Odam (arabcha: آدم), Odamato (shuningdek, Abulbashar yaʼni „insoniyat otasi“ deb ham ataladi) – islomga (shuningdek, iudaizm va xristianlikka) koʻra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam va inson zotining otasi. Qurʼonga koʻra, Alloh Odamatoni loydan oʻzining yerdagi oʻrinbosari (xalifa) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan.
| Odamato | |
|---|---|
| arabcha: آدم | |
![]() Farishtalar qurshovi ichida Adan bogʻida turgan Odamato va Momohavo (Eron islomiy rassomchiligiga oid tasvir) | |
| Tarjimai hol | |
| Turmush oʻrtogʻi | Momohavo (حَوَّاء) |
| Farzandlari | Qobil va Hobil, Shis (هابيل، قابيل، شِيث) Anaq |
| Qurʼoniy rivoyatlar | |
| Ismi zikr qilingan | Ha |
| Sura (Suralar) | 2, 3, 5, 7, 17, 18, 19, 20, 36 |
| Oyatlar | oyat:
|
| Zikr etilgan: | 25 ta |
| Paygʻambarlik | |
| Mashhur sifatlari | Ilk inson va ilk musulmon |
| Vorisi | Shis |
| Maqomi | Xalifa, paygʻambar, insoniyatning otasi |
| Boshqa ekvivalentlar | Injilda Odamato, Yahudiylikda Odamato |
| Izohlar | |
Qurʼondagi qissa
Islomda Odamato birinchi paygʻambar hisoblanadi. Qurʼonga koʻra. Alloh Odamatoga barcha narsalarning nomlarini oʻrgatib, bu bilan uni farishtalardan yuqori qoʻygab va farishtalarga Odamatoga bosh egib sajda qilishni buyurgan. Faqat Iblis sajda qilishdan bosh tortgab. Iblis takabburligi va sarkashligi tufayli jannatdan quvilgan. Odamato jufti haloli Momohavo bilan jannatda yashab, ularga barcha neʼmatlardan yeyishlikka ruxsat berilgab, faqatgina bir daraxtning mevasidan yeyish taqiqlangan boʻladi:
19. Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut. Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng. Ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Uning sababidan zolimlardan boʻlib qolmanglar.
20. Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi va: „Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta boʻlmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi“, dedi.
21. Ularga: „Albatta, men sizlarga nasihat qiluvchilardanman“, deb qasam ichdi.— Aʼrof surasi, 19–21-oyatlar
Iblis Odamato bilan Momohavoni aldab, taqiqlangan daraxt mevasini yediradi. Buning jazosi evaziga ular jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari yerda yashashga va mehnat qilishga mahkum etiladi.
