera boshlaydi va undagi muvaffaqiyatlar uning kelajakdagi faoliyati uchun kuchli motivatsiya boʻladi.

Faoliyati

One Direction

Tomlinson (oʻng) One Direction guruh aʼzolari Harry Styles (chap) va Liam Payne (oʻrta) bilan The X Factor shousida

2010-yilda Tomlinson The X Factor shousining yettinchi mavsumida bosh hakamlar Simon Cowell va Louis Walsh hamda mehmon hakam Nicole Scherzinger oldida kuylaydi. U Scouting for Girls guruhining „Elvis Ainʼt Dead“ qoʻshigʻini aytadi. Keyin hakam Cowell soʻroviga koʻra Plain White Tʼsning „Hey There Delilah“ qoʻshigʻini kuyladi va hakamlardan uchta „Ha“ javobini olgan. Lekin 2010-yil iyul oyida Londondagi Wembley stadionida boʻlib oʻtgan finalgacha yetib bora olmagan. Biroq hakam Sherzingerning taklifiga binoan, u Niall Horan, Zayn Malik, Liam Payne va Harry Styles bilan birgalikda besh nafar yigitlardan iborat guruhini tashkil etishadi va Colwell ularga mentor vazifasini bajaradi.

Keyinchalik guruh aʼzolari tanishib olishi va mashq qilishi uchun ikki hafta vaqt ketdi. Styles guruhga One Direction nomini taklif beradi. Dastlab ular saralash bosqichida Natalie Imbruglianing „Torn“ qoʻshigʻini kuylashadi. Ular dastlabki toʻrt haftaning ichida Britaniya boʻylab mashhurlikka erishadi. One Direction The X Factor shousining final bosqichida „Forever Young“ qoʻshigʻini kuylagan holda uchinchi oʻrinni egallashadi.

The X Factordagi natijadan soʻng Cowell guruhga Syco Records bilan 2 million funt sterlinglik shartnoma taklif qiladi. Ular darhol debyut albomi ustida ishlashni boshlashadi. Keyinchalik fevral oyida ular The X Factor Live Tourini boshlashadi. Ushbu turda jami hisobda 500,000 dan ortiq muxlis ishtirok etgan. Tur 2011-yil aprel oyida nihoyasiga yetgach ular albom ustida ishlashni davom ettirishgan. Albom yozish ishlari Stokgolm, London va Los-Anjeles shaharlarida boʻlib guruh Carl Falk, Savan Kotecha, Steve Mac va Rami Yacoub kabi prodyuserlar bilan hamkorlik qilishadi.

Tomlinson 2012-yil Glasgowdagi shouda

2011-yil sentyabr oyida One Directionning debyut singli „What Makes You Beautiful“ chiqarildi. Britaniya va boshqa bir necha davlat chartlarida ushbu singl ancha mashurlikka erishdi. Xuddi shu yil noyabrda ularning debyut albomi Up All Night Buyuk Britaniya va Irlandiya boʻylab taqdim etiladi. 2012-yilda esa albom jahonning boshqa davlatlarida ham chiqariladi. One Direction AQSh chartida debyut albomi orqali birinchi oʻrinni egallagan dastlabki britaniyalik gruhga aylanadi. Albom chiqarilishi bilan guruh Up All Night Tourni boshlashadi. Aslida, tur faqat Buyuk Britaniya va Irlandiyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo talab yuqoriligi tufayli Avstraliya va Shimoliy Amerikada ham davom etadi. 2012-yil noyabr oyida esa guruhning ikkinchi albomi Take Me Home ham chiqarildi. Albom 35 dan ortiq mamlakat chartida birinchi oʻrinni egalladi. Albom chiqarilgandan soʻng guruh Take Me Home Tourni boshlab yuborishadi. Tur Shimoliy Amerika, Yevropa, Okeaniya va Osiyoning bir necha davlatlarida jami 123 ta shoudan iborat boʻladi va guruhga 114 million dollar daromad olib keladi.

2013-yil 25-noyabr sanasida One Direction oʻzlarining uchinchi studiya albomi Midnight Memories chiqarishadi. 4 million nusxada sotilgan ushbu albom 2013-yil davomida eng koʻp sotilgan albom boʻldi. 2014-yil aprel oyida guruh oʻzining uchinchi turi va birinchi stadionda boʻlib oʻtgan turi Where We Are Tourni boshladi. Yevropa, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikada 69 shouni oʻtkazgan guruhning har bir namoyish uchun oʻrtacha 49 848 ta muxlisni tashrif buyuradi. 2014-yil noyabr oyida One Directionning toʻrtinchi va Zayn Malik guruh aʼzosi sifatida ishtirok etgan soʻnggi albom Four namoyish etiladi. Albomdan joy olgan „Steal My Girl“ va „Night Changes“ singllari paltina serifikatni qoʻlga kiritadi. 18 mamlakat chartida birinchi oʻrinni egallagan ushbu albom 3,2 milliondan ortiq nusxada sotilgan. One Direction Billboard 200 albomlar chartida oxirgi 58 yil ichida toʻrtta albomi birinchi oʻrinni egallagan dastlabki guruhga aylandi. Albomning namoyishi uchun On the Road Again Tour tashkil etildi va bu guruhga 208 million dollar daromad olib keldi. 2015-yil noyabr oyida One Directionning beshinchi va hozirgacha soʻnggi boʻlib turgan albomi Made in the A.M. chiqarilgan. Albom chiqarilgandan soʻng 2016-yilning mart oyida guruh tanaffusga chiqayotganini eʼlon qiladi.

Individual faoliyati

2019-yil fevral oyida Tomlinson qayta ish faoliyatini boshlayotgan Arista Records bilan shartnoma imzolaganligi eʼlon qilindi. U bilan hamkorlikdagi dastlabki qoʻshiq „Two of Us“ 2019-yil 7-mart sanasida chiqariladi. Shundan soʻng u oʻzining dastlabki solo albomi 2020-yilning boshida chiqishini xabar beradi. Tomlinson 5-sentyabrda „Kill My Mind“ singlini chiqardi. „Kill My Mind“ning musiqiy videosiga Charli Lightening rejissyorlik qiladi va klipda Liam Gallagher va Pol MacCartney bilan birga ishlashadi.

2019-yil 23-oktyabr kuni Tomlinsonning yana bir singli „We Made It“ namoyish etildi. Shu kuni 20ta mamlakatda besh oydan ziyod vaqt mobaynida oʻtkazilgan Louis Tomlinson World Tour haqida ham eʼlon qilinadi. 23-noyabr kuni Tomlinson oʻzining toʻrtinchi singli „Donʼt Let It Break Your Heart“ni chiqaradi.

2020-yil 31-yanvar kuni uning debyut albomi Walls chiqarildi. Albom UK Albums Chartda 4-oʻrinni egalladi va Billboard 200 chartida 9-oʻrindan joy oldi. Albom Argentina, Portugaliya, Meksika va Shotlandiyada 1-oʻrinni egalladi. Undan tashqari ushbu albom Arista Records bilan hamkorlikda chiqarilgan albomlar orasida Top-10 talikdan joy egallagan dastlabki albom boʻldi. Tomlinsonning 2020-yil mart oyi uchun rejalashtirilgan konsert va turlari COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilinadi. Keyinchalik ushbu qoldirilgan turlarning qayta rejalashtirilgan taritibi eʼlon qilindi. Uzoq vaqtlik toʻxtalishlardan soʻng Tomlinson 2022-yil fevralidan 2022-yil sentyabrgacha boʻlib oʻtgan oʻzining dastlabki Louis Tomlinson World Tourini boshladi va Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo va Avstraliyada 81 ta konsertni namoyish etdi.

Ijodkorning ikkinchi albomi „Faith in the Future“ 2022-yilning 11-noyabr sanasida chiqarilgan. „Faith in the Future“ Tomlinsonning UK Albums Chartda birinchi oʻrinni egallagan dastlabki solo albomi boʻldi.

Tomlinsonning hayotiga bagʻishlangan „All of Those Voices“ nomli hujjatli film 2023-yil 22-martda namoyish etiladi. ushbu filmga avval ham bir necha bor hamkorlikda ishlagan Charlie Lightening rejisyorlik qiladi.

Diskografiyasi

Albomlar

  • Walls (2020)
  • Fait in the Future (2022)
Yuqori