Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shinzo Abe (yaponcha: 安倍 晋三; 21-sentyabr, 1954 – 8-iyul, 2022) Yaponiya bosh vaziri (2006—2007 va 2012—2020-yillarda).

Shinzō Abe

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shinzo Abe
安倍 晋三
 53- va 63-Yaponiya Bosh vaziri
 
Mansab davri
26-dekabr 2012-yil  16-sentyabr 2020-yilgacha
Monarx Akihito
Oʻtmishdoshi Yoshihiko Noda
Vorisi Yoshihide Suga
Mansab davri
26-sentyabr 2006-yil  26-sentyabr 2007-yilgacha
Monarx Akihito
Naruxito
Oʻtmishdoshi Junichirō Koizumi
Vorisi Yasuo Fukuda
 Yaponiya liberal-demokratik partiyasi raisi
Mansab davri
26-sentyabr 2012-yil
Oʻtmishdoshi Sadakazu Tanigaki
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-sentyabr 1954-yil
Yamaguti, Nagato, Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Vafoti 8-iyul 2022-yil(2022-07-08)
(67 yoshda)
YaponiyaNara, Yaponiya
Turmush oʻrtogʻi Akiye Abe
Onasi Yoka Abe
Otasi Sintaro Abe
Maʼlumoti Seykey Universiteti
Mukofotlari Qirol Abdulaziz ordeniQaqnus ordeni (Gretsiya)

Shinzo Abe (yaponcha: 安倍 晋三; 21-sentyabr, 1954 – 8-iyul, 2022) Yaponiya bosh vaziri (2006—2007 va 2012—2020-yillarda).

Biografiyasi

1956-yilda Abe oilasi: onasi Yōko Abe, otasi Shintarō Abe, ikki yoshilik Shinzo Abe (chapda), va uning akasi Hironobu
  • Bobosi Kan Abe va otasi Shintaro Abe siyosatchilar boʻlgan.
  • 1993–2006-yy. – Yaponiya parlamenti aʼzosi.
  • 2006–2007-yy. – Yaponiya bosh vaziri.
  • 2007–2012-yy. – Liberal-demokratlar partiyasi raisi.

Siyosiy faoliyati

U siyosiy faoliyatini 1982-yilda oʻzining otasi oʻsha vaqtdagi tashqi ishlar vaziri boʻlgan Sintaro Abening kotibi sifatida boshladi. Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi boʻldi. 1993-yil Yaponiya parlamentining Yamaguchi prefekturasidan vakillar palatasiga saylandi. 2000-yildan beri Abe Mori va Koizumi hukumatlarida ishladi. 2003-yildan 2004-yilgacha u Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi bosh kotibi boʻladi. 2005-yil oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasining bosh kotibi lavozimini egallaydi. Kuzatuvchilar ushbu uchrashuvni Bosh vazir Dzyunitiro Koizumi Abeni uning vorisi sifatida tayyorlaganligi belgisi sifatida baholadilar.

Suiqasd

2022-yil 8-iyulida Nara shahrida nutq soʻzlayotgan Abe orqa tomondan oʻqqa tutildi. Xabarlarga binoan uning yuragi toʻxtadi va hayot alomatlarini yoʻqotdi. Shahar politsiyasi 41 yoshli gumonlanuvchi otishmachi Yamagami Tetsuyani hibsga oldi. Abe shu kunning oʻzida jarohatlaridan vafot etdi.



Yuqori