Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qishloq hayoti — ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy gazeta. 1974-yil 1-yanvardan "Qishloq haqiqati" (1974—89 yillarda ruschaga oʻgirilib "Selskaya pravda") nomi bilan o

Qishloq hayoti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qishloq hayoti — ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy gazeta. 1974-yil 1-yanvardan "Qishloq haqiqati" (1974—89 yillarda ruschaga oʻgirilib "Selskaya pravda") nomi bilan oʻzbek va rus tillarida chop etilgan. 1993-yildan hozirgi nomda. Toshkent shahrida nashr etiladi. Respublika qishloqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, agrar siyosat, qishloqlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, jahonda agrar sohadagi fan-texnika yutuqlari, dehqon va fermer xoʻjaliklarining hayoti, muammolari, urugʻchilik va seleksiya, dehqonchilik, chorvachilik masalalari yoritiladi. Tahririyatining "Nigoh", "Tahlil", "Buni hayot deydilar", "Qishloqdagi duv-duv gap", "Bunga nima deysiz", "Hangoma", "Gurung" va boshqa rukunlari omma-bopligi bilan ajralib turadi. 1999-yildan bosh muharrir Oʻtkir Rahmat. Adadi 18—25 ming nusxa.



Yuqori