Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov (1966-yilda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi, 2010-yil yanvardan 2016-yil dekabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi. 2010-yilda II

Oybek Ashurmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ushbu maqola oʻzbek davlat arbobi haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Oybek Ashurmatov
 Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari
Mansab davri
2019-yil 26-oktyabr  hozirgi vaqtgacha
 Zarbdor tumani hokimi
Mansab davri
2018-yil avgust  2019-yil 26-oktabrgacha
 Sirdaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2010-yil yanvardan  2016-yil dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Abdurahim Jalolov
Vorisi Gʻofurjon Mirzayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1966
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov (1966-yilda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi, 2010-yil yanvardan 2016-yil dekabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi. 2010-yilda II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan.

Biografiyasi

Sirdaryo viloyati hokim vazifasini bajaruvchidan oldin Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hokimi lavozimini egallagan edi. 2009-yil sentyabrda Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Abdurahim Jalolov oʻrniga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2010-yil 15-yanvardan 2016-yil 15-dekabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylandi va agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasiga kirdi.

2018-yil 13-avgustda Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi va 2019-yil 26-oktyabrgacha ushbu lavozimni egalladi.

2019-yil 26-oktyabrda Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Mukofotlar

2003-yil 26-avgust – "Mehnat Shuxrati" ordeni

Yuqori