| Risboy Haydarovich Joʻrayev | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri | |
| Mansab davri 2000-yildan – 2004-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Joʻra Yoʻldoshev |
| Vorisi | Turobjon Joʻrayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Millati | oʻzbek |
| Taʼlim | Toshkent politexnika insituti |
| Ilmiy unvoni | akademik |
| Mukofotlari | |
Risboy Joʻrayev (1946-yil 25-iyul, Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, akademik (2017), pedagogika fanlari doktori (1995), professor (1996).
Biografiyasi
Risboy Haydarovich Joʻrayev 1946-yil 25-iyulda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tugʻilgan. 1968-yilda Toshkent politexnika insitutini muhandis-gidroenergetik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Toshkent politexnika institutida oʻqituvchi (1968—1974), partiya tashkiloti xodimi (1974—1977), Kasb-hunar va texnik taʼlimi davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, raisi (1977—1988), Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari (1988—1989), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat, taʼlim va sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻi (1989—1992), Guliston davlat universiteti rektori (1992—1998), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari (1998—2000), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri (2000—2004), Toshmuhammad Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori (2004—2009) lavozimlarida ishlagan. 2009-yildan „Uzluksiz ta’lim“ jurnali bosh muharriri hamda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti „Ta’lim menejmenti“ bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
Olim 1987-yilda nomzodlik ishini himoya qilgan, 1998-yilda dotsent ilmiy unvoni olgan. 1995-yilda doktorlik ishini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. 1996-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 1995—1997-yillari Rossiya Federatsiyasi pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, 1998-yildan pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasining aʼzosi hamda 2017-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi. Olim 600 ga ilmiy ishlar, jumladan, 20 ta monografiya, 42 ta uslubiy qoʻllanma, 58 ta darslik, 450 dan ziyod ilmiy maqolalar, 14 ta patent va „Sense-Box“ interakitv elektron interaktiv doska uchun ishlanma muallifidir.
Mukofotlari
- „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali (1981);
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1986);
- Toshmuhammad Qori-Niyoziy nomidagi medal (1996);
- Aleksandr Grigoryevich Nebolsin nomidagi kasbiy taʼlimni rivojlantirish va ragʻbatlantirish fondi mukofoti (1999);
- „O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ esdalik nishoni (2001);
- „Doʻstlik“ ordeni (2003);
- „Oliy taʼlim aʼlochisi“ esdalik nishoni (2003);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016);
- 1-darajali „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni (2021);
- „Xalq taʼlimi fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2021).
- Sirdaryo tumanida tugʻilganlar
- Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun medali sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil esdalik nishoni bilan taqdirlanganlar
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Professorlar
- Pedagogika fanlari doktorlari
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari
