Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Turobjon Joʻrayev (1966-yil 22-fevral, Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani) — Samarqand viloyati hokimi (2017—2018), Bekobod tumani hokimi (2017), Qashqada

Turobjon Joʻrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Joʻrayev Turob Ikromovich
11-Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2017-yil 13-iyun  2018-yil 11-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Himmat Oqboʻtayev
Vorisi Erkinjon Turdimov
6-Qashqadaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2011-yil  2013-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Nuriddin Zayniyev
Vorisi Zafar Roʻziyev
6-Surxondaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2008-yil  2011-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Abdulhakim Eshmurodov
Vorisi Normoʻmin Choriyev
3-Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri
Mansab davri
2003-yil  2008-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Risboy Joʻrayev
Vorisi Gʻayrat Shoumarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1966-yil 22-fevral (1966-02-22) (60 yosh)
Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati, OʻzSSR

Turobjon Joʻrayev (1966-yil 22-fevral, Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani) — Samarqand viloyati hokimi (2017—2018), Bekobod tumani hokimi (2017), Qashqadaryo viloyati hokimi (2011—2013), Surxondaryo viloyati hokimi (2008—2011).

Tarjimai holi

  • 1981-1984 - Qashqadaryo viloyati Usmon Yusupov tumanidagi taʼmirlash ustaxonasida chilangar.
  • 1984-1990 — Toshkent xalq xoʻjaligi instituti talabasi.
  • 1990-1997 - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida buxgalteriya hisobi, xoʻjalik faoliyatini nazorat va tahlil qilish kafedrasi assistenti, audit kafedrasi aspiranti, dotsenti.
  • 1997-1998 - Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hisob, tahlil va kredit kafedrasida tadqiqotchi.
  • 1998-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari.
  • 2003-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
  • 2008-2011 — Surxondaryo viloyati hokimi.
  • 2011-2013 — Qashqadaryo viloyati hokimi.
  • 2013-2017 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri.
  • 2017-yil 16-aprelda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi etib tayinlangan. Shu yilning 13-iyun kuni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. 11-iyulda ishdan boʻshatildi.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167- („oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish“), 206- („hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chiqish“), 210- („pora olish“) va 243- („jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish“) moddalari bilan aybdor deb topilgan hamda 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Yuqori