Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abdurahmon Tashanov – inson huquqlari faoli, taniqli jurnalist, „Ezgulik“ inson huquqlari jamiyati asoschisi va markaziy boshqaruvi raisi.

Abdurahmon Tashanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdurahmon Tashanov
Tavalludi 9-may 1976-yil
Muzrabot tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi jurnalistika, inson huquqlari
Ish joylari Ezgulik inson huquqlari jamiyati
Instituti Xalqaro Ekologiya akademiyasi (Qozogʻiston)

Abdurahmon Tashanov – inson huquqlari faoli, taniqli jurnalist, „Ezgulik“ inson huquqlari jamiyati asoschisi va markaziy boshqaruvi raisi.

Tarjimai holi

1976-yil 9-may kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tavallud topgan. 1984—1998-yillarda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olgan.

1994—1998-yillarda Qozogʻistondagi Xalqaro Ekologiya akademiyasining jurnalistika boʻyicha fakultetida oʻqigan.

Jurnalistik faoliyatini esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Adabiyot targʻibot markazida boshlagan. 1998-yildan boshlab „Hurriyat“ gazetasida muxbir hamda mas’ul kotib lavozimlarida ishlagan. 2001-yildan „Mohiyat“ gazetasida masʼul kotib, 2004-yildan esa Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasining „XXI asr“ gazetasida adabiy kotib lavozimida ishlagan.

2004-yildan „Harakat“ internet nashri muxbiri va „Ezgulik“ inson huquqlari jamiyati markaziy boshqaruvi aʼzosi.

Mahalliy matbuotda koʻplab maqolalari, feleton va jurnalistik tadqiqotlari chop etilgan.

Qator xorijiy ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Abdurahmon Tashanov Oʻzbekistonda inson huquqlarining buzilish hollari yuzasidan oshkora chiqishlari va tanqidlari orqali tanilgan.

Bosimlar va tahdidlar

Jurnalist va huquq faoli oʻziga nisbatan bosim boʻlayotgani haqida ochiqlagan. 2025-yil aprelida esa uni Toshkent davlat yuridik universitetining ikki oʻqituvchisi sudga berdi.

Shaxsiy hayoti

Oilali, ikki nafar oʻgʻli bor.

Yuqori