Isro surasi (arabcha: سورة الإسراء, nomining maʼnosi — Tungi sayr) — Qurʼonning 17-surasi. Makkiy suralardan biri, 111 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 282–293-sahifasida va 15-juzida joylashgan. 50-boʻlib nozil boʻlgan.
| Isro surasi — سورة الإسراء | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Tungi sayr | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 282–293 | ||||||||||||
| Juz | 15 | ||||||||||||
| Sura raqami | 17 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 111 | ||||||||||||
| Sajda oyati | 109-oyat | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 12 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 1559 | ||||||||||||
| Harflar soni | 6480 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 50 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Bu surada ham boshqa Makka suralarida boʻlgani kabi eʼtiqod, Alloh taoloning yakka-yolgʻizligi, qayta tirilish aniq maʼlumligi borasida soʻz ketsa-da, undagi eng asosiy jihat paygʻambar Muhammad alayhissalomning shaxsiyatlari va u zotga Alloh tomonidan ato etilgan moʻjizalar taʼrif-tavsifidir. Bu sura Alloh taolo Oʻzining soʻnggi paygʻambariga koʻrsatgan "sayr" moʻjizasi haqida xabar berish bilan boshlanadi. Shu boisdan suraning nomi "Al-isro" — "Tungi sayr" deb atalgandir.
Bu surada Bani Isroil qavmi xususida ham soʻz yuritilib, ularning tugʻyon va isyonlari hamda oxirat-oqibat topajak musibatlari haqida xabar beriladi. Shuning uchun ayrim ulamolar uni "Bani Isroil" surasi deb ham ataydilar.
Bu sura moʻminlarga yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishdan keyingi eng zarur amal ota-onaga yaxshilik qilish, ularning huzurida taʼzim-tavozuʼ bilan turish, buyurgan ishlarini quloq qoqmay bajarish ekanini uqtiradi. Yana bu surada borliqdagi jonli-jonsiz barcha mavjudot oʻz vujudlari, oʻzaro bogʻlanishlari va bir tartib-intizomga soʻzsiz boʻyinsunishlari bilan ularni yaratgan ham, boshqarib turgan ham yolgʻiz Alloh taolo ekanligiga dalolat qilib turishi taʼkidlanadi.
