Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Roʻziyev Zafar Sharopovich (oʻzbekcha: Рўзиев Зафар Шаропович, 1964-yil 19-dekabr, Qashqadaryo viloyati) – Qashqadaryo viloyati hokimi (2013-2019), Oʻzbekiston

Zafar Roʻziyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Roʻziyev Zafar Sharopovich
Рўзиев Зафар Шаропович
 Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
 
Mansab davri
2024-yil 28-dekabr  hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Hokim Ulugʻbek Mustafoyev
Oʻtmishdoshi Oybek Ashurmatov
 Zarbdor tumani hokimi
 
Mansab davri
2019-yil 26-oktyabr  2024-yil 28-dekabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Hokim Ergash Soliyev
Oʻtmishdoshi Oybek Ashurmatov
Vorisi Bekzod Toshpo‘latov
7-Qashqadaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2013-yil 27-sentyabr  2019-yil 26-oktyabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Turobjon Joʻrayev
Vorisi Zoir Mirzayev
4-Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
2009-yil  2013-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Sayfiddin Ismoilov
Vorisi Shuhrat Teshayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1964-yil 19-dekabr (1964-12-19) (61 yosh)
Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR
Siyosiy partiyasi -
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Roʻziyev Zafar Sharopovich (oʻzbekcha: Рўзиев Зафар Шаропович, 1964-yil 19-dekabr, Qashqadaryo viloyati) – Qashqadaryo viloyati hokimi (2013-2019), Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (2010-2013). Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi (2019-2024). Hozir Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.

Biografiyasi

  • 1964-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan.
  • Maʼlumoti: oliy, 1989-yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini, 1998-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Mutaxassisligi: muhandis-mexanik.
  • 1981—1982-yillar – Kitob tumanidagi „Sharq yulduzi“ xoʻjaligi mexanizatori
  • 1982—1989-yillar – Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti talabasi (1983—1985-yillar – harbiy xizmatda)
  • 1989—1991-yillar – Kitob tumanidagi „Sharq yulduzi“ xoʻjaligi usta chilangari
  • 1991—1995-yillar – Kitob tumanidagi Umarov nomli shirkat xoʻjaligi bosh muhandisi, mexanizasiya shirkati raisi
  • 1995—1996-yillar – Kitob tumani Mashina-traktor parki boʻlim boshligʻi
  • 1996—1998-yillar – Kitob tumanidagi Umarov nomli shirkat xoʻjaligi boshqaruvi raisi
  • 1998—2001-yillar – Kitob tumani hokimining birinchi oʻrinbosari – tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
  • 2001—2002-yillar – Qashqadaryo viloyati hokimligining agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri
  • 2002—2003-yillar – Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
  • 2003—2008-yillar – Yakkabogʻ tumani hokimi
  • 2008—2009-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining agrotexnologiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari
  • 2009-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari – Tashkiliy-nazorat xizmatining Nazorat inspeksiyasi rahbari
  • 2009—2010-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri vazifasini bajaruvchi
  • 2010—2013-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri
  • 2013—2019-yillar – Qashqadaryo viloyati hokimi
  • 2015—2019-yillar – Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi
  • 2019—2024-yillar - Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi.
  • 2024-yil 28-dekabrdan Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
Yuqori