Zarbdor tumani – Jizzax viloyatidagi tumandir. 1979-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Shimoli-sharqda Sirdaryo viloyati, gʻarbda Sharof Rashidov tumani, sharqda Yangiobod tumani, janubida Zomin tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,71 ming km2. Aholisi 94200 kishi (2023–yil 1–oktabr holatiga).Xonadonlar soni – 15 370 ta, Oilalar soni – 21 119 tani tashkil etadi. Milliy tarkibi: o‘zbeklar (90,7%), qirg‘izlar (7,4%), ruslar (0,3%), tojiklar (0,2%), qozoqlar (0,2%) boshqa millat vakillari (0,5%). Bu tumanda 24 mahalla fuqarolari yigʻini va 4 ta shaharcha (Boʻston , Sharq Yulduzi , Fayzobod , Sirg'ali shaharchalari) bor. Markazi – Zarbdor Tumani.Tuman iqtisodiyoti paxta-g‘allachilik, meva-sabzavot, chorvachilik, bog‘dorchilik, yengil sanoat sohalariga ixtisoslashgan.Zarbdor so‘zi «zarb» - arabcha kuch, quvvat, «dor» - egallash, o‘rnak bo‘lish. Zarbdor - ilg‘or boshqalarga har jihatdan o‘rnak bo‘ladigan shaxsga berilgan nisbat deb keltirilgan. Tuman markazi bo‘lgan hozirgi Zarbdor shaharchasi 1962-yilgacha, 1897-yilgi Axaltaka ekspedisiyasining boshlig‘i general Lomakin nomi bilan Lomakino deb atalgan.
| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Jizzax viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Zarbdor tumani |
| Rasmiy tillar | Oʻzbek |
| Aholi | 91 966 |
| Millatlar tarkibi | oʻzbek, rus, qirgʻiz, tatar va boshqa |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 40°5′34.8″N 68°10′55.2″E / 40.093000°N 68.182000°E | |
Tuman maydonining katta qismida ilgari aholi yashamagan cho‘l hududlariga to‘g‘ri keladi, XX asrning 70-80-yillari suv keltirilib, cho‘l o‘zlashtirildi, yangi aholi maskanlari barpo qilinib ularga rasmiy-ma’muriy tarzda xalqning dehqonchilik madaniyati bilan bog‘liq nomlar berildi. Tumanda etnonimlar asosida paydo bo‘lgan aholi punktlarining nomlari kam, bu holat tumanning geografik o‘rni bilan ham bog‘liq. Masalan, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida aholi qadimdan istiqomat qilganligi bois, etnonimlar qishloq nomlariga aylangan. Mahalliy xalq qabila va urug‘lar nomlarini unutgan bo‘lsalar ham, ammo toponimlar qaysi etnik guruh vakillari ushbu hududlarda yashaganliklaridan darak berib turadi. Ular o‘tmish tarixini o‘rganishda qo‘shimcha manba sifatida xizmat qiladi.
Tabiati
Tuman hududi Mirzachoʻlning janubida joylashgan. Relyefi asosan tekislikdan iborat. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4°, —6°, iyulniki 28—30°. Yiliga 300 – 350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 205—210 kun. Tuprogʻi boʻz, qoʻngʻir tuproq. Yer osti suvlari yuza, shoʻr. Tuman hududida kanallari bor. Oqova shoʻr suvlarni qochirish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, ituzum, tol, jiyda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, yovvoyi parrandalardan oʻrdak, tustovuq, qirgʻovul, kalxat, chugʻurchiq, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, mayna yashaydi. Aholisi,asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, ukrain, qirgʻiz, turkman, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 89 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 37,9 ming kishi, shaharliklar 43,8 ming kishi.
Iqtisodiyoti
Qishloq xoʻjaligida paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinni egallaydi. 13 ta shirkat xoʻjaligi mavjud. Jami qishloq xoʻjaligi yerlari 34,5 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 32,8 ming ga, lalmi yerlar 430 ga. Tumandagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 12 mingdan ziyod qoramol, 14 mingdan ortiq qoʻyechki, 370 tacha ot bor. 325 dehqon xoʻjaligi boʻlib, 13,7 ming ga yer ajratilgan. Tumanda Zarbdor un kombinati, 20 kichik, 20 xususiy korxona, 4 savdo tashkiloti, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Tumanda 32 umumiy taʼlim maktabi (12,4 ming oʻquvchi), „Oqbuloq“ folklor etnografiya guruhi, 230 oʻrinli kasalxona, 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 2 poliklinika, 8 dorixona bor. Zarbdor—Guliston, Zarbdor—Toshkent, Zarbdor—Samarqand va b. yoʻnalishlar boʻyicha shaharlararo avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. „Zarbdor“ tuman gaz. 1000 nusxada nashr etiladi. Aholi tarkibi asosan musulmonlar. Shuningdek dehqonchilik asosiy òrin tutadi. Zarbdor sòzi (Ilģor va yetakchi)manolarini bildiradi. Tuman aholisi avval Zomin tumani tarkibida bòlgan.
Aholi punktlari
ADIROBOD - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Adirobod mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Adirobod - Adir umumturkiy tabiiy geografik termin. Adir terminnning etimologiyasi haqida «ajralgan», «bo‘linib-bo‘linib ketgan ma’nosidagi ayir» so‘zidan kelib chiqqan degan fikr mavjud. O‘rta Osiyoning barcha davlatlarda, Janubiy Sibirda joy nomlari tarkibida keng tarqalgan termin. O‘zbekistonda adirlar – tog‘ etagidagi cho‘l va chalacho‘l qirlar, mutoq balandligi 400-500 dan 1000-1500 metrgacha bo‘lgan balandliklarni tashkil etadi. Xo‘jalikda adirlardan bahorgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yog‘in ko‘proq tushadigan joylarda g‘alla va boshqa ekinlar yetishtiriladi, «obod» - so‘zi go‘zal, chiroyli, tartibga solingan, yangidan qurilgan qishloq ma’nosini anglatadi.
BAXT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Sharq yulduzi mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Baxt – Baxt - ma’naviy-axloqiy tushuncha. Kishi o‘z faoliyati natijalaridan, hayotda qo‘lga kiritgan yutuqlaridan to‘la qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo‘ladi.
BOYMOQLI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Navbahor mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Boymoqli – Qishloq nomi etnik birlik nomi bilan bog‘liq. Yuz, qo‘ng‘irotqabilalari tarkibida baymoqli urug‘i borligi aniqlangan. Baymoq – oyog‘i yoki oyoq kafti egri, qiyshiq maymoq. Dasht kemiruvchilaridan sug‘urniqadimgi turkiy tilda baymoq deyishgan, chunki sug‘urning oyoqlari ham maymoq bo‘ladi. Bu so‘z rus tiliga ham o‘zlashgan, ruslar sug‘urning beso‘naqay yirik turinibaypak deyіshadi. Bu urug’ vakillari qozoqlar, qoraqalpoqlar tarkibida ham baypaqti nomi bilan ma’lum. Masalan, Forish tumanida aholisi asosanqozoqlardan iborat bo‘lgan Baybaqti qishlog‘i bor. Etnonim tamg‘a (totem) asosida paydo bo‘lgan degan fikr ham bor. Qishloq aholisi asosan shu etnik guruh vakillaridan iborat.
BULOQBOSHI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Lalmikor mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Buloqboshi – Qishloq buloq boshida vujudga kelgan nomi shundan.
FOZIL YOʻLDOSH – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Yangikent mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Fozil Yoʻldosh – Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (1872-yil, Jizzax viloyati Baxmal tumani Loyqa qishlog‘i — 1955.17.3, Samarqand viloyati Bulung‘ur shahri) - o‘zbek xalq shoiri, baxshi. Yo‘ldosh Mulla Javohir o‘g‘lining shogirdi. Bulungur dostonchilik maktabining eng yirik va so‘nggi vakili sharafiga qo‘yilgan.
ISTIQBOL – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Yangikent mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Istiqbol – Kelgusi zamon, kelgusidagi holat, hayot; kelajak. Kelgusiga oid, kelajak bilan bog‘liq narsa, ish va shu kabi ma’nolarni anglatadi.
JUVONSIYROQ – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Andijon mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Juvonsiyroq – Etnooykonim. S.Qorayev fikricha: «Laqay qabilasining tarkibiga kiruvchi qorasiyroq urug‘ining bir tarmog‘i juvonsiroq deb ataladi. Pocha, ya’ni oyoqning tizzadan past qismi ba’zi shevalarda siyroqdeb ataladi, qorasiyroq qora pocha degani. Juvonsiyroq - etnonimi, aynan «pochasi yo‘g‘on» degan ma’noni beradi» (S.Qorayev, 2006). Qishloq nomi urug‘ nomi asosida yaratilgan
KORIZ – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Andijon mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Koriz – ( Ba’zan KERIZ nomi ham ishlatiladi) Koriz (fors.) — yer osti suvlarini yig‘ish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti inshooti, aholini suv bilan ta’minlash va sug‘orish maqsadlarida qo‘llaniladi. Qadimda aholi punkti joylashgan yerdan shunday inshoot bo‘lgan.
NAYMAN – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Toshkesgan mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Nayman - O‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, no‘g‘oy va oltoy xalqlari tarkibiga kirgan turk urug‘laridan biri. Ushbu urug’ avlodlari ushbu hududda yashab kelmoqda. Qishloq aholisi asosan shu etnik guruh vakillaridan iborat.
NURAFSHON – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Nurafshon mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Nurafshon – Bu sifat tojik tilida “yog‘du”, “ziyo” ma’nosini anglatadigan arabcha nur otiga (ARS, 838) “soch” ma’nosini anglatadigan tojikcha afshondan fe’lining afshon hozirgi zamon asosini (TjRS, 35) qo‘shib hosil qilingan bo‘lib, “nur sochuvchi” ma’nosini anglatadi.
OLTINSOY – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Taraqqiyot mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Oltinsoy - oltin + soy so‘zlarining yasalishdan hosil bo‘lgan. Nomning kelib chiqishi eski nomi bilan bo‘g‘liqlik jihati ham mavjud. Oltin (Aurum), Ai — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallarsyan biri. Tartib raqami 79, atom massasi 196,9665; rangi sariq, og‘ir metall. Soy - tabiiy o‘zanda doimiy va mavsumiy oqadigan kichik daryo, ariq, vodiy, irmoq. Oltinsoy aholi yashash punkti tumandagi Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan.
SUTBULOQ – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Lalmikor mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Sutbuloq - sut + buloq so‘zlarining yasalishdan hosil bo‘lgan. Nomning kelib chiqishi eski nomi bilan bo‘g‘liqlik jihati ham mavjud. Sut - sutemizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan, yangi tug‘ilgan naslni oziqlantiradigan murakkab kimyoviy tarkibli oq rangdagi suyuqlik. Buloq - yer osti suvlarining yer yuzasiga tabiiy holda oqishi. Qishloq tashkil topgan vaqt xo‘jalikning katta fermasi (qora mol, ot, mayda shoxli chorva, cho‘chqa va h.k boqilgan) mavjud bo‘lib, sut sog‘ib olingan. Sutbuloq aholi yashash punkti tumandagi Lalmikor mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan.
TARAQQIYOT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Taraqqiyot mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Taraqqiyot - Rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan shakli, uning yuksalishi ma’nosini anglatadi.
TOSHKESGAN – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Toshkesgan mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Toshkesgan - Tegirmon, yarg‘ichoq toshlari (konglomerat) kesilib, taroshlanib tayyorlanadigan joy - Toshkeskan. Mutaxassislar tomonidan soy havzasida tegirmonbob toshlarning ko‘pligi aniqlangan. Mahalliy kishilarning aytishicha, o‘tgan asrning boshlarida bu joydan qalinligi yarim metrli, kattaligi bir yarim metrgacha bo‘lgan tegirmon toshlari ajratib olingan. Qishloq odamlari esa tog‘taroshlik (sangtaroshlik) bilan shug‘ullangan. Ular tegirmon toshi, charx toshlari tayyorlash bilan mashg‘ul bo’lganlar nomning kelib chiqishi shundan.
TOZAURUG‘ - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Toza urug‘ mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Toza urug‘ - Qishloq nomini ba’zan etnonim deb hisoblashadi ammo bu to‘g‘ri emas. Bunday nomdagi qishloq Gʻallorol tumanida ham mavjud bo‘lib, nomning paydo bo‘lishiga o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillar oxirida g‘alla urug‘chiligi va seleksiyasini yo‘lga qo‘yish va yaxshilash maqsadida tuman hududida tashkil etilgan respublika g‘allachilik ilmiy-tadqiqot instituti sabab bo‘lgan. Institut respublika miqyosida lalmikor yerlar uchun g‘allni serhosil va qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratish ustida ilmiy-tekshirish ishlarini olib borgan. Nom shundan kelib chiqqan.
URGUTOBOD - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Toshkesgan mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Urgutobod - O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman Urgut + obod so‘zlarining qo‘shilmasidan kelib chiqqan. Obod - ba’zi otlarga yoki ayrim sifatlarga qo‘shilib joy nomini yasaydigan, “obodonlashtirilgan”, “o‘zlashtirilgan”, gullab yashnagan go‘zal ma’nosidagi affiks so‘z. Urgutobod aholi yashash punkti tumandagi Toshkesgan mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan.
ZARAFSHON - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Yangikent mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Zarafshon - Zar sochuvchi; tilladek tovlanuvchi; yarqirovchi, yaltiroq. Navoiy viloyatida joylashgan shu nomdagi shahar ham mavjud.
ANDIJON – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Andijon mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Andijon - O‘zbekiston Respublikasida joylashgan viloyat nomiga qo‘yilgan.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati "Donishmand ziyosi" 2025.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati "Donishmand ziyosi" 2025.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati "Donishmand ziyosi" 2025.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati "Donishmand ziyosi" 2025.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati "Donishmand ziyosi" 2025.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati "Donishmand ziyosi" 2025.
- Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug'ati "Donishmand ziyosi" 2025.
Shaharchalar
Bo‘ston - Cho‘l yerlarning insonlarning mehnati evaziga obod maskan va istiqbolga erishganligi ma’nosini bildiradi.
FAYZOBOD – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha nomi. Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 30.09.2014-yil 181/33-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Shahrchada Ravot, Alisher Navoiy, Yangihayot mahalla fuqarolar yig‘inlari joylashgan.
Fayzobod – fayzli - jozibador, koʻrkam; obod - gullab-yashnagan ma’nosini bildiradi.
SHARQ YULDUZI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha nomi. Jizzax viloyati hokimining 20.12.2009-yil 64-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Shaharchada Sharq yulduzi mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan.
Sharq yulduzi - sharq - dunyoning toʻrt tomonidan biri; yulduz - kechasi osmonda nur sochuvchi nuqta boʻlib koʻrinadigan koinot jismi; bu yerda har jabhada yetakchi ma’nosida kelgan.
SIRGʻALI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha nomi. Jizzax viloyati hokimining 20.12.2012-yil 64-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Shaharchada Oqar va Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inlari joylashgan.
Sirgʻali – oʻzbek va qozoq xalqi tarkibiga kirgan qabilalar uyushmasining nomi. Katta juz tarkibiga kirgan. Sirg‘alilarning bir qismi Zarafshon vohasi qipchoqlari va Jizzax viloyati yuzlarining tarkibiga mayda urugʻ sifatida qoʻshilganlar.
Mahallalar
ADIROBOD - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 1994-yil 8-sentyabrda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 18 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Sharq yulduzi, Yangikent, Toza urug‘ MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 410 tani, aholi soni 2 886 nafarni tashkil etadi.
Adirobod - Adir umumturkiy tabiiy geografik termin. Adir terminnning etimologiyasi haqida «ajralgan», «bo‘linib-bo‘linib ketgan ma’nosidagi ayir» so‘zidan kelib chiqqan degan fikr mavjud. O‘rta Osiyoning barcha davlatlarda, Janubiy Sibirda joy nomlari tarkibida keng tarqalgan termin. O‘zbekistonda adirlar – tog‘ etagidagi cho‘l va chalacho‘l qirlar, mutoq balandligi 400-500 dan 1000-1500 metrgacha bo‘lgan balandliklarni tashkil etadi. Xo‘jalikda adirlardan bahorgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yog‘in ko‘proq tushadigan joylarda g‘alla va boshqa ekinlar yetishtiriladi, «obod» - so‘zi go‘zal, chiroyli, tartibga solingan, yangidan qurilgan qishloq ma’nosini anglatadi.
ANDIJON - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2021-yil 27-yanvarda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 14 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Sharq yulduzi, Taraqqiyot, Oqar, Nurafshon MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 1 094 tani, aholi soni 6 382 nafarni tashkil etadi.
Andijon - O‘zbekiston Respublikasida joylashgan viloyat nomiga qo‘yilgan.
DO‘STLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 10 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Shodlik, Navro‘z, Yangikent, Yangiobod MFYlar va Sharof Rashidov tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 598 tani, aholi soni 2 831 nafarni tashkil etadi.
DO‘STLIK - (dо‘st maqomida bо‘lishlik ma’nosini bildiradi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi).
LALMIKOR – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2018-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 4 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Taraqqiyot, Oqbuloq, Oybek, Yangohayot MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 668 tani, aholi soni 3 739 nafarni tashkil etadi.
LALMIKOR - Yogʻin suvidan foydalanib dehqonchilik qilinadigan; yogʻin suvi bilan unadigan, sugʻorilmaydigan joy ma’nosida kelgan. Ilgari mahalla joylashgan hudud lalmi yerlar bo‘lgan.
MUSA TOSHMUHAMMAD O‘G‘LI OYBEK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazida joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Tinchlik, Nurobod, Mustaqillik MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 729 tani, aholi soni 4 205 nafarni tashkil etadi.
Musa Toshmuhammad o‘g‘li Oybek – shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi nomiga qo‘yilgan.
MUSTAQILLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 1994-yil 14-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil. 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazida joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Tinchlik, Nurobod, Mustaqillik MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 729 tani, aholi soni 4 205 nafarni tashkil etadi.
Mustaqillik – Mustaqil holat; bogʻliq, qaram boʻlmagan holat ma’nosini anglatib, ushbu mahalla mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan.
NAVBAHOR – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2023-yil 9-aprelda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2022-yil VI-50-194-3-49-K/22 - sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 35 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Oqar, Yoshlik MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 421 tani, aholi soni 2 478 nafarni tashkil etadi.
Navbahor – Erta bahor, ilk bahor, bahorning boshi ma’nolarini bildiradi.
NAVOIY – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 2 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Ravot, Oybek, Yangihayot MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 661 tani, aholi soni 3 915 nafarni tashkil etadi.
Navoiy - oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Alisher Navoiy nomiga qo‘yilgan.
NAVRO‘Z – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 11 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Shodlik, Do‘stlik, Yangikent MFYlar va Sharof Rashidov tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 412 tani, aholi soni 2 084 nafarni tashkil etadi.
Navro‘z - yangi kun ma’nosini bildiradi.
NUROBOD – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2023-yil 27-aprelda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2022-yil VI-50-194-3-49-K/22 - sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 2 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Oybek, Ravot, Oqbuloq, Mustaqillik va Toza urug‘ MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 815 tani, aholi soni 4 076 nafarni tashkil etadi.
Nurobod – nur + obod so‘zlarining qo‘shilmasidan tashkil etilgan. Nur - yorugʻlik manbaidan taralgan yog‘du; obod - gullab-yashnagan maʼnosini anglatadi.
NURAFSHON - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 20 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Sharq yulduzi, Andijon, Yangikent, Yoshlik MFYlar va Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 604 tani, aholi soni 3 509 nafarni tashkil etadi.
Nurafshon – Bu sifat tojik tilida “yog‘du”, “ziyo” ma’nosini anglatadigan arabcha nur otiga (ARS, 838) “soch” ma’nosini anglatadigan tojikcha afshondan fe’lining afshon hozirgi zamon asosini (TjRS, 35) qo‘shib hosil qilingan bo‘lib, “nur sochuvchi” ma’nosini anglatadi.
OQAR – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2019-yil 2-fevralda davlat ro‘yxatiga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 27-maydagi “Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi CҚ-179-III-sonli qaroriga asosan, Zomin tumani hududidan Zarbdor tumani hududiga o‘tkazilgan. Tuman markazidan 15 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Navbahor, Taraqqiyot, Yoshlik MFYlar va Zomin tumani viloyati bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 842 tani, aholi soni 5 144 nafarni tashkil etadi.
Oqar - Past tomonga qarab uzluksiz, surunkasiga harakat qilmoq, yurmoq (suyuqlik haqida) ya’ni oqar suv ma’nosida kelgan. Qadimda mahalla joylashgan hududda suvi to‘xtovsiz oqadigan buloq bo‘lgan, shundan oqar suv yoki oqar ma’nosi kelib chiqqan.
OQBULOQ – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 1-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 2 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Sharq yulduzi, Mustaqillik, Taraqqiyot, Nurobod va Toza urug‘ MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 517 tani, aholi soni 2 954 nafarni tashkil etadi.
Oqbuloq - Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan turkiy (urug‘) etnik guruhlar ham oʻzbek ulusi tarkibiga kirgan. Mahalla joylashgan hududda qadimdan ushbu urug‘ga mansub odamlar istiomat qilib keladi.
RAVOT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 3 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Toza urug‘, Navoiy, Nurobod MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 849 tani, aholi soni 4 893 nafarni tashkil etadi.
Ravot - Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy ma’nosini anglatadi.
SHARQ YULDUZI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2014-yil 9-fevralda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 10 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Adirobod, Oqbuloq, Andijon va Nurafshon mahallalari bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 871 tani, aholi soni 5 240 nafarni tashkil etadi.
Sharq yulduzi - sharq - dunyoning toʻrt tomonidan biri; yulduz - kechasi osmonda nur sochuvchi nuqta boʻlib koʻrinadigan koinot jismi; bu yerda har jabhada yetakchi ma’nosida kelgan.
SHODLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2018-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 11 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Yangiobod, Navro‘z, Do‘stlik MFYlar va Sharof Rashidov tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 1082 tani, aholi soni 4 850 nafarni tashkil etadi.
Shodlik - xursandlik, sevinch, quvonch ma’nosini anglatadi.
TARAQQIYOT - Tumanda shu nom bilan ataluvchi mahalla fuqarolar yig‘ini ham mavjud. 2016-yil 20-avgustda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 12 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Toshkesgan, Andijon MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 728 tani, aholi soni 5 905 nafarni tashkil etadi.
Taraqqiyot - Rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan shakli, uning yuksalishi ma’nosini anglatadi.
TINCHLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 1995-yil 2-fevralda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazida joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Mustaqillik, Oybek MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 539 tani, aholi soni 2 234 nafarni tashkil etadi.
Tinchlik - Gʻala-gʻovur, shovqin-suron kabilardan xoli, tinch holat ma’nosini anglatadi.
TOSHKESGAN - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2021-yil 3-noyabrda davlat ro‘yxatiga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 27-maydagi “Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi CҚ-179-III-sonli qaroriga asosan, Zomin tumani hududidan Zarbdor tumani hududiga o‘tkazilgan. Tuman markazidan 16 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Taraqqiyot, Yoshlik MFYlar va Zomin tumani hamda Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 842 tani, aholi soni 5 144 nafarni tashkil etadi.
TOZA URUG‘ - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2018-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 6 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Yangiobod, Adirobod, Nurobod, Ravot MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 263 tani, aholi soni 1 722 nafarni tashkil etadi.
YANGIHAYOT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 4 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Oybek, Navoiy MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 587 tani, aholi soni 3 354 nafarni tashkil etadi.
Yangihayot – yangi + hayot so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Yangi - Ilgari boʻlmagan, endi yuzaga kelgan (kelayotgan, keladigan) va hayot - hayot metabolizm, oʻsish, koʻpayish bilan xarakterlanuvchi materiya holatidir.
YANGIKENT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 2-fevralda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 25 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Nurafshon, Adirobod MFYlar va Sharof Rashidov, Paxtakor tumanlari bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 546 tani, aholi soni 3 641 nafarni tashkil etadi.
Yangikent - yangi + kent so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Yangi - Ilgari boʻlmagan, endi yuzaga kelgan (kelayotgan, keladigan) va kent - Maʼlum xususiyati bilan shahar va qishloqdan farqlanib turuvchi, aholi yashaydigan joy ma’nosini anglatadi.
YANGIOBOD – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 8 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Shodlik, Toza urug‘, Nurobod, va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 662 tani, aholi soni 3 276 nafarni tashkil etadi.
Yangiobod – yangi + obod so‘zlarning qo‘shilmasidan yasalgan so‘z. Yangi -yangidan, obod - gullab-yashnagan ma’nolarini bildiradi.
YOSHLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2020-yil 20-martda davlat ro‘yxatiga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 27-maydagi “Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi CҚ-179-III-sonli qaroriga asosan, Zomin tumani hududidan Zarbdor tumani hududiga o‘tkazilgan. Tuman markazida 35 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Nurafshon, Navbahor MFYlar va Sharof Rashidov tumani, Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 526 tani, aholi soni 3 254 nafarni tashkil etadi.
Yoshlik - Yosh ekanlik; yosh boʻlgan payt, davr ma’nosini anglatadi.
Xiyobonlar
XOTIRA XIYOBONI – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oybek mahallasidagi xiyobon nomi. Mazkur xiyobon Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2021 - yil 30 - avgustdagi VI-29-10-3-49-K/21-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
Xotira - Xotira (arabcha fikr, tafakkur; gʻoya; xayol) – 1) biror kishi yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot;. 2) esdalik, yodgorlik ma’nolarini anglatadi.
YOSHLIK XIYOBONI – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Tinchlik mahallasidagi xiyobon nomi. Mazkur xiyobon Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2021 - yil 30 - avgustdagi VI-29-10-3-49-K/21-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
Yoshlik - Yosh ekanlik; yosh boʻlgan payt, davr ma’nosini anglatadi.
Qabristonlar
ABADIYAT – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Sharq yulduzi mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
ABDUVAIT HOJI OTA-1 – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Shodlik mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. 2008-yil faoliyati to‘xtatilgan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
ABDUVAIT HOJI OTA-2 – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Shodlik mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
ABU BAKR SIDDIQ – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yoshlik mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
BIRODARLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangi hayot mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xristianlik dini vakillari qabristoni. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
BOGʻISTON – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Nurafshon mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 30 - dekabrdagi VI-50-194-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
BOQIYLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangikent mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 30 - dekabrdagi VI-50-194-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
HAZRATI BILOL – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Adirobod mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
HAZRATI IMOM – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Andijon mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
IMOM BUXORIY – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Andijon mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
MANGULIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Ravot mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
OQAROTA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqar mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
SOKINLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
TOSHKESGANOTA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Toshkesgan mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
XON-XOʻJA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqbuloq mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
Ziyoratgohlar
OQAROTA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqar mahallasidagi ziyoratgoh nomi. Mazkur ziyoratgoh Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan.
TOSHKESGANOTA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Toshkesgan mahallasidagi ziyoratgoh nomi. Mazkur ziyoratgoh Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan.
Tepalik
KOʻKTEPA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqbuloq mahallasidagi do‘nglik nomi. Mazkur do‘nglik Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan.
Temir yo'l stansiyasi
ZARBDOR – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Navoiy mahallasidagi temir yo‘l stansiyasi nomi. “O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning inventarizatsiya ma’lumotlari, 2015-yil.
Zarbdor – Ma’nosi - tuman nomi bilan uyg‘unlashgan nom.
Temir yo'l razyezdi
SAYXUN – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Shodlik mahallasidagi temir yoʻl razyezdi nomi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning inventarizatsiya ma’lumotlari, 17.02.2022-yil 01/494-22.
Kanal
JIZZAX MASHINA KANALI (JM-I) – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yoshlik, Nurafshon va Yangikent mahallalari janubiy hududidan oqib o‘tuvchi kanal nomi. К-42-136 1:100 000 masshtabli topografik karta, 2002-yil.
SARKISOV NOMLI JANUBIY MIRZACHOʻL KANALI – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Nurafshon, Yangikent mahallasi shimoliy hududidan oqib o‘tuvchi kanal nomi. К-42-124 1:100 000 masshtabli topografik karta, 2004-yil.
Kollektr
DERIVASION MIRZACHOʻL – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yoshlik mahallasining sharqiy tomonida o‘tuvchi kollektor nomi. JBZ magistral kollektori deb ham ataladi. К-42-136 1:100 000 masshtabli topografik karta, 2002-yil.
| Jizzax viloyatiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
