| Himmat Okbutaev | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2016-yil 23-dekabr – 2017-yil 7-iyungacha | |
| Oʻtmishdoshi | Zoir Mirzayev |
| Vorisi | Turobjon Joʻrayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1962-yil 1-fevral Urgut tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR |
Himmat Qoʻchqorovich Oqboʻtaev ( 1962-yil 1-fevralda tugʻilgan, Samarqand viloyati, Urgut tumani, OʻzSSR) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2016-yil 23 -dekabrdan 2017-yil iyungacha u Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Hayoti
Himmat Oqboʻtaev 1988—1991-yillarda Urgut tumani kolxozida advokat boʻlib ishlagan. Keyinchalik u Navoiy viloyati prokuraturasida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan.
2006—2016-yillarda u Urgut tumani hokimi boʻlgan.
2016-yil mart oyidan u Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2016-yil 23-dekabrdan 2017-yil iyungacha u Samarqand viloyati hokimi boʻlib ishlagan. Himmat Oqboʻtaevning oʻrnini 2017-yil Turob Joʻrayev egalladi.
2020-yil 14-yanvardan 2022-yil 16-iyungacha Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hokimi.
2022-yil 16-iyundan boshlab Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi.
2023-yil 6-oktabrdan Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi .
- 1-fevralda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Urgut tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Samarqand viloyatining hokimlari
- Oʻzbekiston tumanlari hokimlari

